Dynamics and taxonomic composition of plant pollen in the atmospheric air during the spring season (Andijan, 2025)

Ergasheva, Gulmira, Güvensen, Aykut, Остоновна, Гулмира

Ekologiya xabarnomasi · 2026-yil

Annotatsiya

Annotatsiya 2025 yil mart–may oylarida Andijon viloyati atmosfera havosida tarqalgan o‘simlik gulchanglarining taksonomik tarkibi va bahorgi mavsumiy dinamikasi o‘rganildi. Aerobiologik monitoring Andijon davlat universiteti binosining tom qismiga o‘rnatilgan Lanzoni VPPS 2010 rusumli volyumetrik gulchang tutqichi yordamida amalga oshirildi. Olingan namunalar yorug‘lik mikroskopiyasi usulida tahlil qilinib, jami 20 ta takson, jumladan, 14 ta daraxt-buta va 6 ta o‘t o‘simliklari gulchanglarining miqdoriy ko‘rsatkichlari umumlashtirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bahorgi monitoring davrida qayd etilgan gulchanglarning umumiy ko‘rsatkichida daraxt-buta o‘simliklari 92,55%, o‘t o‘simliklari esa 7,45% ulushni tashkil etdi. Taksonomik tarkib tahlilida daraxt-buta o‘simliklari orasida Pinus, Cupressus va Populus, o‘t o‘simliklari orasida esa Rumex va Poaceae ustunlik qildi. Gulchanglarning eng yuqori oylik yig‘ma ko‘rsatkichi aprel oyida qayd etildi. Olingan natijalar Andijon viloyati atmosfera havosidagi o‘simlik gulchanglarining bahorgi tarqalish xususiyatlarini tavsiflaydi hamda kelgusida ularning mavsumiy dinamikasiga meteorologik omillar ta’sirini korrelyatsion tahlil qilish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda aerobiologik monitoringni tizimli rivojlantirish va hududiy gulchang kalendarlarini ishlab chiqishda ahamiyat kasb etadi. Аннотация В период с марта по май 2025 года изучены таксономический состав и весенняя сезонная динамика пыльцы растений, распространяющейся в атмосферном воздухе Андижанской области. Аэробиологический мониторинг проводился с использованием волюметрического пыльцеуловителя Lanzoni VPPS 2010, установленного на крыше здания Андижанского государственного университета. Полученные образцы исследовали методом световой микроскопии, при этом были обобщены количественные показатели пыльцы 20 таксонов растений, включая 14 таксонов деревьев и кустарников и 6 таксонов травянистых растений. Согласно результатам исследования, в общем количестве пыльцы, зарегистрированной за весенний период мониторинга, доля пыльцы деревьев и кустарников составила 92,55%, а травянистых растений — 7,45%. Анализ таксономического состава показал преобладание Pinus, Cupressus и Populus среди деревьев и кустарников, а также Rumex и Poaceae среди травянистых растений. Наибольший суммарный месячный показатель пыльцы был зарегистрирован в апреле. Полученные результаты характеризуют особенности весеннего распространения пыльцы растений в атмосферном воздухе Андижанской области и служат научной основой для дальнейшего корреляционного анализа влияния метеорологических факторов на сезонную динамику пыльцы. Результаты исследования имеют значение для системного развития аэробиологического мониторинга в Узбекистане и разработки региональных пыльцевых календарей. Abstract The taxonomic composition and spring seasonal dynamics of airborne plant pollen in the Andijan region were investigated from March to May 2025. Aerobiological monitoring was conducted using a Lanzoni VPPS 2010 volumetric pollen sampler installed on the rooftop of a building at Andijan State University. The collected samples were examined using light microscopy, and quantitative data were compiled for a total of 20 pollen taxa, including 14 tree and shrub taxa and six herbaceous plant taxa. The results showed that tree and shrub pollen accounted for 92.55% of the total pollen recorded during the spring monitoring period, whereas herbaceous pollen contributed 7.45%. Analysis of the taxonomic composition revealed that Pinus, Cupressus, and Populus were the dominant taxa among trees and shrubs, while Rumex and Poaceae predominated among herbaceous plants. The highest monthly cumulative pollen value was recorded in April. These findings characterize the spring distribution patterns of airborne plant pollen in the Andijan region and provide a scientific basis for future correlation analyses aimed at assessing the influence of meteorological factors on pollen seasonal dynamics. The results may contribute to the systematic development of aerobiological monitoring in Uzbekistan and support the establishment of regional pollen calendars.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarErgasheva, Gulmira, Güvensen, Aykut, Остоновна, Гулмира
JurnalEkologiya xabarnomasi
NashriyotЎзбекистон Республикаси Табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси
Nashr sanasi2026-11-17
Jild4
Son3
TilIngliz
DOI10.5281/akx0bp66
Indeksga qo‘shilgan2026-11-18

