Lingvokulturologik aspektda paremiyalar

Kazakov, Ilhom

FarDU ilmiy xabarlari · 2022-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada maqollarni lingvokulturologik birlik sifatida o‘rganish bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. Folklor janri sifatida ular maqol, lingvokulturologiyada esa paremiya deb nomlanishiga aloqador mulohazalar umumlashtirilgan. Lingvokulturologiya sohasi doirasida paremiyalar paremiologiya tarmogida qaralishi lozimligi ta’kidlangan. Chunki paremiyalarda o‘tmishda yashagan ota-bobolarimizning milliy nigohi, tarixiy madaniyati aks etganligi keltirilgan. Bizning ajdodlarimiz atrofida kechayotgan har bir hodisani o‘zicha baholab, borliqni kuzatishlari natijasida undagi voqelikni paremiyalar orqali ifodalaganligi qayd qilingan. Paremiyalarda xalq o‘zining bor tajribasini, shu bilan birga aql-zakovatini uyg‘unlashtirgan holda namoyon etishi haqida so‘z yuritilgan. Paremiyalarning badiiy adabiyotga olib kirilishi bilan ularning mazmuni teranlashishi, yanada sayqallashishi, dono fikrlarni, teran mazmunni o‘zida jamlagan rang-barang paremiyalar nutqning ta’sirchanligini ta’minlovchi vositaga aylanishi belgilangan. Paremiyalarda xalqning urf-odatlari, tarixiy shaxslar, mashhur kishilar hayoti, umuman, milliy-madaniy tushunchalar obrazli tarzda ifodalanishi, zamirida ko‘chma ma’no mujassamligi bois ularga turg‘un birlik, ya’ni frazeologizmlar kabi munosabatda bo‘lish ham kuzatilishi, biroq paremiyalar frazeologik birliklardan farqlanishi xususidagi fikrlar ifodalangan. Paremiyalarni folklor (xalq og‘zaki ijodi) mahsuli sifatida frazeologiya tarkibida qaralishi ularning muayyan darajada chegaralanib qolishiga sababchi bo‘lishi haqidagi nuqtayi nazarlar bildirilgan. Aннотация Данной статье рассматриваются вопросы, связанные с изучением пословиц как лингвокультурной единицы. Как жанр фольклора они называются пословицами, а в языкознании и культурологии - паремиями. Подчеркивается, что паремии следует рассматривать в сфере паремиологии в рамках лингвокультуры. Потому что упоминается, что в паремиях нашли отражение национальное мировоззрение и историческая культура наших предков, живших в прошлом. Замечено, что наши предки выражали свою реальность через паремии в результате своего наблюдения за бытием, оценивая каждое происходящее вокруг них событие. Говорят, что паремии показывают совокупный опыт и интеллект людей. Определено, что с введением в художественную литературу паремий их содержание будет углубляться и шлифоваться, а красочные паремии, заключающие в себе мудрые мысли и глубокое содержание, станут средством обеспечения действенности речи. Народные традиции, исторические деятели, жизнь известных людей, национально-

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKazakov, Ilhom
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2022-12-31
Jild28
Son6
Betlar314-317
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-11-14

Kalit so‘zlar

lingvokulturologiya, paremiologiya, paremiya, frazeologiya, frazeologik birlik, milliy-madaniyat, urf- odat, an’ana, mentalitet. Kлючевые слова: лингвокультурология, паремиология, паремия, фразеология, фразеологическое единство, национальная культура, обычай, традиция, менталитет., linguistic culture, paremiology, paremia, phraseology, phraseological unity, national culture, custom, tradition, mentality.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAKazakov, Ilhom (2022). LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTDA PAREMIYALAR. FarDU ilmiy xabarlari, 28(6), 314-317. https://journal.fdu.uz/main/article/9841
GOST (OAK)Kazakov, Ilhom LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTDA PAREMIYALAR // FarDU ilmiy xabarlari. – 2022. – T. 28, № 6. – B. 314-317.
MLAKazakov, Ilhom. “LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTDA PAREMIYALAR.” FarDU ilmiy xabarlari, 28(6), 314-317, 2022. https://journal.fdu.uz/main/article/9841
ChicagoKazakov, Ilhom. “LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTDA PAREMIYALAR.” FarDU ilmiy xabarlari, 28(6), 314-317 (2022). https://journal.fdu.uz/main/article/9841
HarvardKazakov, Ilhom (2022) ‘LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTDA PAREMIYALAR’, FarDU ilmiy xabarlari, 28(6), 314-317. https://journal.fdu.uz/main/article/9841
BibTeX
@article{kazakovilhom2022,
  title = {LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTDA PAREMIYALAR},
  author = {Kazakov, Ilhom},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2022},
  volume = {28},
  number = {6},
  pages = {314-317},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/9841}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2022-yil arxivi

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari