Yuqori elektrokimyoviy aktiv yuzaga ega CoFeNi-MF/NF bifunksional elektrokatalizator: sintez, morfologik tahlil va ecsa baholash

Hoshimov, Farhodjon

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu ishda gidrotermal usul orqali sintez qilingan va magnit suyuqlik bilan modifikatsiyalangan CoFeNi-MF/NF nanokompozitining morfologik, tarkibiy va elektrokimyoviy xossalari o‘rganildi. Elektrod asosi sifatida nikel ko‘pik tanlab olinib, uning yuzasida Co, Fe va Ni metall tuzlaridan iborat nanokompozit shakllantirildi. Sintez qilingan materialning yuzasida yaproqsimon va ignasimon zarrachalar ko‘rinishidagi ko‘p qatlamli g‘ovakli tizim hosil bo‘lgani SEM tasvirlari orqali aniqlandi. EDS tahlili asosida Co, Fe, Ni va O elementlarining nikel ko’pik asosi yuzasida bir tekis taqsimlangani tasdiqlandi. CoFeNi-MF/NF nanokompozitining elektrokimyoviy faolligi 1 M KOH ishqoriy muhitda baholandi. Davriy voltametriya usuli yordamida ikki qavatli elektr sig‘imi qiymatlari aniqlanib, mos ravishda vodorod va kislorod ajralish reaksiyasi uchun 58.2 va 32.84 mF·cm⁻² deb topildi. Yuqori elektrokimyoviy faol sirt maydoni ko‘rsatkichlari ushbu nanokompozitning vodorod va kislorod ajralish reaksiyalarida yuqori elektrokimyoviy faollikka ega bifunksional katalizator sifatida istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar CoFeNi asosidagi nanostrukturalangan materiallarni suyuq magnit modifikatsiyasi orqali takomillashtirish vodorod energetikasida yangi avlod samarali elektrokatalizatorlarini ishlab chiqish uchun muhim asos bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarHoshimov, Farhodjon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-12-31
Jild31
Son4
TilO‘zbek
Ilmiy sohaKimyo
Indeksga qo‘shilgan2026-09-09

Kalit so‘zlar

CoFeNi-MF/NF, bifunksional elektrokatalizator, gidrotermal sintez, ECSA, Cdl, HER, OER, SEM, nanostruktura, magnit suyuqlik, CoFeNi-MF/NF, bifunctional electrocatalyst, hydrothermal synthesis, ECSA, Cdl, HER, OER, SEM, nanostructure, magnetic fluid.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAHoshimov, Farhodjon (2025). YUQORI ELEKTROKIMYOVIY AKTIV YUZAGA EGA CoFeNi-MF/NF BIFUNKSIONAL ELEKTROKATALIZATOR: SINTEZ, MORFOLOGIK TAHLIL VA ECSA BAHOLASH. FarDU ilmiy xabarlari, 31(4). https://journal.fdu.uz/main/article/1208
GOST (OAK)Hoshimov, Farhodjon YUQORI ELEKTROKIMYOVIY AKTIV YUZAGA EGA CoFeNi-MF/NF BIFUNKSIONAL ELEKTROKATALIZATOR: SINTEZ, MORFOLOGIK TAHLIL VA ECSA BAHOLASH // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 4.
MLAHoshimov, Farhodjon. “YUQORI ELEKTROKIMYOVIY AKTIV YUZAGA EGA CoFeNi-MF/NF BIFUNKSIONAL ELEKTROKATALIZATOR: SINTEZ, MORFOLOGIK TAHLIL VA ECSA BAHOLASH.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(4), 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/1208
ChicagoHoshimov, Farhodjon. “YUQORI ELEKTROKIMYOVIY AKTIV YUZAGA EGA CoFeNi-MF/NF BIFUNKSIONAL ELEKTROKATALIZATOR: SINTEZ, MORFOLOGIK TAHLIL VA ECSA BAHOLASH.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(4) (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/1208
HarvardHoshimov, Farhodjon (2025) ‘YUQORI ELEKTROKIMYOVIY AKTIV YUZAGA EGA CoFeNi-MF/NF BIFUNKSIONAL ELEKTROKATALIZATOR: SINTEZ, MORFOLOGIK TAHLIL VA ECSA BAHOLASH’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(4). https://journal.fdu.uz/main/article/1208
BibTeX
@article{hoshimovfarhodjon2025,
  title = {YUQORI ELEKTROKIMYOVIY AKTIV YUZAGA EGA CoFeNi-MF/NF BIFUNKSIONAL ELEKTROKATALIZATOR: SINTEZ, MORFOLOGIK TAHLIL VA ECSA BAHOLASH},
  author = {Hoshimov, Farhodjon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {4},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/1208}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Kimyo sohasidagi boshqa maqolalar

Kimyo sohasidagi OAK jurnallari