Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligidagi sugʻorish tizimi haqida ayrim fikr-mulohazalar (1950-1970-YILLAR)

Xasanboyeva, Gulxayo

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada sovet hokimiyati yillarida Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligining asosi boʻlgan sugʻorish tizimining ahvoli haqida arxiv materiallari va ilmiy adabiyotlarga tayanib maʻlumotlar berilgan. Maqolada sovet hokimiyatining amalga oshirgan agrar siyosati tufayli sugʻorish tizimidagi oʻzgarishlar yoritib berilgan. Xususan, paxta yakkahokimligining oʻrnatilishi sugʻorish tizimini yanada kengaytirdi. Chunki, yangi yerlarning oʻzlashtirilishi va paxta maydonlarining tashkil etilishi sugʻorish tizimining kengaytirilishiga olib keldi. Natijada respublikaning koʻp hududlarida yangi ariq va kanallar barpo etildi, eskilari esa qayta taʻmirlandi. Suv inshootlari qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish imkonini bergan boʻlsa-da, ayni bu ishlarni amalga oshirish respublika aholisi uchun salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqargan. Sovet hokimiyati yillarida sohaning mehnat muhofazasi bilan bogʻliq muammolar bir necha bor oʻrtaga tashlangan. Lekin bu masalaga yetarli darajada eʻtibor berilmagan. Respublikada paxta hosilini koʻpaytirish maqsadida turli kimyoviy oʻgʻitlardan foydalanish aholi salomatligiga taʻsir qilgan. Shu sababli aholi orasida turli kasalliklar tarqalgan. Sugʻorish inshootlari barpo etish, ularni taʻmirlash uchun ham aholi majburiy tarzda jalb etilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXasanboyeva, Gulxayo
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-04-09
Jild30
Son1
Betlar59-59
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Oʻzbekiston SSR, sugʻorish tizimi, paxta yakkahokimligi, Katta Fargʻona kanali, suv ombori, melioratsiya, qishloq xoʻjaligi, qoʻriq yerlar., Uzbek SSR, irrigation system, cotton monopoly, Big Fergana Canal, reservoir, land reclamation, agriculture, protected lands.

Iqtibos keltirish

APAXasanboyeva, Gulxayo (2024). OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XOʻJALIGIDAGI SUGʻORISH TIZIMI HAQIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR (1950-1970-YILLAR). FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 59-59. https://journal.fdu.uz/main/article/3485
GOST (OAK)Xasanboyeva, Gulxayo OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XOʻJALIGIDAGI SUGʻORISH TIZIMI HAQIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR (1950-1970-YILLAR) // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 1. – B. 59-59.
MLAXasanboyeva, Gulxayo. “OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XOʻJALIGIDAGI SUGʻORISH TIZIMI HAQIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR (1950-1970-YILLAR).” FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 59-59, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/3485
ChicagoXasanboyeva, Gulxayo. “OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XOʻJALIGIDAGI SUGʻORISH TIZIMI HAQIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR (1950-1970-YILLAR).” FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 59-59 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/3485
HarvardXasanboyeva, Gulxayo (2024) ‘OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XOʻJALIGIDAGI SUGʻORISH TIZIMI HAQIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR (1950-1970-YILLAR)’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 59-59. https://journal.fdu.uz/main/article/3485
BibTeX
@article{xasanboyevagulxayo2024,
  title = {OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XOʻJALIGIDAGI SUGʻORISH TIZIMI HAQIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR (1950-1970-YILLAR)},
  author = {Xasanboyeva, Gulxayo},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {1},
  pages = {59-59},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/3485}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi