Tibbiyot oliygohi talabalariga gistologiya fanini o‘qitishning innovatsion usullari

Teshajonova, Mahliyo, Zokirova, Gulnora

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Zamonaviy tibbiyotda gistologiya fanini samarali o‘qitish tibbiy mutaxassislarning puxta tayyorlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola tibbiyot oliygohlarida gistologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ularning ta'lim sifatiga ta'sirini tahlil qiladi. An’anaviy ta’lim usullari, jumladan, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari, mikroskop bilan ishlash kabi amaliyotlar gistologiyaning asosiy qismlarini o‘rgatishda samarali bo‘lsa-da, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishi bilan bu usullarning cheklovlari yuzaga kelmoqda. Maqolada innovatsion pedagogik yondashuvlar, masalan, virtual mikroskoplar, 3D modellash, masofaviy o‘qitish platformalari va gamifikatsiya usullari orqali gistologiya o‘qitish jarayonini qanday yaxshilash mumkinligi ko‘rib chiqilgan. Aralash tadqiqot usullari yordamida talabalar bilim darajasi va amaliy ko‘nikmalarining rivojlanishi baholangan. Innovatsion usullar talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirishda samarali ekanligi aniqlangan. Shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ta’lim sifatini baholashda yangi indikatorlar qo‘llanilishi tavsiya etilgan. Maqola innovatsion pedagogik texnologiyalarni gistologiya o‘qitish jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va joriy etish bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuvlar tibbiyot oliygohlarida ta’lim sifatini oshirish va klinik amaliyotga tayyor kadrlar yetishtirishda muhim rol o‘ynaydi

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTeshajonova, Mahliyo, Zokirova, Gulnora
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-07-21
Jild31
Son1
Betlar119-119
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

gistologiya, tibbiyot ta’limi, innovatsion usullar, virtual mikroskopiya, o‘z-o‘zini o‘rganish modullari (SDLMs), klinik amaliyotga tayyorlash, histology, medical education, innovative methods, virtual microscopy, self-directed learning modules (SDLMs), clinical practice preparation

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APATeshajonova, Mahliyo, & Zokirova, Gulnora (2025). TIBBIYOT OLIYGOHI TALABALARIGA GISTOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING INNOVATSION USULLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 31(1), 119-119. https://journal.fdu.uz/main/article/1427
GOST (OAK)Teshajonova, Mahliyo, Zokirova, Gulnora TIBBIYOT OLIYGOHI TALABALARIGA GISTOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING INNOVATSION USULLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 1. – B. 119-119.
MLATeshajonova, Mahliyo, and Zokirova, Gulnora. “TIBBIYOT OLIYGOHI TALABALARIGA GISTOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING INNOVATSION USULLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(1), 119-119, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/1427
ChicagoTeshajonova, Mahliyo, and Zokirova, Gulnora. “TIBBIYOT OLIYGOHI TALABALARIGA GISTOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING INNOVATSION USULLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(1), 119-119 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/1427
HarvardTeshajonova, Mahliyo, and Zokirova, Gulnora (2025) ‘TIBBIYOT OLIYGOHI TALABALARIGA GISTOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING INNOVATSION USULLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(1), 119-119. https://journal.fdu.uz/main/article/1427
BibTeX
@article{teshajonovamahliyo2025,
  title = {TIBBIYOT OLIYGOHI TALABALARIGA GISTOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING INNOVATSION USULLARI},
  author = {Teshajonova, Mahliyo and Zokirova, Gulnora},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {1},
  pages = {119-119},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/1427}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Teshajonova, Mahliyo — boshqa maqolalari

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari