TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI (Andijon viloyati misolida)

Temirov, Zokirjon, Turg‘unboyeva, Dilshoda

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va past rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir koʻrsatmoqda. Mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshirilgan alohida turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish haqining oʻtkir muammolarini hal etishning asosiy vositalaridan biriga aylandi.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning barcha yonalishlarida tub islohatlar amalga oshirildi. Mulkchilik shakllariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtizodiy tizimni yuzaga kelishi aholi bandligiga o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, mamlakat aholi bandligini oshirishda tashqi mehnat migratsiyasi yuzaga keldi. Tashqi mehnat migratsiyasining bir qator ijobiy jihatlari bilan birga demografik jarayonlar rivojlanishiga sezilarli ta’siri mavjud. Shu maqsadda mazkur maqolada tashqi mehnat migratsiyasining demografik jarayonlarga ta’sirini o‘rganishga harakat qilindi.

O‘zbekistonda aholi bandligi va daromadini oshirishda tashqi mehnat migratsiyasi muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, tashqi mehnat migrasiyasining jamiyatda no‘to‘liq oilalarning ko‘payishi, ajralishlarning o‘rtib borishi va farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’siri kabi muammolarni yanada murakkablashuviga olib kelmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib mazkur tadqiqot ishida migratsiya masalalari, hususan tashqi mehnat miratsiyasining demografik jarayonlarga ta’siri sotsiologik so‘rovnoma usuli orqali o‘rganilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTemirov, Zokirjon, Turg‘unboyeva, Dilshoda
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-06-25
Jild30
Son1
Betlar34-34
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

migratsiya, mehnat migratsiyasi, tashqi migratsiya, migratsiya saldosi, demografik jarayonlar, tug‘ilish, nikoh va ajralish., migration, labor migration, foreign migration, migration balance, demographic processes, fertility, marriage and divorce.

Iqtibos keltirish

APATemirov, Zokirjon, & Turg‘unboyeva, Dilshoda (2024). TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI (Andijon viloyati misolida). FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 34-34. https://journal.fdu.uz/main/article/3125
GOST (OAK)Temirov, Zokirjon, Turg‘unboyeva, Dilshoda TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI (Andijon viloyati misolida) // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 1. – B. 34-34.
MLATemirov, Zokirjon, and Turg‘unboyeva, Dilshoda. “TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI (Andijon viloyati misolida).” FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 34-34, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/3125
ChicagoTemirov, Zokirjon, and Turg‘unboyeva, Dilshoda. “TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI (Andijon viloyati misolida).” FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 34-34 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/3125
HarvardTemirov, Zokirjon, and Turg‘unboyeva, Dilshoda (2024) ‘TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI (Andijon viloyati misolida)’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 34-34. https://journal.fdu.uz/main/article/3125
BibTeX
@article{temirovzokirjon2024,
  title = {TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI (Andijon viloyati misolida)},
  author = {Temirov, Zokirjon and Turg‘unboyeva, Dilshoda},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {1},
  pages = {34-34},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/3125}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Temirov, Zokirjon — boshqa maqolalari