“Temur tuzuklari” hamda “Boburnoma”da an’ana va vorisiylik

Jurayev, Islom

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyatida davlat boshqaruvi, qonunchilik va ma’naviy hayotda izchil yondashuvlar o‘z ifodasini topgani yoritiladi. “Temur tuzuklari” va “Boburnoma” asarlari tarixiy manba sifatida tahlil qilinib, ularning mazmunida davlat tashkiloti, axloqiy-me’yoriy qadriyatlar, adolatli boshqaruv tamoyillari ifodasi ko‘rsatib beriladi. Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z davrining buyuk arboblari sifatida nafaqat siyosiy-harbiy faoliyatlari, balki adabiy-tarixiy asarlari orqali ham mustaqil fikr yurita olgan, o‘z qarashlarini xalq va davlat manfaatlariga yo‘naltira olgan shaxslar sifatida namoyon bo‘ladilar. Ularning asarlari davlat boshqaruvi, jamiyat hayotining axloqiy, huquqiy, diniy va ijtimoiy tamoyillarini o‘zida mujassam etgan nodir tarixiy yodgorliklardir. Ushbu asarlar nafaqat faktik ma’lumotlarga, balki mualliflarning shaxsiy kuzatuvlari, tahliliy qarashlari va tarixiy ongiga asoslangani bilan e’tiborga loyiqdir. Jumladan, Amir Temur tarixiy haqiqatni taqdim etish uchun voqealarni takror-takror tekshirgan, Bobur esa eshitgan voqealarini tasdiqlamaguncha yozmaslik prinsipiga amal qilgan. Har ikkala buyuk shaxsning asosiy maqsadi – kuchli, markazlashgan davlat tuzish, adolat asosida jamiyatni boshqarish bo‘lgan. Ularning ijtimoiy tengsizlikka qarshi qat’iy pozitsiyasi, qonun-qoidalarni yaratishdagi ijodiy yondashuvi, tarixiy xotirani saqlashdagi fidoyiligi, shubhasiz, bugungi avlod uchun ham g‘oyaviy-ilmiy o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarJurayev, Islom
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-06-25
Jild31
Son3
Betlar213-213
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Kalit so‘zlar: Oilaviy-maishiy muammolar, ijtimoiy-siyosiy hodisalar, vorislik, an’ana, axloqiy-me’yoriy qadriyatlar, Keywords: Family and domestic issues, socio-political phenomena, continuity, tradition, moral and normative values

Iqtibos keltirish

APAJurayev, Islom (2025). “TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK. FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 213-213. https://journal.fdu.uz/main/article/1497
GOST (OAK)Jurayev, Islom “TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 3. – B. 213-213.
MLAJurayev, Islom. ““TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 213-213, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/1497
ChicagoJurayev, Islom. ““TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 213-213 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/1497
HarvardJurayev, Islom (2025) ‘“TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 213-213. https://journal.fdu.uz/main/article/1497
BibTeX
@article{jurayevislom2025,
  title = {“TEMUR TUZUKLARI” HAMDA “BOBURNOMA”DA AN’ANA VA VORISIYLIK},
  author = {Jurayev, Islom},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {3},
  pages = {213-213},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/1497}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Jurayev, Islom — boshqa maqolalari