Ko‘llar o‘zida juda katta hajmdagi suv resurslarini to‘plab, tabiiy suv ombori vazifasini bajaradi. Lekin qadimdan ko‘llardan nafaqat suv ombori sifatida, balki baliqchilikni rivojlantirish, dengiz mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ham foydalanib kelingan. Shuningdek ko‘llar o‘zining betakror tabiati bilan kishilarni maftun etib kelgan, ularning atrofida rekreatsion maskanlar barpo etilgan. Shu bilan birga shunday ko‘llar borki ular halokatli sel toshqinlarini keltirib chiqarishi bilan aholiga, ularning mol-mulkiga katta zarar yetkazadi. Bunday ko‘llar umumlashma nom bilan - to‘g‘onli ko‘llar, deb ataladi. To‘g‘onli ko‘llarda ro‘y bergan sel toshqinlari to‘g‘risida ilmiy manbaalarda juda ko‘plab bitiklar saqlanib qolgan. Bu borada limnologlar tomonidan ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan va olingan natijalar o‘sha davr uchun eng qimmatli ma’lumot sifatida qadrlangan. Shu maqsadda, turli davrlardagi limnologik tadqiqotlarni o‘rganish va shu asosda muammoning hozirgi holatini baholash muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi qishloq xo‘jaligini suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga to‘g‘onli ko‘llar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sel toshqinlarining oldini olishga, shunday hodisalar kuzatilgan taqdirda, ularning zararini ma’lum darajada kamaytirishga va, eng asosiysi, aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy asoslangan holda belgilashga imkon beradi. Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur maqolada O‘zbekiston va unga tutash tog‘li hududlarda joylashgan to‘g‘onli ko‘llar, ularning tadqiq etilishi va ular bilan bog‘liq muammolarning bugungi kundagi keskinlashuvi masalalari yoritib beriladi.
Masalani yoritishda turli davrlarda bajarilgan tadqiqot natijalari va xulosalaridan foydalanilgan. Shuningdek, to‘g‘onli ko‘llar tizimining suv va sedimentatsiya balansi elementlari gidrologik, meteorologik va gidrogeologik hisoblash usullari asosida baholangan; qulama to‘g‘on parametrlarini aniqlash, uning barqarorligini baholash hamda to‘g‘onning buzilish xavfini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlarda esa maxsus topogeodezik va gidravlik tadqiqot usullaridan, shuningdek, kartografik, geografik o‘xshashlik va taqqoslash, matematik statistika usullaridan ham keng foydalanilgan.
| Mualliflar | Pirnazarov, Ravshan, Usmonova, Sugdiyona |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashriyot | Farg‘ona davlat universiteti |
| ISSN | 2010-8419, 2181-1571 |
| Nashr sanasi | 2024-07-30 |
| Jild | 30 |
| Son | 3 |
| Betlar | 170-170 |
| Til | O‘zbek |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-06 |
tog‘ ko‘llari, to‘g‘onli ko‘llar, qulama to‘g‘on, ko‘l havzasi, morena ko‘llar, muzlik ko‘llari, suv toshqinlari, gidrometeorologik sharoit, gidrologik tadqiqotlar., mountain lakes, dam lakes, obstruction dam, lake thicket, moraine lakes, glacial lakes, floods, hydrometeorological conditions, hydrological studies.
| APA | Pirnazarov, Ravshan, & Usmonova, Sugdiyona (2024). O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI. FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 170-170. https://journal.fdu.uz/main/article/2977 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Pirnazarov, Ravshan, Usmonova, Sugdiyona O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 3. – B. 170-170. |
| MLA | Pirnazarov, Ravshan, and Usmonova, Sugdiyona. “O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 170-170, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/2977 |
| Chicago | Pirnazarov, Ravshan, and Usmonova, Sugdiyona. “O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 170-170 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/2977 |
| Harvard | Pirnazarov, Ravshan, and Usmonova, Sugdiyona (2024) ‘O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 170-170. https://journal.fdu.uz/main/article/2977 |
| BibTeX | @article{pirnazarovravshan2024,
title = {O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI},
author = {Pirnazarov, Ravshan and Usmonova, Sugdiyona},
journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
year = {2024},
volume = {30},
number = {3},
pages = {170-170},
url = {https://journal.fdu.uz/main/article/2977}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Ushbu maqolada qurg'oqchilikning sabablari va turlari, ularning tuproq unumdorligiga ta'siri va qurg'oqchilik stressining tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir yetkazishining oldini olish usullari muhokama qilinadi…
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo’lgan kognitiv lingvistika sohasi haqida ma’lumot beriladi. Turli tizimli tillar ingliz va o’zbek tillarida “maqsad” konseptini voqelantiruvchi til…
Ushbu maqolada axborot xavfsizligi xavfini boshqarish jarayonlarini va tashkiliy aktivlarni himoya qilishda xavflarni baholash masalalari qaralgan boʻlib, xavflarni baholash bosqichlari identifikatsiya qilish, tahlil…
Maqolada fizika taʼlimida oʻquv-tadqiqot faoliyatini shakllantirish bosqichlari, oʻquv-tadqiqot faoliyatining fizik bilimlarni shakllanishidagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Taʼlim oluvchilarning shaxs sifatida…
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va uni rivojlantirishning iqtisodiy geografik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Asosiy e’tibor qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi va hududiy…
Mazkur maqolada nota muharriri Finale-2003 dasturi imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, musiqiy ta’limda samaradorlikka erishish imkoniyatlari borasida, shuningdek, mazkur kompyuter dasturining amaldagi nota…
Mazkur maqolada doira ijrochiligi sohasini yuksaltirishda mavjud uslubiy adabiyotlarning o‘rni, ularning metodologik tahlili berilgan. Respublikamizda yo‘lga qo‘yilgan musiqiy ta’lim bosqichlarining barchasida doira…
Yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda ma’naviy-axloqiy-estetik tarbiya masalasini doimiy ravishda tahlil qilish dolzarb sanalgan globallashuv davrida yashamoqdamiz. Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston…
Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida sport estetikasiga doir bilimlarni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, sport estetikasiga doir bilimlarni rivojlantirishning amaliy metodik tizimi…
Ushbu maqolada talabalar mavjud nazariy bilimlarini amaliyotda samarali qo‘llay olishlari, ta’lim jarayonida hosil bo‘lgan kasbiy faoliyat ko‘nikmalarining malakalarga aylanishini ta’minlash uchun malakaviy amaliyotni…
FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi
В работе изложена общая характеристика озер завального происхождения и, в частности, изучена фильтрационные свойства завальной плотины озера Курбанкуль
Yer sharining tog‘li o‘lkalarida tarqalgan to‘g‘onli ko‘llar toshqin xavfini keltirib chiqaruvchi asosiy manbaalardan biridir. Ularni o‘rganish, turli sabablar bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan toshqin xavfini oldini…
Yer sharining barcha tog‘li o‘lkalarida tog‘ ko‘llari juda ko‘p uchraydi. Ular kelib chiqishi (genezisi), ko‘l kosalarining shakl va o‘lchamlari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Bu holat avvalo, tog‘li hududlarda…
Bugungi kunga kelib, dunyoning turli mamlakatlarida daryo havzalarida ulkan to‘g‘onlar qurishga bo‘lgan ishtiyoq tobora ortib bormoqda. Ulkan to‘g‘onlarning barpo etilishidan asosiy maqsad arzon elektr energiyasi…
Jahonda yuz beradigan ekologik halokatlarning aksariyati sel toshqinlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Suv toshqinlari kutilmaganda ro‘y berishi, insonlarning xayotiga jiddiy xavf solishi, ularning uy-joylari, mol-mulklari…
Ushbu maqolada tog‘ ko‘llarining shakllanishi, ularning regional tarqalish xususiyatlari va limnologiya fani tarixidagi tasniflash bosqichlari kompleks tahlil qilingan. Muallif tog‘ ko‘llarini nafaqat statik geografik…