Eriobotrya japonica urug‘i tarkibidagi aminokislotalarni yussx usulida aniqlash

Zakirova, Gulnoraxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Aminokislotalar fiziologik jihatdan muhim birikmalarni tashkil etib, oqsil, ferment, nuklein kislotalar, yog’lar va gormonlar sintezida ishtirok etadi. Ular keng farmakologik ta'sir spektriga ega bo’lganligi uchun organizmda oson hazm bo’ladi, shu bilan birga inson organizmi uchun havfsiz vosita bo’lib xizmat qiladi. Almashinmaydigan aminokislotalarga ega bo’lgan o’simliklardan xalq tabobati uchun keng foydalanish, xavfsiz dori vositalarini tayyorlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Eriobotrya japonica o’simligi mevasi tarkibidagi urug’ning aminokislotalar tarkibini sifat va miqdor jihatdan yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida o’rganish tadqiqotning maqsadi etib belgilandi. Namuna sifatida Farg’ona viloyatida yetishtirilayotgan eriobotrya japonica mevasining urug’i tanlab olindi, uning tarkibidagi aminokislotalar YuSSX Agilent 1260 II Infiniti qurilmasi floresan (FLD) detektori yordamida aniqlandi. Namuna tarkibida 18 xil aminokislotalar sifat va miqdor jihatdan taxlil qilindi. Olingan natijalarga ko’ra, namuna tarkibida 13 turdagi aminokislotalar mavjud bo’lib, eng yuqori miqdorda lizin (18.947mg/g) mavjudligi aniqlandi. Eriobotrya japonica urug’ida almashinmaydigan aminokislotalardan arginin (0.0656mg/g), valin (0.0474mg/g), gistidin (0.0144mg/g), izoleytsin (0.16mg/g), metionin (0,017mg/g), triptofan (0.097mg/g), fenilalaninlar (0.0425mg/g) aminokislotalari, almashinadigan aminokislotalardan esa glitsin (0.927mg/g), alanin (0.207mg/g), serin (0.2839mg/g) va tirozin (0.034mg/g) aminokislotalari bor ekanligi tadqiq etildi. Almashinmaydigan aminokislotalar miqdori 0.0144mg/g dan 18.947mg/g ga qadar bo’lgan. Urug’ tarkibida leysin, glutamin, asparagin, prolin va trianin aminokislotalari uchramadi. Eriobotrya japonica urug’i tarkibidagi boshqa biologik faol birikmalar bilan birgalikda tarkibidagi almashinmaydigan aminokislotalarning mavjudligi uning terapevtik ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi hamda yangi turdagi tabiiy dori vositalarini ishlab chiqarishga zamin yaratadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarZakirova, Gulnoraxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-08-26
Jild30
Son4
Betlar92-92
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Kalit so’zlar: eriobotrya japonica, almashinadigan aminokislotalar, almashinmaydigan aminokislotalar, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi.

Iqtibos keltirish

APAZakirova, Gulnoraxon (2024). ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH. FarDU ilmiy xabarlari, 30(4), 92-92. https://journal.fdu.uz/main/article/2908
GOST (OAK)Zakirova, Gulnoraxon ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 4. – B. 92-92.
MLAZakirova, Gulnoraxon. “ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(4), 92-92, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/2908
ChicagoZakirova, Gulnoraxon. “ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(4), 92-92 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/2908
HarvardZakirova, Gulnoraxon (2024) ‘ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(4), 92-92. https://journal.fdu.uz/main/article/2908
BibTeX
@article{zakirovagulnoraxon2024,
  title = {ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH},
  author = {Zakirova, Gulnoraxon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {4},
  pages = {92-92},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/2908}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi