Sinflar xatoli ajralganda timsollarni belgilangan xatolik va ishonchlilik bilan tanuvchi belgilarni tanlash: Selection of Recognizing Features with a Given Error and Reliability in the Erronous Separation of Classes

Бекмуратов , К.А., Бекмуратов , Д.К.

Рақамли технологияларнинг назарий ва амалий масалалари · 2023-yil

Annotatsiya

Maqolada yuqori chekli oʻlchamli belgilar fazosida oʻquv tanlanma sinflari bir-biridan xatoli ajralganda timsollarni belgilangan xatolik va ishonchlilik bilan tanib olish masalasini yechish qaralgan. Oʻquv tanlanma har bir sinfini boshqa sinflardan xatoli ajratishda xatolik chastotasi, timsollarni tanib olishdagi xatolik ehtimoli va uning ishonchlilik qiymatlari hamda oʻquv tanlanmadagi timsollar, belgilar va sinflar soni kabi parametrlarni inobatga olib, sinfga xos belgilar fazosining yuqori chekli oʻlchamini topish uslubiyoti keltirilgan.  Yuqori chekli oʻlchamli belgilar fazosini sinfga xos alohida belgilardan shakllantirish uchun har bir tanlab olinadigan alohida belgilarning minimal va haqiqiy ajratish kuchlari aniqlangan. Minimal va haqiqiy ajratish kuchlarini hisobga olgan holda birinchi, ikkinchi va uchinchi tipli alohida belgilarning har bir tipidan ularning yuqori chekli oʻlchamli fazosini shakllantirish protseduralari taklif qilingan. Taklif qilingan uslubiyot asosida algoritm va dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan. EHMda hisoblash tajribalari oʻtkazilgan hamda natijalar hal qiluvchi qoidalar koʻrinishida keltirilgan boʻlib, ulardan timsollarni tanishda foydalanilgan. Shuningdek, oʻtkazilgan izlanishlarning xulosalari keltirilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarБекмуратов , К.А., Бекмуратов , Д.К.
JurnalРақамли технологияларнинг назарий ва амалий масалалари
Nashr sanasi2023-06-27
Jild4
Son2
Betlar43-61
TilIngliz

Kalit so‘zlar

sun’iy intellekt, timsollarni tanuvchi tizim, timsollarni tanib olish, oʻquv tanlanma, nazorat tanlanma, sinf, timsol, belgi, sinfga xos alohida belgi, alohida belgilar fazosi, boʻsaga, hal qiluvchi qoida, ajtaish kuchi, minimal ajratish kuchi, haqiqiy ajratish kuchi, xatolik ehtimoli, ishonchlilik, xatolik chastotasi, искусственный интеллект, система распознавания образов, распознавание образов, обучающая выборка, контрольная выборка, класс, образ, признак, признак класса, признаковое пространство, порог, решающее правило, разделяющая сила, минимальная разделяющая сила, реальная разделяющая сила, частота ошибок, вероятность ошибки, надежность

Ilmiy soha

Рақамли технологияларнинг назарий ва амалий масалалари jurnalidan boshqa maqolalar

Рақамли технологияларнинг назарий ва амалий масалалари — barcha maqolalar