O‘RTA ZARAFSHON ANTROPOGEN LANDSHAFTLARNI MELIORATIV BAHOLASH

Xurramova, Nazira

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada inson faoliyati natijasida vujudga kelgan antropogen landshaftlarning shakllanish va transformatsiyasining nazariy-metodologik asoslari, jumladan, o‘ziga xos tabiiy sharoitga ega bo‘lgan O‘rta Zarafshon havzasi antropogen landshaftlarning meliorativ holati turli statistik ko‘rsatkichlar va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada bugungi iqlim o‘zgarishi sharoitida O‘rta Zarafshon antropogen landshaftlarning qishloq xo‘jaligi maqsadlarida meliorativ holatini yer osti suvlari sathi (TSI), tuproq shoʻrlanish darajasi (ESS), tuproq namligi (TNI) va O‘rta Zarafshonning normallashgan differensial vegetatsiya indeksi (NDVI) umumiy koeffitsient koʻrsatkichlarini integrallashtirgan holda baholash ishlari takomillashtirilgan hamda taklif va tavsiyalar berilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXurramova, Nazira
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
Nashr sanasi2026-07-06
Jild7
Son3
Betlar229-237
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

landshaft kompleksi, meliorativ holat, landshaftlarni baholash, tuproq xossalari, yer osti suvlari sathi, oʻsimlik qoplami, baholash shkalasi., landscape complex, meliorative condition, landscape assessment, soil properties, groundwater level, vegetation cover, assessment scale.

Ilmiy soha

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar