Dehqonobod kaliy zavodida hosil bo‘ladigan shlam chiqindisining suvda erimaydigan mineral qoldig‘idan temir, magniy, marganes va kalsiyni sulfat kislota yordamida ajratib olish jarayoni tadqiq etildi. Tadqiqotda kislota konsentratsiyasi, harorat va reaksiya davomiyligining metall komponentlarning eritmaga o‘tish darajasiga ta’siri o‘rganilib, ularning ajralish kinetikasi baholandi. Tajribalar sulfat kislotaning 5–15% konsentratsiyasida, 30–70 °C harorat oralig‘ida va 15–120 daqiqa davomida olib borildi. Sulfat kislota konsentratsiyasi 5 dan 15% gacha oshirilganda temirning eritmaga o‘tish darajasi 44 dan 96% gacha, magniyniki 30 dan 82% gacha, marganesniki 20 dan 74% gacha, kalsiyniki esa 12 dan 54% gacha ortishi aniqlandi. Olingan natijalar metall komponentlarning kislotali muhitda erish darajasi bir xil emasligini, ularning mineral qoldiq tarkibidagi kimyoviy holati va erish xususiyatlari jarayonga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi. Metallarning ajralish kinetikasi reaksiyaga kirishmagan yadro modeli asosida tahlil qilinib, tajriba natijalari kimyoviy reaksiya va diffuziya jarayonlarini ifodalovchi kinetik tenglamalar bilan taqqoslandi. Temir va magniyning eritmaga o‘tish natijalari diffuziya modeliga, kalsiyniki esa kimyoviy reaksiya modeliga yaxshiroq mos kelishi aniqlandi. Marganes uchun har ikkala modelning moslik ko‘rsatkichlari bir-biriga yaqin bo‘lib, uning ajralish jarayonini faqat bitta kinetik model bilan izohlash yetarli emasligi kuzatildi. Tadqiqot natijalari Dehqonobod kaliy zavodi shlam chiqindisini kislotali qayta ishlashda metall komponentlarning ajralish xususiyatlarini baholash va texnologik sharoitlarni tanlash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
| Mualliflar | Begmatov, Sh.E., Ziyadullayev, A.E., Nurmanov, S.E., Kodirov, O.Sh. |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashriyot | Қўқон давлат педагогика институти |
| ISSN | 3030-3958 |
| Nashr sanasi | 2026-11-11 |
| Jild | 8 |
| Son | 10 |
| Betlar | 598-604 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.70728/a.series.tab.v08.i10.085 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-11-14 |
DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i10.085 · Maqolaning asl sahifasi
Dehqonobod kaliy zavodi shlami, sulfat kislota, Fe, Mg, Mn, Ca, ajralish darajasi, kinetika, model.
| APA | Begmatov, Sh.E., Ziyadullayev, A.E., Nurmanov, S.E., & Kodirov, O.Sh. (2026). KALIY SANOATI SHLAMIDAN METALL KOMPONENTLARNI AJRATIB OLISHGA SULFAT KISLOTA KONSENTRATSIYASI, HARORAT VA VAQTNING TA’SIRI. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 598-604. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.085 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Begmatov, Sh.E. va b. KALIY SANOATI SHLAMIDAN METALL KOMPONENTLARNI AJRATIB OLISHGA SULFAT KISLOTA KONSENTRATSIYASI, HARORAT VA VAQTNING TA’SIRI // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 10. – B. 598-604. – DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i10.085. |
| MLA | Begmatov, Sh.E., Ziyadullayev, A.E., Nurmanov, S.E., and Kodirov, O.Sh. “KALIY SANOATI SHLAMIDAN METALL KOMPONENTLARNI AJRATIB OLISHGA SULFAT KISLOTA KONSENTRATSIYASI, HARORAT VA VAQTNING TA’SIRI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 598-604, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.085 |
| Chicago | Begmatov, Sh.E., Ziyadullayev, A.E., Nurmanov, S.E., and Kodirov, O.Sh. “KALIY SANOATI SHLAMIDAN METALL KOMPONENTLARNI AJRATIB OLISHGA SULFAT KISLOTA KONSENTRATSIYASI, HARORAT VA VAQTNING TA’SIRI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 598-604 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.085 |
| Harvard | Begmatov, Sh.E., Ziyadullayev, A.E., Nurmanov, S.E., and Kodirov, O.Sh (2026) ‘KALIY SANOATI SHLAMIDAN METALL KOMPONENTLARNI AJRATIB OLISHGA SULFAT KISLOTA KONSENTRATSIYASI, HARORAT VA VAQTNING TA’SIRI’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(10), 598-604. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.085 |
| BibTeX | @article{begmatovshe2026,
title = {KALIY SANOATI SHLAMIDAN METALL KOMPONENTLARNI AJRATIB OLISHGA SULFAT KISLOTA KONSENTRATSIYASI, HARORAT VA VAQTNING TA’SIRI},
author = {Begmatov, Sh.E. and Ziyadullayev, A.E. and Nurmanov, S.E. and Kodirov, O.Sh.},
journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
year = {2026},
volume = {8},
number = {10},
pages = {598-604},
doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i10.085},
url = {https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i10.085}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Maqolada O‘zbekiston florasida uchraydigan semiz o‘t (Portulaca oleracea L.), topinambur (Helianthus tuberosus L.), na’matak (Rosa canina L.) va qoqio‘t (Taraxacum officinale Wigg.) turlarining qandli diabet bilan…
Maqolada O‘zbekiston sharoitida uchraydigan semiz o‘t (Portulaca oleracea L.), topinambur (Helianthus tuberosus L.), na’matak (Rosa canina L.) va qoqio‘t (Taraxacum officinale Wigg.)ni dorivor o‘simlik xomashyosi…
Endophytic bacteria are microorganisms that colonize internal plant tissues without causing disease and may contribute significantly to plant growth, development, and stress tolerance. These microorganisms possess…
Ushbu maqolada limon (Citrus limon (L.) Burm. f.) o‘simligining genetik xususiyatlari, kelib chiqishi, genetik xilma-xilligi, genom tuzilishi hamda seleksiyadagi ahamiyati yoritilgan. Limonning boshqa sitrus turlari…
Ushbu maqolada olma (Malus domestica Borkh.) o‘simligining genetik xususiyatlari, kelib chiqishi, genom tuzilishi, genetik xilma-xilligi hamda xo‘jalik uchun muhim belgilarining irsiylanish mexanizmlari yoritilgan. Olma…
Mazkur maqolada Asteraceae oilasiga mansub Cichorium intybus L. - oddiy sachratqi turining turli ekologik hududlarda uchraydigan populyatsiyalari morfo- biologik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganishning nazariy va metodik…
Мақолада тушликда беморлар картошкали ёки қовоқли сомсалар, бир дона тухум, турли қандолат маҳсулотлари, печенье, пряниклар, турли таркибли олий навли булочкаларни иссиқ қора ва кўк чой, шакарли қаҳва билан истеъмол…
Maqolada antistatik to‘qimachilik materiallari uchun elektr o‘tkazuvchan komponent sifatida qo‘llaniladigan metaloorganik materiallar – organik polimer matritsa va metall yoki metall birikmasidan tashkil topgan tolalar…
Amaliy tajribalar davomida neft-gaz sohasidagi metall konstruksiyalarni korroziya va tuz cho‘kindilaridan himoya qilishga mo‘ljallangan aminli birikmalar hamda fosfat va xlorid kislotalari asosidagi ingibitorlar…
Yog' kislotalari asosida sintez qilingan yangi sirt-faol moddalarning rangli metall rudalarini flotatsiya usulida boyitish jarayonida ko'pik hosil qiluvchi reagent sifatida qo'llanilishi o'rganildi. Tadqiqot natijalari…
Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi