Hofiz Xorazmiy g‘azallarida oshiqona lirikaning poetik xususiyatlari

sodaliyeva, sayyora

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada Hofiz Xorazmiy devonidan tanlangan 30 ta oshiqona g‘azal lirik qahramonning poetik funksiyasiga ko‘ra tasniflanib, ularning obrazlar tizimi, ruhiy-hissiy mazmuni, tasviriy vositalari hamda kompozitsion xususiyatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi shoir g‘azallarida oshiqona lirikaning badiiy-estetik tabiatini, lirik qahramon ruhiy olamining ifodalanish usullarini va an’anaviy poetik obrazlarning individual talqinini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida mumtoz g‘azal poetikasiga oid nazariy qarashlar, xususan, M.Sulaymonovning Hofiz Xorazmiy ijodiga doir ilmiy kuzatishlari, N.Jumaxo‘janing g‘azal kompozitsiyasi haqidagi tasnifi hamda D.Quronovning lirik qahramon xususidagi nazariy qarashlari qiyosiy tahlil asosida o‘rganiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, shoir ijodida ishq lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, badiiy idroki va poetik mavjudligini belgilovchi markaziy omil sifatida namoyon bo‘ladi. Vasl va hijron munosabati g‘azallarning ruhiy-kompozitsion yaxlitligini ta’minlaydi. Ma’shuqa obrazi an’anaviy husn unsurlari asosida shakllangan bo‘lsa-da, turkiy poetik tafakkur xususiyatlari bilan boyitiladi. Shuningdek, majoziy ishq tasvirida irfoniy-tasavvufiy mazmun qatlamlarining mavjudligi, oshiq ruhiy olamining ramziy obrazlar orqali ifodalanishi asoslanadi.

Maqola ma’lumotlari
Mualliflarsodaliyeva, sayyora
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-11-14
Jild7
Son6
Betlar357-365
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-11-22

Kalit so‘zlar

Hofiz Xorazmiy, devon, g‘azal, oshiqona lirika, lirik qahramon, ishq, vasl, hijron, ma’shuqa obrazi, poetika, badiiy tasvir vositalari, tasavvuf., Hafiz Khwarazmi, Divan, ghazal, amatory lyricism, lyrical persona, love, union, separation, image of the beloved, poetics, figurative devices, Sufism.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAsodaliyeva, sayyora (2026). HOFIZ XORAZMIY G‘AZALLARIDA OSHIQONA LIRIKANING POETIK XUSUSIYATLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 357-365. https://journal.fdu.uz/main/article/8540
GOST (OAK)sodaliyeva, sayyora HOFIZ XORAZMIY G‘AZALLARIDA OSHIQONA LIRIKANING POETIK XUSUSIYATLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 6. – B. 357-365.
MLAsodaliyeva, sayyora. “HOFIZ XORAZMIY G‘AZALLARIDA OSHIQONA LIRIKANING POETIK XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 357-365, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/8540
Chicagosodaliyeva, sayyora. “HOFIZ XORAZMIY G‘AZALLARIDA OSHIQONA LIRIKANING POETIK XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 357-365 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/8540
Harvardsodaliyeva, sayyora (2026) ‘HOFIZ XORAZMIY G‘AZALLARIDA OSHIQONA LIRIKANING POETIK XUSUSIYATLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 357-365. https://journal.fdu.uz/main/article/8540
BibTeX
@article{sodaliyevasayyora2026,
  title = {HOFIZ XORAZMIY G‘AZALLARIDA OSHIQONA LIRIKANING POETIK XUSUSIYATLARI},
  author = {sodaliyeva, sayyora},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {6},
  pages = {357-365},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/8540}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari