Eriobotrya japonica o‘simligi vegetativ qismlarining mineral profili

Xakimova, Muattar

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Farg‘ona viloyatida yetishtirilayotgan Eriobotrya japonica o‘simligi barglari va poyasining mineral tarkibi induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli bilan o‘rganldi. 59 ta elementning sifat va miqdor tarkibini o‘rganish natijasida 42 ta elementning miqdori aniqlandi. Minerallarning umumiy miqdori Eriobotrya japonica o‘simligining poya qismida 58782,919 mg/kg va barglarida 56325,23 mg/kg ni tashkil etdi. Eriobotrya japonica o‘simligining poya va barglarida natriy, fosfor, magniy, kaltsiy, kaliy makroelementlari aniqlandi. O‘simlikning poya va barglari tarkibida kaliy(24676-31551 mg/kg) va kaltsiy(16850-21728 mg/kg) yuqori miqdorga ega ekanligi namoyon bo‘ldi. Kobalt, molibden, marganets, mis, rux, temir kabi mikroelementlarning miqdori aniqlandi. Temir miqdori poyasida 152 mg/kg hamda barglarida 320 mg/kg ni tashkil etdi. Shuningdek, marganets, mis, rux mikroelementlari 10-34 mg/kg miqdorlarda aniqlandi. B, Li, Ni, Cr, V ultramikrolementlari hamda Sr, Al, Ba, Ti, Rb, Sb, Nb, Cs, Bi, Ga, Ta elementlarining miqdori anilqandi. Bu elementlar orasida strontsiy (560-561 mg/kg), alyuminiy (115-230 mg/kg) hamda bor (43,2-44,8 mg/kg) ko‘proq miqdorda aniqlandi. Eriobotrya japonica o‘simligi vegetativ organlarining minerallarga boy ekanligi kuzatildi hamda turli biologik faol qo‘shimchlar tayyorlash uchun tavsiya etildi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXakimova, Muattar
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-05-18
Jild7
Son1
Betlar3-8
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Eriobotrya japonica, poya, barglari, IBP-MS, makro-va mikroelementlar.

Iqtibos keltirish

APAXakimova, Muattar (2026). ERIOBOTRYA JAPONICA O‘SIMLIGI VEGETATIV QISMLARINING MINERAL PROFILI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(1), 3-8. https://journal.fdu.uz/main/article/6479
GOST (OAK)Xakimova, Muattar ERIOBOTRYA JAPONICA O‘SIMLIGI VEGETATIV QISMLARINING MINERAL PROFILI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 1. – B. 3-8.
MLAXakimova, Muattar. “ERIOBOTRYA JAPONICA O‘SIMLIGI VEGETATIV QISMLARINING MINERAL PROFILI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(1), 3-8, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/6479
ChicagoXakimova, Muattar. “ERIOBOTRYA JAPONICA O‘SIMLIGI VEGETATIV QISMLARINING MINERAL PROFILI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(1), 3-8 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/6479
HarvardXakimova, Muattar (2026) ‘ERIOBOTRYA JAPONICA O‘SIMLIGI VEGETATIV QISMLARINING MINERAL PROFILI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(1), 3-8. https://journal.fdu.uz/main/article/6479
BibTeX
@article{xakimovamuattar2026,
  title = {ERIOBOTRYA JAPONICA O‘SIMLIGI VEGETATIV QISMLARINING MINERAL PROFILI},
  author = {Xakimova, Muattar},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {1},
  pages = {3-8},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/6479}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi