Ushbu tadqiqotda Angren kaolini asosida LTA strukturali NaA seolitini sintez qilish, uni bentonit bog‘lovchisi yordamida granulalash va olingan granulalarning teksturaviy xususiyatlarini baholash amalga oshirildi. Kaolin 0,5 M oksalat kislotasi eritmasi bilan 100 °C haroratda kimyoviy tozalandi va 700 °C da 4 soat davomida termik faollashtirilib, reaktiv metakaolin olindi. Keyingi bosqichda metakaolin 2 M NaOH eritmasi bilan ishqoriy ishlovdan o‘tkazilib, 100 °C da 24 soat davomida gidrotermal kristallantirish orqali NaA seoliti sintez qilindi. Olingan seolit kukuni bentonit bilan 70:30 massa nisbatida aralashtirilib, diametri 2-4 mm bo‘lgan silindrsimon NaA-B30 granulalari tayyorlandi. Granulalar xona haroratida 24 soat, 100 °C da 8 soat quritilib, 500 °C da 6 soat davomida termik ishlovdan o‘tkazildi. Granulalarning g‘ovakli va teksturaviy xususiyatlari 77,35 K haroratda N2 adsorbsiya-desorbsiya usuli yordamida o‘rganildi. Izoterma II va IV tipga xos belgilar hamda H3 tipidagi gisterezis halqasini namoyon qilib, NaA seolitining mikrog‘ovaklari bilan bir qatorda donadorlash natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi mezog‘ovaklar va zarrachalararo bo‘shliqlar mavjudligini ko‘rsatdi. BET usulida granulalarning solishtirma sirt maydoni 21,954 m²/g, korrelyatsiya koeffitsienti 0,999933 va BET konstantasi 70,077 ni tashkil etdi. Olingan natijalar granulalash jarayonining NaA seolitining teksturaviy xususiyatlariga ta’sirini ko‘rsatib, mexanik jihatdan barqaror va sorbsion xususiyatlarini saqlagan granulalangan material olish imkoniyatini tasdiqladi.
| Mualliflar | Dimetova, Feruza Davron qizi, Abdurahmonov, Eldor Baratovich |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashriyot | Қўқон давлат педагогика институти |
| ISSN | 3030-3958 |
| Nashr sanasi | 2026-11-11 |
| Jild | 8 |
| Son | 10 |
| Betlar | 1005-1013 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.70728/a.series.tab.v08.i10.141 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-11-14 |
DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i10.141 · Maqolaning asl sahifasi
Angren kaolini, NaA seoliti, LTA, gidrotermal sintez, bentonit, donadorlash, NaA-B30, silindrsimon granulalar, azot sorbsiyasi, BET, mikrog‘ovaklar, mezog‘ovaklar, gisterezis.
| APA | Dimetova, Feruza Davron qizi, & Abdurahmonov, Eldor Baratovich (2026). ANGREN KAOLINI ASOSIDA NaA SEOLITINI SINTEZ QILISH, DONADORLASH VA TEKSTURAVIY XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 1005-1013. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.141 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Dimetova, Feruza Davron qizi, Abdurahmonov, Eldor Baratovich ANGREN KAOLINI ASOSIDA NaA SEOLITINI SINTEZ QILISH, DONADORLASH VA TEKSTURAVIY XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 10. – B. 1005-1013. – DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i10.141. |
| MLA | Dimetova, Feruza Davron qizi, and Abdurahmonov, Eldor Baratovich. “ANGREN KAOLINI ASOSIDA NaA SEOLITINI SINTEZ QILISH, DONADORLASH VA TEKSTURAVIY XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 1005-1013, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.141 |
| Chicago | Dimetova, Feruza Davron qizi, and Abdurahmonov, Eldor Baratovich. “ANGREN KAOLINI ASOSIDA NaA SEOLITINI SINTEZ QILISH, DONADORLASH VA TEKSTURAVIY XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 1005-1013 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.141 |
| Harvard | Dimetova, Feruza Davron qizi, and Abdurahmonov, Eldor Baratovich (2026) ‘ANGREN KAOLINI ASOSIDA NaA SEOLITINI SINTEZ QILISH, DONADORLASH VA TEKSTURAVIY XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 1005-1013. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.141 |
| BibTeX | @article{dimetovaferuzadavronqizi2026,
title = {ANGREN KAOLINI ASOSIDA NaA SEOLITINI SINTEZ QILISH, DONADORLASH VA TEKSTURAVIY XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH},
author = {Dimetova, Feruza Davron qizi and Abdurahmonov, Eldor Baratovich},
journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
year = {2026},
volume = {8},
number = {10},
pages = {1005-1013},
doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i10.141},
url = {https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.141}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Tadqiqotda o‘rta tolali S-7303 g‘o‘za navining o‘sib-rivojlanishi va fenologik ko‘rsatkichlariga ko‘chat qalinligining ta’siri 2022–2024 yillarda o‘rganildi. Tajribalar 70–80, 100–110 va 130–140 ming tup/ga ko‘chat…
Ushbu maqolada odamlarda uchraydigan quturish kasalligining etiologik, epidemiologik, klinik va patogenetik xususiyatlari, kasallik qo‘zg‘atuvchisining biologik tuzilishi hamda inson organizmida rivojlanish mexanizmlari…
Maqolada 5E ta’lim modelining anorganik kimyoni o‘qitishga mos metodik xususiyatlari nazariy tahlil va didaktik loyihalash asosida o‘rganildi. Besh bosqichli o‘quv siklining kimyoviy hodisalarni kuzatish, dalillarni…
Mazkur maqolada mahalliy Angren kaolini asosida NaA seolitini sintez qilish va uni ion almashinish usuli orqali LiA seolitiga aylantirish jarayoni tadqiq qilindi. Kaolin dastlab oksalat kislotasi yordamida kimyoviy…
Ushbu maqolada O'rta Osiyo florasining kamyob va endemik vakillari hisoblangan Draba alberti Regel & Schmalh., Draba arseniewii (B.Fedtsch.) Gilg ex Tolm. hamda Draba fedtschenkoi Gilg ex O.E.Schulz turlarining…
Maqolada ekishdan oldin, 3–4 ta chin barg fazasida, shonalash va gullash davrlarida kaliy gumat stimulyatorini qo‘llashning istiqbolli C-8294 va SP-40 g‘o‘za navlari urug‘larining unuvchanligi, o‘sishi va rivojlanishiga…
G‘o‘za yetishtirish hosildorlikni cheklovchi asosiy omillardan biri bo‘lgan fuzarioz vilt kasalligi Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum (FOV) fitopatogen zamburug‘i ta’sirida rivojlanadi. Ushbu patogenning g‘o‘za…
Xitozan bilan modifikatsiya qilingan adsorbent yordamida oqova suvdagi Cr(VI) ionlarini adsorbsiya qilish uchun tajribalar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Suv…
Farg‘ona viloyatida o‘sadigan Cyperus rotundus L. ildizining suvda eruvchan vitaminlar, flavonoidlar hamda element tarkibi YSSX-DAD va IBP-AES usullarida o‘rganildi. Ildizda B2 (4,032), PP (1,229) va B9 (0,046 mg/100 g)…
Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi