EKSPORT SАLOHIYATINI RАQАMLI TEXNOLOGIYALАR BILАN RIVOJLАNTIRISH MАSАLАLАRI

Okmirzayev, Davron

Иқтисодиёт ва туризм · 2022-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada eksport salohiyatini raqamli texnologiyalar bilan rivojlantirish masalalari, xususan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishda ERP, MES, SCADA raqamli texnologiyalarini qo'llash, robotlashtirish, Big Date, buyumlar interneti, sun'iy intellekt, bulutli texnologiyalar, ishlab chiqarish korxonalarida qavatma-qavat qurish va sintez qilish texnologiyasi, 3D o'lchamda bosib chiqarish, Blokcheyn, DLT kabi texnologiyalarni keng joriy etish hisobiga ishlab chiqarish va xizmat sifati yuqori ulush bilan ortib borishi, shu bilan bir qatorda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni internet jahon axborot tarmog'i orqali sotish imkoniyatlari, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasi bilan bog'liqligi tahlil qilindi. Bundan tashqari, raqamli infratuzilmani rivojlantirishda, mobil va simli internet jahon axborot tarmog'i qamrovi va tezligini yanada oshirish orqali elektron tijorat platformalariga shaxsiy raqamli uskunalardan ulanish imkoniyatlari, elektron tijorat va elektron to'lovlar tizimlari, elektron tijorat rivojida muhim rol o'ynovchi pochta va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda onlayn platformalar orqali savdo maydonchalarini yaratishning dolzarbligi va ahamiyati o'rganildi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarOkmirzayev, Davron
JurnalИқтисодиёт ва туризм
Nashr sanasi2022-07-18
Jild1
Son3
TilO‘zbek

Ilmiy soha

Иқтисодиёт ва туризм jurnalidan boshqa maqolalar

Иқтисодиёт ва туризм — barcha maqolalar