Farg‘ona vodiysi agroekotizimlari tangachaqanotli hasharotlarining (insecta, lepidoptera) tur tarkibi va taksonomik tahlili

Shermatov, Malikjon

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Maqolada tangachaqanotli hasharotlar faunasining tur tarkibi va taksonomik tahlili yoritib berilgan. Tadqiqot ishlari 2012-2023 yillar davomida Farg‘ona vodiysi agroekotizimlarida olib borilgan. Tangachaqanotli hasharotlar namunalari Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyati hududlaridagi fermer hamda tomorqa xo‘jaliklaridan yig‘ilgan. Farg‘ona vodiysi agroekotizimlaridan qishloq xo‘jalik ekinlari bilan trofik aloqada bo‘lgan tangachaqanotlilarning 15 ta katta oila, 25 oila 116 avlodga mansub 158 turi aniqlangan. Taksonomik birliklarning qiyosiy tahlillariga ko‘ra, agroekotizimlarda Noctuidae oilasi vakillari yetakchilik qiladi. Jumladan, mazkur oilaga mansub 58 ta turlar lepidopterofaunaning 36,7% ni tashkil etadi. Turlar xilma-xilligiga muvofiq avlodlarning soni ham yuqori (36 ta) bo‘lib, faunadagi ulushi 31% ga teng. Faunistik tadqiqotlar natijasida Farg‘ona vodiysi agroekotizimlarida tangachaqanotli hasharotlar turkumining 12 ta oila 46 avlodiga mansub 55 ta turi ilk bor aniqlangan. Ular orasidan O‘zbekiston hududida ilgari uchratilmagan 6 ta oilaning 18 ta avlodga mansub 19 ta turi respublikamiz entomofaunasi uchun ilk bor qayd etilgan turlar qatorida ro‘yxatga kiritilgan. Shuningdek, Crambidae oilasiga mansub 2 ta tur Markaziy Osiyo entomofaunasida avval qayd etilmagan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarShermatov, Malikjon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-01-24
Jild30
Son6
Betlar133-133
TilO‘zbek
Ilmiy sohaBiologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Farg‘ona vodiysi, agroekotizim, tangachaqanotli hasharotlar, tur tarkibi, taksonomik tahlil, oila, avlod, tur., Fergana Valley, agroecosystem, lepidopteran insects, species composition, taxonomic analysis, family, genus, species.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAShermatov, Malikjon (2025). FARG‘ONA VODIYSI AGROEKOTIZIMLARI TANGACHAQANOTLI HASHAROTLARINING (INSECTA, LEPIDOPTERA) TUR TARKIBI VA TAKSONOMIK TAHLILI. FarDU ilmiy xabarlari, 30(6), 133-133. https://journal.fdu.uz/main/article/2009
GOST (OAK)Shermatov, Malikjon FARG‘ONA VODIYSI AGROEKOTIZIMLARI TANGACHAQANOTLI HASHAROTLARINING (INSECTA, LEPIDOPTERA) TUR TARKIBI VA TAKSONOMIK TAHLILI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 30, № 6. – B. 133-133.
MLAShermatov, Malikjon. “FARG‘ONA VODIYSI AGROEKOTIZIMLARI TANGACHAQANOTLI HASHAROTLARINING (INSECTA, LEPIDOPTERA) TUR TARKIBI VA TAKSONOMIK TAHLILI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(6), 133-133, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/2009
ChicagoShermatov, Malikjon. “FARG‘ONA VODIYSI AGROEKOTIZIMLARI TANGACHAQANOTLI HASHAROTLARINING (INSECTA, LEPIDOPTERA) TUR TARKIBI VA TAKSONOMIK TAHLILI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(6), 133-133 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/2009
HarvardShermatov, Malikjon (2025) ‘FARG‘ONA VODIYSI AGROEKOTIZIMLARI TANGACHAQANOTLI HASHAROTLARINING (INSECTA, LEPIDOPTERA) TUR TARKIBI VA TAKSONOMIK TAHLILI’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(6), 133-133. https://journal.fdu.uz/main/article/2009
BibTeX
@article{shermatovmalikjon2025,
  title = {FARG‘ONA VODIYSI AGROEKOTIZIMLARI TANGACHAQANOTLI HASHAROTLARINING (INSECTA, LEPIDOPTERA) TUR TARKIBI VA TAKSONOMIK TAHLILI},
  author = {Shermatov, Malikjon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {30},
  number = {6},
  pages = {133-133},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/2009}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Shermatov, Malikjon — boshqa maqolalari

Biologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Biologiya sohasidagi OAK jurnallari