Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish va ozuqa resurslaridan samarali foydalanish hayvonlarni fiziologik ehtiyojlariga muvofiq, to‘laqonli va muvozanatlangan ratsionlar asosida oziqlantirishni talab etadi. Shu nuqtayi nazardan, mahalliy ozuqa resurslari, jumladan, biologik qiymati yuqori bo‘lgan azolla va sorgodan foydalanish hamda ularning qo‘ylar organizmida protein almashinuvi va hazmlanish jarayonlariga ta’sirini ilmiy jihatdan asoslash dolzarb masalalardan biridir. Maqolada 6 oylik jaydari zotli qo‘chqorchalarda Azolla va sorgo asosidagi ratsionlarning hazmlanishi, rumenda parchalanuvchi va parchalanmaydigan protein fraksiyalarining shakllanishi hamda keyingi hazm yo‘llarida o‘zlashtirilish samaradorligini mavsumiy sharoitlar kesimida baholandi. Tadqiqotlar ilmiy- xo‘jalik va 3×3 lotin kvadrati usullari asosida tashkil etilib, ratsion tarkibidagi Azolla-sorgo aralashmasining 15, 25 va 35 foizli variantlari qiyosiy o‘rganildi. Natijalar yozgi mavsumda 15 foizli variantda hazmlangan xom protein miqdori 1289,0±55,70 g, 25 foizli variantda 394,0±17,85 g va 35 foizli variantda 452,4±20,94 g ni tashkil etganini ko‘rsatdi. Qishki mavsumda mazkur ko‘rsatkichlar mos ravishda 133,2±10,13; 145,1±9,69 va 167,3±10,78 g ga teng bo‘ldi. Shuningdek, Azolla va sorgo ulushining ortishi bilan ratsionning protein tarkibiy qismlaridan foydalanish xususiyatlari hamda rumenda parchalanmaydigan proteinning keyingi hazm bo‘limlarida o‘zlashtirilishi o‘zgargan. Tadqiqot natijalari Azolla- sorgo asosidagi ratsionlarning protein almashinuvi samaradorligini ta’minlashdagi imkoniyatlarini baholash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
| Mualliflar | Normuhammedova, Feruza Shavkatjonovna, Bazarov, Baxritdin Maxammadiyevich |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashriyot | Қўқон давлат педагогика институти |
| ISSN | 3030-3958 |
| Nashr sanasi | 2026-11-11 |
| Jild | 8 |
| Son | 10 |
| Betlar | 1181-1190 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.70728/a.series.tab.v08.i10.165 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-11-14 |
DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i10.165 · Maqolaning asl sahifasi
jaydari qo‘chqorlar, azolla, sorgo, oziqlantirish ratsioni, protein almashinuvi, xom protein, rumenda parchalanuvchi protein, rumenda parchalanmaydigan protein, hazmlanish, o‘zlashtirilish.
| APA | Normuhammedova, Feruza Shavkatjonovna, & Bazarov, Baxritdin Maxammadiyevich (2026). JAYDARI ZOTLI QO‘YLAR RATSIONIDAGI PROTEINNING HAZMLANISH KO‘RSATKICHLARI. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 1181-1190. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.165 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Normuhammedova, Feruza Shavkatjonovna, Bazarov, Baxritdin Maxammadiyevich JAYDARI ZOTLI QO‘YLAR RATSIONIDAGI PROTEINNING HAZMLANISH KO‘RSATKICHLARI // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 10. – B. 1181-1190. – DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i10.165. |
| MLA | Normuhammedova, Feruza Shavkatjonovna, and Bazarov, Baxritdin Maxammadiyevich. “JAYDARI ZOTLI QO‘YLAR RATSIONIDAGI PROTEINNING HAZMLANISH KO‘RSATKICHLARI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 1181-1190, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.165 |
| Chicago | Normuhammedova, Feruza Shavkatjonovna, and Bazarov, Baxritdin Maxammadiyevich. “JAYDARI ZOTLI QO‘YLAR RATSIONIDAGI PROTEINNING HAZMLANISH KO‘RSATKICHLARI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 1181-1190 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.165 |
| Harvard | Normuhammedova, Feruza Shavkatjonovna, and Bazarov, Baxritdin Maxammadiyevich (2026) ‘JAYDARI ZOTLI QO‘YLAR RATSIONIDAGI PROTEINNING HAZMLANISH KO‘RSATKICHLARI’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 1181-1190. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.165 |
| BibTeX | @article{normuhammedovaferuzashavkatjonovna2026,
title = {JAYDARI ZOTLI QO‘YLAR RATSIONIDAGI PROTEINNING HAZMLANISH KO‘RSATKICHLARI},
author = {Normuhammedova, Feruza Shavkatjonovna and Bazarov, Baxritdin Maxammadiyevich},
journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
year = {2026},
volume = {8},
number = {10},
pages = {1181-1190},
doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i10.165},
url = {https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.165}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Mazkur maqolada alkogol mahsulotlarining kimyoviy tarkibini instrumental analitik usullar yordamida tadqiq etish masalalari yoritilgan. Xususan, fotoelektrik kolorimetriya usulining alkogolli mahsulotlar tarkibidagi…
Конформационное поведение аспарагиновой кислоты (C4H7NO4) в нейтральной (нецвиттер-ионной) форме исследовано в водной среде методом теории функционала плотности. Полная оптимизация геометрии с последующим аналитическим…
Maqolada Farg‘ona vodiysida qayd etilgan invaziv hasharotlarning ko‘payish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot maqsadi – turlarning ko‘payish usullari, avlodlar soni va qishlash bosqichlarini aniqlab, ularning…
Maqolada invaziv hasharotlar muammosiga oid jahon, mintaqaviy va milliy adabiyotlar tahlil qilinib, Farg‘ona vodiysida bu muammoning o‘rganilish holati baholangan. Tadqiqot maqsadi – invaziya biologiyasining nazariy…
Tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra, Janubiy Orolbo‘yi sharoitida Dipopidae oilasiga mansub gel’mintologik tekshirilgan 49 nusxa qo‘shoyoqlarning 18 nusxasi gel’mintlar bilan zararlangani kuzatildi 36,7%. Shundan…
Ushbu tadqiqotda turli namlik va harorat sharoitlarida saqlangan loviya (Phaseolus vulgaris L.) urug‘larida katalaza fermenti faolligining saqlash muddati davomida o‘zgarishi o‘rganildi. Tajribada urug‘ namligi 8, 10…
Turli namlik sharoitlarida o‘rganilgan bug‘doy navlarining biometrik ko‘rsatkichlari va don hosildorligi qiyosiy tahlil qilindi. Boshoq uzunligi, bitta boshoqdagi donlar soni, don massasi hamda hosildorlik ma’lumotlari…
Bug‘doyning Istiqbolli, Leukurum-3, Javohir, Makuz-3, Istiqlol-25 va Istiqlol navlarida barglarning suvni saqlash xususiyatlari tuproq namligining turli darajalarida baholandi. Barglardan 45 daqiqa davomida yo‘qotilgan…
Paraligisticum discolor o‘simligi tarkibidagi makro- va mikroelementlari induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli yordamida tahlil qilindi. Olingan natijalarga asoslangan holda, o‘simlik tarkibida yuqori…
Maqolada Xorazm viloyati sharoitida pomidor (Solanum lycopersicum L.) agrotsenozida uchraydigan hasharotlarning sistematik tarkibi, tur boyligi va funksional ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqotlar 2023–2025-yillarda…
Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi