Sug‘oriladigan tuproqlarda fermentativ faollikning mavsumiy va qatlamlar bo‘yicha o‘zgarishi

Ablayorova, Elmira Eshmahmatovna, Raupova, N.B

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Parkent, Qibray va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi, to‘q tusli bo‘z, tipik bo‘z va o‘tloqi- allyuvial tuproqlarning sakkizta kesmasida katalaza, invertaza, ureaza, degidrogenaza, polifenoloksidaza va peroksidaza fermentlari faolligining mavsumiy (bahor, yoz, kuz) va qatlamlar (0–30 va 30–60 sm) bo‘yicha o‘zgarishi tahlil qilingan. 0–30 sm qatlamda kesmalar bo‘yicha o‘rtacha katalaza faolligi bahordagi 7,02 dan yozda 2,90 gacha kamayib, kuzda 5,66 gacha tiklandi; ureaza faolligi esa kuzda bahordagidan 2,19 baravar yuqori bo‘ldi (3,98 va 8,70). Degidrogenaza faolligining mavsumiy o‘zgarishi statistik jihatdan ishonarli emas (Fridman mezoni, P = 0,417) va asosan kesmaga bog‘liq bo‘ldi. 30–60 sm qatlamda faollik 0–30 sm qatlamdagiga nisbatan o‘rtacha 22–41 % past bo‘ldi. Integral fermentativ indeks o‘tloqi-allyuvial tuproqlarda (6–8-kesmalar) eng yuqori (0,67), to‘q tusli bo‘z tuproqda (3-kesma) eng past (0,01) bo‘lib, gumus miqdori bilan kuchli bog‘liq edi (Spirmen ρ = 0,88; P < 0,01; n = 8). Natijalar sug‘oriladigan tuproqlarning biologik faolligini monitoring qilishda namuna olish muddati va tuproq qatlamini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAblayorova, Elmira Eshmahmatovna, Raupova, N.B
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
NashriyotҚўқон давлат педагогика институти
ISSN3030-3958
Nashr sanasi2026-11-11
Jild8
Son10
Betlar917-930
TilO‘zbek
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i10.129
Indeksga qo‘shilgan2026-11-14

Kalit so‘zlar

sug‘oriladigan tuproqlar, fermentativ faollik, katalaza, invertaza, ureaza, degidrogenaza, polifenoloksidaza, peroksidaza, mavsumiy dinamika, tuproq unumdorligi, Toshkent viloyati.

Iqtibos keltirish

APAAblayorova, Elmira Eshmahmatovna, & Raupova, N.B (2026). SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA FERMENTATIV FAOLLIKNING MAVSUMIY VA QATLAMLAR BO‘YICHA O‘ZGARISHI. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 917-930. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.129
GOST (OAK)Ablayorova, Elmira Eshmahmatovna, Raupova, N.B SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA FERMENTATIV FAOLLIKNING MAVSUMIY VA QATLAMLAR BO‘YICHA O‘ZGARISHI // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 10. – B. 917-930. – DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i10.129.
MLAAblayorova, Elmira Eshmahmatovna, and Raupova, N.B. “SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA FERMENTATIV FAOLLIKNING MAVSUMIY VA QATLAMLAR BO‘YICHA O‘ZGARISHI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 917-930, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.129
ChicagoAblayorova, Elmira Eshmahmatovna, and Raupova, N.B. “SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA FERMENTATIV FAOLLIKNING MAVSUMIY VA QATLAMLAR BO‘YICHA O‘ZGARISHI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 917-930 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.129
HarvardAblayorova, Elmira Eshmahmatovna, and Raupova, N.B (2026) ‘SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA FERMENTATIV FAOLLIKNING MAVSUMIY VA QATLAMLAR BO‘YICHA O‘ZGARISHI’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 917-930. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.129
BibTeX
@article{ablayorovaelmiraeshmahmatovna2026,
  title = {SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA FERMENTATIV FAOLLIKNING MAVSUMIY VA QATLAMLAR BO‘YICHA O‘ZGARISHI},
  author = {Ablayorova, Elmira Eshmahmatovna and Raupova, N.B},
  journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
  year = {2026},
  volume = {8},
  number = {10},
  pages = {917-930},
  doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i10.129},
  url = {https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.129}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi