Janubiy Farg‘ona sharoitida smerinthus kindermannii lederer, 1857 ning (insecta: sphingidae) biologiyasi

Shermatov, Malikjon, Qayumova, Oygul

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada Sphingidae oilasiga mansub Smerinthus kindermannii (Lederer, 1857) turining Janubiy Farg‘ona sharoitida biologiyasiga oid ma’lumotlar keltirilgan. S. kindermannii ning tadqiqot hududida tarqalishi, mavsumiy rivojlanishi, har bir rivojlanish (kapalak, tuxum, qurt, g‘umbak) bosqichidagi morfologik belgilari tasvirlab berilgan. Tadqiqotlar Farg‘ona vodiysining janubiy qismi – Farg‘ona viloyati hududida olib borilgan, namunalar tungi yoritgich uskunasi (DRL - 200) yordamida yig‘ilgan. S. kindermannii Janubiy Farg‘ona sharoitida bir mavsumda uch avlod beradi. Birinchi avlod mart-aprel, ikkinchi avlod may-iyun, uchinchi avlod avgust -sentyabr oylarida rivojlanadi. S. kindermannii kapalagining tuxumi och yashil rangda bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan yosh lichinkalarning tana uzunligi 6,8-7,2 mm, tanasining rangi och yashil bo‘ladi, ikkinchi yoshdan to‘q yashil rangga o‘zgaradi. Lichinkalar beshinchi yoshda g‘umbakka aylanadi. G‘umbakka aylanishdan 5-6 kun oldin oziqlanishdan to‘xtaydi va qoramtir qizg‘ish rangga kiradi. Yangi hosil bo‘lgan g‘umbakning uzunligi o‘rtacha 37,4 mm, og‘irligi 245 mg ni tashkil etadi. Dastlab bosh ko‘krak hamda boshlang‘ich qanot qismlari qizg‘ish, qorin qismi to‘q qizg‘ish rangda, 7 kundan so‘ng oldingi tomoni to‘q qizg‘ish jigarrang, qorin tomoni esa qaramtir rangga o‘zgaradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarShermatov, Malikjon, Qayumova, Oygul
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-12-31
Jild31
Son3
Betlar185-185
TilO‘zbek
Ilmiy sohaBiologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Janubiy Farg‘ona, Sphingidae, Smerinthus kindermannii, kapalak, tuxum, qurt, g‘umbak, morfologiya, tarqalishi., Janubiy Farg‘ona, Sphingidae, Smerinthus kindermannii, kapalak, tuxum, qurt, g‘umbak, morfologiya, tarqalishi.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAShermatov, Malikjon, & Qayumova, Oygul (2025). JANUBIY FARG‘ONA SHAROITIDA SMERINTHUS KINDERMANNII LEDERER, 1857 NING (INSECTA: SPHINGIDAE) BIOLOGIYASI. FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 185-185. https://journal.fdu.uz/main/article/488
GOST (OAK)Shermatov, Malikjon, Qayumova, Oygul JANUBIY FARG‘ONA SHAROITIDA SMERINTHUS KINDERMANNII LEDERER, 1857 NING (INSECTA: SPHINGIDAE) BIOLOGIYASI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 3. – B. 185-185.
MLAShermatov, Malikjon, and Qayumova, Oygul. “JANUBIY FARG‘ONA SHAROITIDA SMERINTHUS KINDERMANNII LEDERER, 1857 NING (INSECTA: SPHINGIDAE) BIOLOGIYASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 185-185, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/488
ChicagoShermatov, Malikjon, and Qayumova, Oygul. “JANUBIY FARG‘ONA SHAROITIDA SMERINTHUS KINDERMANNII LEDERER, 1857 NING (INSECTA: SPHINGIDAE) BIOLOGIYASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 185-185 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/488
HarvardShermatov, Malikjon, and Qayumova, Oygul (2025) ‘JANUBIY FARG‘ONA SHAROITIDA SMERINTHUS KINDERMANNII LEDERER, 1857 NING (INSECTA: SPHINGIDAE) BIOLOGIYASI’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 185-185. https://journal.fdu.uz/main/article/488
BibTeX
@article{shermatovmalikjon2025,
  title = {JANUBIY FARG‘ONA SHAROITIDA SMERINTHUS KINDERMANNII LEDERER, 1857 NING (INSECTA: SPHINGIDAE) BIOLOGIYASI},
  author = {Shermatov, Malikjon and Qayumova, Oygul},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {3},
  pages = {185-185},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/488}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Shermatov, Malikjon — boshqa maqolalari

Biologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Biologiya sohasidagi OAK jurnallari