Kalit so‘zlar

Kalit so‘zlar: aerobiologiya; atmosfera havosi; o‘simlik gulchanglari; taksonomik tarkib; bahorgi dinamika; Lanzoni VPPS 2010; Andijon., Ключевые слова: аэробиология; атмосферный воздух; пыльца растений; таксономический состав; весенняя динамика; Lanzoni VPPS 2010; Андижан., Keywords: aerobiology; atmospheric air; airborne plant pollen; taxonomic composition; spring dynamics; Lanzoni VPPS 2010; Andijan., aerobiology; atmospheric air; airborne plant pollen; taxonomic composition; spring dynamics; Lanzoni VPPS 2010; Andijan

Iqtibos keltirish

APAErgasheva, Gulmira, Güvensen, Aykut, & Остоновна, Гулмира (2026). DYNAMICS AND TAXONOMIC COMPOSITION OF PLANT POLLEN IN THE ATMOSPHERIC AIR DURING THE SPRING SEASON (ANDIJAN, 2025). Ekologiya xabarnomasi, 4(3). https://doi.org/10.5281/akx0bp66
GOST (OAK)Ergasheva, Gulmira, Güvensen, Aykut, Остоновна, Гулмира DYNAMICS AND TAXONOMIC COMPOSITION OF PLANT POLLEN IN THE ATMOSPHERIC AIR DURING THE SPRING SEASON (ANDIJAN, 2025) // Ekologiya xabarnomasi. – 2026. – T. 4, № 3. – DOI: 10.5281/akx0bp66.
MLAErgasheva, Gulmira, Güvensen, Aykut, and Остоновна, Гулмира. “DYNAMICS AND TAXONOMIC COMPOSITION OF PLANT POLLEN IN THE ATMOSPHERIC AIR DURING THE SPRING SEASON (ANDIJAN, 2025).” Ekologiya xabarnomasi, 4(3), 2026. https://doi.org/10.5281/akx0bp66
ChicagoErgasheva, Gulmira, Güvensen, Aykut, and Остоновна, Гулмира. “DYNAMICS AND TAXONOMIC COMPOSITION OF PLANT POLLEN IN THE ATMOSPHERIC AIR DURING THE SPRING SEASON (ANDIJAN, 2025).” Ekologiya xabarnomasi, 4(3) (2026). https://doi.org/10.5281/akx0bp66
HarvardErgasheva, Gulmira, Güvensen, Aykut, and Остоновна, Гулмира (2026) ‘DYNAMICS AND TAXONOMIC COMPOSITION OF PLANT POLLEN IN THE ATMOSPHERIC AIR DURING THE SPRING SEASON (ANDIJAN, 2025)’, Ekologiya xabarnomasi, 4(3). https://doi.org/10.5281/akx0bp66
BibTeX
@article{ergashevagulmira2026,
  title = {DYNAMICS AND TAXONOMIC COMPOSITION OF PLANT POLLEN IN THE ATMOSPHERIC AIR DURING THE SPRING SEASON (ANDIJAN, 2025)},
  author = {Ergasheva, Gulmira and Güvensen, Aykut and Остоновна, Гулмира},
  journal = {Ekologiya xabarnomasi},
  year = {2026},
  volume = {4},
  number = {3},
  doi = {10.5281/akx0bp66},
  url = {https://doi.org/10.5281/akx0bp66}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Ekologiya xabarnomasi jurnalidan boshqa maqolalar

Ekologiya xabarnomasi — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Ergasheva, Gulmira — boshqa maqolalari