Transport xizmatlarida innovatsion texnologiyalar joriy etilganlik darajasi va samaradorligi tahlili

Kenjayeva , Shaxnoza

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston transport xizmatlarida innovatsion texnologiyalarning joriy etilganlik darajasi va ularning iqtisodiy hamda ijtimoiy samaradorligi tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi transport xizmatlari hajmining tez o‘sishi, sohada raqamli va “yashil” texnologiyalarga talabning ortishi, “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida soha raqamlashtirilayotgani va jamoat transportida naqd to‘lovdan elektron to‘lovga o‘tilayotgani bilan izohlanadi. Tadqiqotda Milliy statistika qo‘mitasi, Transport vazirligi, hududiy hokimliklar ma’lumotlari hamda Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksi (LPI) asosida 2021-2026- yillar davri o‘rganilgan. Innovatsiyalar olti yo‘nalishga ajratilib, ularning joriy etilganlik darajasi aniq mezonlarga asoslangan 0-4 ballik shkala yordamida baholangan, samaradorlik esa nisbiy ko‘rsatkichlar, dinamika va taqqoslash usullari bilan aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, innovatsiyalarning integral joriy etilganlik darajasi 41,7 foizni tashkil etdi: jamoat transportida elektron to‘lov va temir yo‘llarni elektrlashtirish yuqori, elektr transport vositalari va intellektual transport tizimlari past darajada, yagona raqamli mobillik platformasi esa hali joriy etilmagan. Elektromobillar soni 15 oy ichida 88,2 foizga oshgan bo‘lsa-da, ularning yengil avtomobillar parkidagi ulushi 1,82 foizni, Toshkent shahrining ulushi esa 72,1 foizni tashkil etgan. Samarqanddagi elektrobus loyihasi yiliga taxminan 11,7 mln litr yoqilg‘i tejalishini ta’minlashi hisoblangan. Elektron to‘lov chegirmasi hududlar bo‘yicha 16,7 foizdan 50 foizgacha farq qilishi, Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 2021-yilga nisbatan 3,4 baravar oshgani aniqlandi. Logistika samaradorligi indeksida eng past ko‘rsatkichlar yuklarni kuzatish va infratuzilma bo‘yicha qayd etilgan. Tadqiqot asosida innovatsiyalarni hududlar bo‘yicha tekis yoyish, elektron to‘lov tariflarini muvofiqlashtirish, yuklarni kuzatish tizimlarini rivojlantirish va yagona raqamli platformani shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Taklif etilgan baholash shkalasidan Transport vazirligi va hududiy hokimliklar innovatsion loyihalarni ustuvorlashtirish va monitoring qilishda foydalanishi mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKenjayeva , Shaxnoza
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-11-25
Jild3
Son11
Betlar674-687
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-11-26

Kalit so‘zlar

innovatsion texnologiyalar, transport xizmatlari, raqamlashtirish, joriy etilganlik darajasi, samaradorlik, elektron to‘lov, elektromobil, intellektual transport tizimlari, E-Permit, logistika samaradorligi indeksi.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAKenjayeva , Shaxnoza (2026). TRANSPORT XIZMATLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILGANLIK DARAJASI VA SAMARADORLIGI TAHLILI. Innovations in Science and Technologies, 3(11), 674-687. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1880
GOST (OAK)Kenjayeva , Shaxnoza TRANSPORT XIZMATLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILGANLIK DARAJASI VA SAMARADORLIGI TAHLILI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 11. – B. 674-687.
MLAKenjayeva , Shaxnoza. “TRANSPORT XIZMATLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILGANLIK DARAJASI VA SAMARADORLIGI TAHLILI.” Innovations in Science and Technologies, 3(11), 674-687, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1880
ChicagoKenjayeva , Shaxnoza. “TRANSPORT XIZMATLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILGANLIK DARAJASI VA SAMARADORLIGI TAHLILI.” Innovations in Science and Technologies, 3(11), 674-687 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1880
HarvardKenjayeva , Shaxnoza (2026) ‘TRANSPORT XIZMATLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILGANLIK DARAJASI VA SAMARADORLIGI TAHLILI’, Innovations in Science and Technologies, 3(11), 674-687. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1880
BibTeX
@article{kenjayevashaxnoza2026,
  title = {TRANSPORT XIZMATLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILGANLIK DARAJASI VA SAMARADORLIGI TAHLILI},
  author = {Kenjayeva , Shaxnoza},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {11},
  pages = {674-687},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1880}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari