Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish masalalari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi jinoyatlarning shakli va tusining murakkablashib borayotgani, ularning oldini olish uchun zamonaviy, tizimli va barqaror yondashuvlar talab qilinayotgani bilan belgilanadi. Maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilik, davlat siyosati, ijtimoiy institutlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, xalqaro tajriba va ularni O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, qonunchilik hujjatlari, ijtimoiy so‘rovlar natijalari va grafiklar asosida xulosalar chiqarilgan. Bir qator huquqshunos olimlarning maqolalari va tajribalari o‘rganilib, O‘zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun xizmat qiluvchi, eng samarali metodlarni tatbiq qilish orqali jinoyatchilikning oldini olish uchun keskin harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqida fikr yuritilgan. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan qonunlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar bildirilgan. Jinoyatchilik darajasi haqida o‘rganish ishlari olib borilgan va ularning natijasi batafsil yoritilgan. Xulosa qismida jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish uchun zarur taklif va tavsiyalar berilgan.
| Mualliflar | Ismoilov, Zafarbek, Ismoilov, Zafarbek, Исмоилов, Зафарбек |
|---|---|
| Jurnal | Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report |
| Nashr sanasi | 2026-04-22 |
| Jild | 5 |
| Son | 3 |
| Betlar | 51-61 |
| Til | O‘zbek |
crime, prevention, offense, mahalla (community), law enforcement agencies, legislation, security, society, преступность, профилактика, правонарушение, махалля, правоохранительные органы, законодательство, безопасность, общество, jinoyatchilik, profilaktika, huquqbuzarlik, mahalla, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, qonunchilik, xavfsizlik, jamiyat
В данной статье исследуется феномен общего надзора как универсального направления деятельности органов прокуратуры, выполняющего системообразующую функцию в механизме обеспечения верховенства закона и конституционной…
Mazkur maqola yoʻl-transport infratuzilmasi loyihalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro tajribasi, amalga oshirilgan ishlarning samarali choralari tahliliga bagʻishlangan. Xalqaro tajriba shuni…
Ushbu maqolada muallif tomonidan bugungi kunda oʻta jiddiy xavf tugʻdiradigan kiberjinoyat – kiberjosuslik tushunchasi va uning obyektiga oid ayrim mulohazalar berilgan, jumladan, ushbu masalada yuridik fanda mavjud…
Jamiyatda liberal munosabatlar keng qamrovli ahamiyat kasb etishi inson huquq va erkinliklari hamda jinoiy odil sudlov tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, jazoni o‘tashga hukm qilingan shaxsning…
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy jinoyatlar sonining ortib borayotgani munosabati bilan ushbu toifadagi jinoyatlar yuzasidan olib boriladigan dastlabki tergov jarayonida baholash xizmatlaridan…
Ushbu maqolada kiberjinoyatlar, ularning turlari, kelib chiqishi va rivojlanish tarixi haqida maʼlumotlar berilgan. Avvalo, kiberjinoyat deganda qanday jinoyatlar tushunilishi, ularning tasnifi va xususiyatlari talqin…
Maqolada jinoyat-protsessual huquq nazariyasidagi “ayblov” tushunchasining “da’vo” va “jinoiy ta’qib” tushunchalari bilan o‘zaro nisbati, ularning huquqiy tabiati va amaliyotdagi ifodasi ilmiy-nazariy hamda amaliy…
Ushbu maqola oiladagi zoʻravonlik, kelishmovchiliklar, ularning sabablari, obyektiv salbiy jihatlari hamda oldini olish yoʻllariga bagʻishlangan. Maqolada inson tajovuzkorligining psixologik mexanizmlari, jumladan…
В статье рассматриваются правовые и процессуальные аспекты обеспечения прав и законных интересов личности при получении образцов для проведения экспертного исследования в рамках уголовного процесса Республики…
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ishga qabul qilish jarayonida kuzatiladigan korrupsiyaning salbiy ta’sirlari batafsil yoritilgan. Xususan, korrupsiyaning mehnat bozori, ijtimoiy adolat tamoyillari va iqtisodiy…
Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report — barcha maqolalar