Ushbu maqolada Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining I-V qayir usti terrasalarida shakllangan sug‘oriladigan tuproqlarining hozirgi agrokimyoviy xossa-xususiyatlarini antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari keltirilgan. O‘rganilayotgan hududning Xalqabod massivida tarqalgan Chirchiq daryosining yuqori qismidagi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar 523,8 gektar bo‘lib bu tuproqlar lyossli tog‘ oldi tekisliklarining past-baland qir-adirlar tizmasida shakllangan, prolyuvial-delyuvial lyossimon, kam holatlarda skeletli yotqiziqlaridan tashkil topgan. Ulug‘bek massivining sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari 1128,21 gektarni tashkil etadi. Bu tuproqlar asosan tipik bo‘z tuproqlar mintaqasidagi Chirchiq daryosining V-IV-III qayir usti terassalarida tarqalgan, allyuvial yotqiziqlardan hosil bo‘lgan. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar Zarafshon massivining 1958,16 gektar maydonini tashkil etib, tipik bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan. Ularning eng ko‘p maydonlari Chirchiq daryosining I va II qayir usti terassalarida uchraydi. Yangi Hayot massivida o‘tloqi tuproqlar tarqalgan maydoni 1958,16 ga bo‘lib sug‘orish natijasida tuproqlarning agrokimyoviy xossa-xususiyatlari o‘zgargan. Yuksalish massivida tarqalgan botqoq tuproqlar maydoni 264,4 ga bo‘lib sizot suvlarining yaqin joylashganligi bilan boshqa massiv tuproqlaridan ajralib turadi. Ushbu massivlarda tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy tahlili, gumus va oziqa elementlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilgan bo‘lib, tuproqlar unumdorligi, mahsuldorligi va ekinlar hosildorligini oshirishga qaratilgan takliflar berilgan.
| Mualliflar | Nazarova, Yorqinoy, Nabiyeva, Gulchexra, Nurgaliyev, Najmiddin |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashriyot | Farg‘ona davlat universiteti |
| ISSN | 2010-8419, 2181-1571 |
| Nashr sanasi | 2025-12-31 |
| Jild | 31 |
| Son | 3 |
| Betlar | 197-197 |
| Til | O‘zbek |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-06 |
: kimyoviy tahlil, och tusli bo‘z, o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi-botqoq, gumus, azot, kaliy, allyuvial jinslar, sug‘orish, daryo konus yoyilmalari, oziq elementlar, yotqiziq, terrasa., : kimyoviy tahlil, och tusli bo‘z, o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi-botqoq, gumus, azot, kaliy, allyuvial jinslar, sug‘orish, daryo konus yoyilmalari, oziq elementlar, yotqiziq, terrasa.
| APA | Nazarova, Yorqinoy, Nabiyeva, Gulchexra, & Nurgaliyev, Najmiddin (2025). TOSHKENT VILOYATI YANGIYO‘L TUMANIDAGI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI. FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 197-197. https://journal.fdu.uz/main/article/478 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Nazarova, Yorqinoy, Nabiyeva, Gulchexra, Nurgaliyev, Najmiddin TOSHKENT VILOYATI YANGIYO‘L TUMANIDAGI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 3. – B. 197-197. |
| MLA | Nazarova, Yorqinoy, Nabiyeva, Gulchexra, and Nurgaliyev, Najmiddin. “TOSHKENT VILOYATI YANGIYO‘L TUMANIDAGI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 197-197, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/478 |
| Chicago | Nazarova, Yorqinoy, Nabiyeva, Gulchexra, and Nurgaliyev, Najmiddin. “TOSHKENT VILOYATI YANGIYO‘L TUMANIDAGI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 197-197 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/478 |
| Harvard | Nazarova, Yorqinoy, Nabiyeva, Gulchexra, and Nurgaliyev, Najmiddin (2025) ‘TOSHKENT VILOYATI YANGIYO‘L TUMANIDAGI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 197-197. https://journal.fdu.uz/main/article/478 |
| BibTeX | @article{nazarovayorqinoy2025,
title = {TOSHKENT VILOYATI YANGIYO‘L TUMANIDAGI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI},
author = {Nazarova, Yorqinoy and Nabiyeva, Gulchexra and Nurgaliyev, Najmiddin},
journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
year = {2025},
volume = {31},
number = {3},
pages = {197-197},
url = {https://journal.fdu.uz/main/article/478}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Ushbu maqolada Gʻarbiy Fargʻona hududida 2020–2024 yillarda aniqlangan Pentatomoidea katta oilasiga mansub 24 ta tur ekologik va trofik mezonlar asosida baholandi. Har bir tur uchun tarqalishi, dominantlik darajasi…
A study was conducted to study and analyze the distribution, morphology, food spectrum and developmental biology of representatives of the genus Lixus in the Fergana Valley. The studies were conducted in a number of…
Maqolada Katta va Kichik O‘radaryo havzalarida tadqiqot olib borgan olimlar tomonidan to‘plangan O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) fondida saqlanayotgan va dala tadqiqotlarida terilgan gerbariy namunalari asosida…
Mazkur maqolada Iskandaria kuschakewitschi (Herzenstein, 1890) – Kushakevich yalangbaligʻi, Sirdaryo havzasi uchun endemik tur sifatida o‘rganilgan. U Farg‘ona vodiysidagi deyarli barcha daryo va soylarda uchraydi hamda…
O‘zbekiston suv havzalarining invaziv baliqlaridan biri Pseudorasbora parvatning morfologik o‘zgaruvchanlik xususiyatlari tadqiq etildi. Bunda, Isfayramsoy daryosidan yig‘ilgan namunalar asosida P. parva ning…
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida keng tarqalgan va dominant tur hisoblangan Argiope bruennichi o‘rgimchagining biologiyasi, hayot sikli, trofik o‘rni va ekologik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida…
Ushbu maqolada mevali bog‘larda shiralar (Aphidoidea) koloniyalarining ortib ketishini tabiiy ravishda cheklovchi afidofag hasharotlar (xonqizi, oltinko‘z, sirfid pashsha, parazit ariqlar)ning roli o‘rganilgan. Shiralar…
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining turli landshaft sharoitlarida Lymantria dispar (tengsiz ipakchi) populyatsiyasining mavsumiy dinamikasi hamda iqlim omillarining zararkunanda soni va zarar yetkazish darajasiga…
Maqolada barg ustki yong‘oq shirasi (Panaphis juglandis Goeze)ning morfologik o‘zgaruvchanligiga tashqi muhit omillarining ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Panaphis juglandisning morfologik o‘zgaruvchanligini…
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysidagi ichki suv havzalarida uchraydigan Nemacheilidae oilasiga mansub yalangbaliqlarni muhofaza qilish masalalari o‘rganildi. Vodiyning ichki suv tizimlaridagi baliqlarning ekotizimga…
FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi
In this article, changes in the concentration of CO2 released into the atmosphere from irrigated gray-earth, gray-earth, meadow-gray-earth, meadow-swamp and marsh soils on the I-V terraces of the Chirchik River in the…
The article analyzes data on diabetes mellitus, one of the most common endocrine diseases in the world, and the growing number of patients. The main attention was paid to the origin of this disease, its dependence on…
This article analyzes the environmental aspects of insecticides used to protect plants from pests, the chemical composition of insecticides, including the main active ingredients and additives, their production as a…