Cidaria distinctata staudinger, 1892 (lepidoptera: geometridae, larentiinae)ning Farg‘ona vodiysida qayd etilishiga oid

Shermatov, Malikjon, Almatova, Dilafruz, Abdikaxorov, Bekzod

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada Geometridae oilasining Larentiinae kenja oilasiga mansub Cidaria distinctata (Staudinger, 1892) turining Farg‘ona vodiysi entomofaunasida qayd etilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu tur birinchi bor nemis entomologi Otto Staudinger tomonidan 1892-yilda Samarqand va Marg‘ilon hududlaridan tavsiflangan. Keyinchalik C. distinctata Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston (Toshkent viloyati), Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan qayd etilgan bo‘lsa-da, Farg‘ona vodiysidan 1892-yildan keyin boshqa qaydlar mavjud emas edi. 2024-yilda olib borilgan tadqiqot natijalari orqali turning tarqalish areali aniqlashtirildi va uning Farg‘ona vodiysi entomofaunasida mavjudligi qayta tasdiqlandi. C. distinctata qanotlari yoyilganda kengligi 24 mm atrofida bo‘lib, old qanotlari sariq, bazal qismi qoramtir jigarrang. Old qanotining markaziy qismidan to‘liq kesib o‘tuvchi qoramtir jigarrang tasmasi mavjud. Old qanotning uchki burchagidan qanot markaziga qarab yo‘nalgan och qoramtir yoki jigarrang rangdagi ingichka xoshiyasi ko‘zga tashlanadi. Tadqiqotda Farg‘ona viloyati Quvasoy hududidan olingan namunalar bilan birga, Norbert Keil va hammualliflari tomonidan Qirg‘iziston Respublikasining Shimoliy Tyanshan hududidan yig‘ilgan C. distinctata namunalarining fotosuratlari ham taqdim etilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarShermatov, Malikjon, Almatova, Dilafruz, Abdikaxorov, Bekzod
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-07-28
Jild31
Son2
Betlar210-210
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Markaziy Osiyo, Farg‘ona vodiysi, Lepidoptera, Geometridae, Larentiinae, Cidaria distinctata, morfologiya, tarqalishi., Central Asia, Fergana Valley, Lepidoptera, Geometridae, Larentiinae, Cidaria distinctata, morphology, distribution.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAShermatov, Malikjon, Almatova, Dilafruz, & Abdikaxorov, Bekzod (2025). CIDARIA DISTINCTATA STAUDINGER, 1892 (LEPIDOPTERA: GEOMETRIDAE, LARENTIINAE)NING FARG‘ONA VODIYSIDA QAYD ETILISHIGA OID. FarDU ilmiy xabarlari, 31(2), 210-210. https://journal.fdu.uz/main/article/1326
GOST (OAK)Shermatov, Malikjon, Almatova, Dilafruz, Abdikaxorov, Bekzod CIDARIA DISTINCTATA STAUDINGER, 1892 (LEPIDOPTERA: GEOMETRIDAE, LARENTIINAE)NING FARG‘ONA VODIYSIDA QAYD ETILISHIGA OID // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 2. – B. 210-210.
MLAShermatov, Malikjon, Almatova, Dilafruz, and Abdikaxorov, Bekzod. “CIDARIA DISTINCTATA STAUDINGER, 1892 (LEPIDOPTERA: GEOMETRIDAE, LARENTIINAE)NING FARG‘ONA VODIYSIDA QAYD ETILISHIGA OID.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(2), 210-210, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/1326
ChicagoShermatov, Malikjon, Almatova, Dilafruz, and Abdikaxorov, Bekzod. “CIDARIA DISTINCTATA STAUDINGER, 1892 (LEPIDOPTERA: GEOMETRIDAE, LARENTIINAE)NING FARG‘ONA VODIYSIDA QAYD ETILISHIGA OID.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(2), 210-210 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/1326
HarvardShermatov, Malikjon, Almatova, Dilafruz, and Abdikaxorov, Bekzod (2025) ‘CIDARIA DISTINCTATA STAUDINGER, 1892 (LEPIDOPTERA: GEOMETRIDAE, LARENTIINAE)NING FARG‘ONA VODIYSIDA QAYD ETILISHIGA OID’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(2), 210-210. https://journal.fdu.uz/main/article/1326
BibTeX
@article{shermatovmalikjon2025,
  title = {CIDARIA DISTINCTATA STAUDINGER, 1892 (LEPIDOPTERA: GEOMETRIDAE, LARENTIINAE)NING FARG‘ONA VODIYSIDA QAYD ETILISHIGA OID},
  author = {Shermatov, Malikjon and Almatova, Dilafruz and Abdikaxorov, Bekzod},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {2},
  pages = {210-210},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/1326}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Shermatov, Malikjon — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari