Janubiy Farg‘ona dorivor o‘simliklarining makro- va mikroelement tarkibi hamda ulardan tibbiyotda foydalanish istiqbollari

Turdaliyeva, Parizod

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Tadqiqotning maqsadi Janubiy Farg‘ona hududida o‘suvchi dorivor o‘simliklarning makro- va mikroelement tarkibini o‘rganish hamda kimyoviy elementlarning inson organizmidagi biologik rolini hisobga olgan holda ularning tibbiyotda qo‘llanilish istiqbollarini baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot obyektlari sifatida sakkiz turdagi dorivor o‘simliklarning yer ustki qismlari tanlab olindi: ikki uyli qichitqi o‘t (Urtica dioica L.), oddiy jag‘-jag‘ (Capsella bursa-pastoris), kigizsimon lopux (Arctium tomentosum), katta zubturum (Plantago major L.), dala qirqbo‘g‘imi (Equisetum arvense L.), dorivor momaqaymoq (Taraxacum officinale L.), dorivor moychechak (Matricaria recutita L.) va oqqaldirmoq (Tussilago farfara L.). O‘simlik xomashyosining element tarkibi instrumental neytron-aktivatsion tahlil usuli yordamida aniqlandi. Tadqiq etilgan namunalarda 39 ta kimyoviy element mavjudligi aniqlanib, ularning fiziologik ahamiyatini hisobga olgan holda essensial makro- va mikroelementlar konsentratsiyalari qiyosiy o‘rganildi. Natijalar oqqaldirmoq tarkibida kalsiy, kaliy, rux va selen, dorivor momaqaymoqda temir, mis, magniy va kalsiy, dorivor moychechakda temir, rux, marganets va selen, katta zubturumda esa marganets, kaliy va kalsiy miqdori yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar tadqiq etilgan o‘simliklarning biologik ahamiyatga ega elementlar manbai sifatidagi istiqbollarini ko‘rsatadi hamda ularning biologik o‘zlashtiriluvchanligi va xavfsizligini yanada chuqur o‘rganish zarurligini asoslaydi. Potensial toksik elementlar, xususan, dorivor moychechak va oqqaldirmoq namunalarida aniqlangan kadmiy miqdorini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Tadqiqot natijalaridan ilmiy asoslangan dorivor o‘simliklar yig‘malarini ishlab chiqishda hamda mineral moddalar almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olishda ulardan foydalanish istiqbollarini baholashda foydalanish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTurdaliyeva, Parizod
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-11-24
Jild7
Son6
Betlar80-86
TilO‘zbek
Ilmiy sohaBiologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-11-25

Kalit so‘zlar

essensial bioelementlar, dorivor o‘simliklar, Farg‘ona vodiysi, kamqonlik, osteoporoz, immunitet tanqisligi, yurak-qon tomir kasalliklari., Essential bioelements, medicinal plants, Fergana Valley, anemia, osteoporosis, immunodeficiency, cardiovascular diseases

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APATurdaliyeva, Parizod (2026). JANUBIY FARG‘ONA DORIVOR O‘SIMLIKLARINING MAKRO- VA MIKROELEMENT TARKIBI HAMDA ULARDAN TIBBIYOTDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 80-86. https://journal.fdu.uz/main/article/8297
GOST (OAK)Turdaliyeva, Parizod JANUBIY FARG‘ONA DORIVOR O‘SIMLIKLARINING MAKRO- VA MIKROELEMENT TARKIBI HAMDA ULARDAN TIBBIYOTDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 6. – B. 80-86.
MLATurdaliyeva, Parizod. “JANUBIY FARG‘ONA DORIVOR O‘SIMLIKLARINING MAKRO- VA MIKROELEMENT TARKIBI HAMDA ULARDAN TIBBIYOTDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 80-86, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/8297
ChicagoTurdaliyeva, Parizod. “JANUBIY FARG‘ONA DORIVOR O‘SIMLIKLARINING MAKRO- VA MIKROELEMENT TARKIBI HAMDA ULARDAN TIBBIYOTDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 80-86 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/8297
HarvardTurdaliyeva, Parizod (2026) ‘JANUBIY FARG‘ONA DORIVOR O‘SIMLIKLARINING MAKRO- VA MIKROELEMENT TARKIBI HAMDA ULARDAN TIBBIYOTDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 80-86. https://journal.fdu.uz/main/article/8297
BibTeX
@article{turdaliyevaparizod2026,
  title = {JANUBIY FARG‘ONA DORIVOR O‘SIMLIKLARINING MAKRO- VA MIKROELEMENT TARKIBI HAMDA ULARDAN TIBBIYOTDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI},
  author = {Turdaliyeva, Parizod},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {6},
  pages = {80-86},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/8297}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Turdaliyeva, Parizod — boshqa maqolalari

Biologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Biologiya sohasidagi OAK jurnallari