Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini intensiv o‘rganish jarayonini rivojlantirishda vizualizatsiya, mnemotexnika va geymifikatsiyadan foydalanish texnologiyasi

Usmonova, Odinaxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intensiv o‘rganish jarayonini rivojlantirishda vizualizatsiya, mnemotexnika va geymifikatsiya texnologiyalaridan kompleks foydalanishning nazariy-metodik asoslari hamda pedagogik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Bugungi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning axborotni tezkor idrok etishi, mazmunan qayta ishlashi, uzoq muddatli xotirada saqlashi, zarur vaziyatlarda qayta tiklashi va amaliy faoliyatda qo‘llay olishini ta’minlash muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, maqolada boshlang‘ich ta’limda intensiv o‘rganish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘zaro integratsiyasi ilmiy jihatdan asoslangan. Xususan, vizualizatsiya vositalari orqali o‘quv materiallarini obrazli va tizimli ifodalash, mnemotexnik usullar yordamida assotsiativ xotirani rivojlantirish hamda geymifikatsiya elementlari orqali ta’lim motivatsiyasi va bilish faolligini kuchaytirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishning didaktik tamoyillari, tarkibiy komponentlari, tashkiliy-metodik bosqichlari va pedagogik shart-sharoitlari ishlab chiqilgan. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, yosh va psixologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunini loyihalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari asosida kompleks texnologiyaning ta’lim sifati, bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Mazkur yondashuvdan boshlang‘ich ta’lim amaliyotida foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUsmonova, Odinaxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-11-23
Jild7
Son6
Betlar307-313
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
Indeksga qo‘shilgan2026-11-28

Kalit so‘zlar

boshlang‘ich ta’lim, intensiv o‘rganish, vizualizatsiya, mnemotexnika, geymifikatsiya, kognitiv faollik, xotira, assotsiatsiya, didaktik o‘yin, ta’lim texnologiyasi, o‘quv motivatsiyasi., primary education, intensive learning, visualization, mnemonic techniques, gamification, cognitive engagement, memory, association, educational games, learning technology.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAUsmonova, Odinaxon (2026). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INTENSIV O‘RGANISH JARAYONINI RIVOJLANTIRISHDA VIZUALIZATSIYA, MNEMOTEXNIKA VA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 307-313. https://journal.fdu.uz/main/article/8405
GOST (OAK)Usmonova, Odinaxon BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INTENSIV O‘RGANISH JARAYONINI RIVOJLANTIRISHDA VIZUALIZATSIYA, MNEMOTEXNIKA VA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 6. – B. 307-313.
MLAUsmonova, Odinaxon. “BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INTENSIV O‘RGANISH JARAYONINI RIVOJLANTIRISHDA VIZUALIZATSIYA, MNEMOTEXNIKA VA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 307-313, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/8405
ChicagoUsmonova, Odinaxon. “BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INTENSIV O‘RGANISH JARAYONINI RIVOJLANTIRISHDA VIZUALIZATSIYA, MNEMOTEXNIKA VA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 307-313 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/8405
HarvardUsmonova, Odinaxon (2026) ‘BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INTENSIV O‘RGANISH JARAYONINI RIVOJLANTIRISHDA VIZUALIZATSIYA, MNEMOTEXNIKA VA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 307-313. https://journal.fdu.uz/main/article/8405
BibTeX
@article{usmonovaodinaxon2026,
  title = {BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INTENSIV O‘RGANISH JARAYONINI RIVOJLANTIRISHDA VIZUALIZATSIYA, MNEMOTEXNIKA VA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI},
  author = {Usmonova, Odinaxon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {6},
  pages = {307-313},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/8405}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Usmonova, Odinaxon — boshqa maqolalari

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari