Bulg‘or qalampir namunalarining gullash va meva tugish muddatlari bo‘yicha fenologik xilma-xilligi

Nematullayeva Lobar Sirojiddin qizi, Xidirov Muxammad Tursunkulovich, Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) · 2026-yil

Annotatsiya

Ishda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti Milliy genbankida saqlanadigan, geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan 54 ta bulg‘or qalampir (Capsicum annuum L.) namunasining fenologik o‘zgaruvchanligi o‘rganildi. Dala tajribasi 2026-yil vegetatsiya mavsumida namunalarni randomizatsiyalangan tartibda joylashtirish asosida tashkil etildi. Har bir namunada 10 va 75 foiz gullash, shuningdek, 10 va 75 foiz meva tugish muddatlari qayd qilindi. Olingan ma’lumotlarga tavsifiy statistika, randomizatsiyalangan bloklar bo‘yicha dispersiya tahlili, Tukey HSD testi va Pearson korrelyatsiya tahlili tatbiq etildi. Barcha o‘rganilgan fenologik belgilar bo‘yicha genotipning ta’siri statistik jihatdan ishonchli ekanligi aniqlandi. Genotip omili 10 foiz meva tugish muddatidagi umumiy o‘zgaruvchanlikning 56,7 foizini, 75 foiz meva tugish muddatidagi o‘zgaruvchanlikning 52,4 foizini tashkil etdi. Fenologik ko‘rsatkichlar orasida r=0,723-0,920 doirasidagi kuchli musbat bog‘lanishlar kuzatildi. Ertapisharlik va takrorlar bo‘yicha barqarorlik jihatidan Sutters Zuirg, Zumirad, П-круглой формый, N-12 Турткулский р, Marg‘ilon, N-58 уделеннений сладки hamda Co5483.PP-0042-08 namunalari ustunlik ko‘rsatdi. Sutters Zuirg namunasida 75 foiz meva tugish o‘rtacha 38,0 kunda qayd etilib, variatsiya koeffitsienti 0,0 foizga teng bo‘ldi. Aniqlangan istiqbolli genotiplardan ertapishar bulg‘or qalampir navlarini yaratishga qaratilgan seleksiya dasturlarida boshlang‘ich material sifatida foydalanish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNematullayeva Lobar Sirojiddin qizi, Xidirov Muxammad Tursunkulovich, Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich
JurnalAgro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
Nashriyot«Ўзагрокимёҳимоя» АЖ
ISSN2181-8150
Nashr sanasi2026-11-12
Son1
TilO‘zbek
Ilmiy sohaQishloq xo‘jaligi
DOI10.63241/agro-4637
Indeksga qo‘shilgan2026-11-13

Kalit so‘zlar

Capsicum annuum L., bulg‘or qalampir, genetik resurslar, fenologik xilma-xillik, gullash muddati, meva tugish, ertapisharlik, genotip, korrelyatsiya, seleksiya., Capsicum annuum L., sweet pepper, plant genetic resources, phenological diversity, flowering time, fruit set, early maturity, genotype, correlation, breeding., Capsicum annuum L., сладкий перец, генетические ресурсы растений, фенологическое разнообразие, сроки цветения, завязывание плодов, скороспелость, генотип, корреляция, селекция.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APANematullayeva Lobar Sirojiddin qizi, Xidirov Muxammad Tursunkulovich, & Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich (2026). BULG‘OR QALAMPIR NAMUNALARINING GULLASH VA MEVA TUGISH MUDDATLARI BO‘YICHA FENOLOGIK XILMA-XILLIGI. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (1). https://doi.org/10.63241/agro-4637
GOST (OAK)Nematullayeva Lobar Sirojiddin qizi, Xidirov Muxammad Tursunkulovich, Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich BULG‘OR QALAMPIR NAMUNALARINING GULLASH VA MEVA TUGISH MUDDATLARI BO‘YICHA FENOLOGIK XILMA-XILLIGI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). – 2026. – № 1. – DOI: 10.63241/agro-4637.
MLANematullayeva Lobar Sirojiddin qizi, Xidirov Muxammad Tursunkulovich, and Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich. “BULG‘OR QALAMPIR NAMUNALARINING GULLASH VA MEVA TUGISH MUDDATLARI BO‘YICHA FENOLOGIK XILMA-XILLIGI.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (1), 2026. https://doi.org/10.63241/agro-4637
ChicagoNematullayeva Lobar Sirojiddin qizi, Xidirov Muxammad Tursunkulovich, and Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich. “BULG‘OR QALAMPIR NAMUNALARINING GULLASH VA MEVA TUGISH MUDDATLARI BO‘YICHA FENOLOGIK XILMA-XILLIGI.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (1) (2026). https://doi.org/10.63241/agro-4637
HarvardNematullayeva Lobar Sirojiddin qizi, Xidirov Muxammad Tursunkulovich, and Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich (2026) ‘BULG‘OR QALAMPIR NAMUNALARINING GULLASH VA MEVA TUGISH MUDDATLARI BO‘YICHA FENOLOGIK XILMA-XILLIGI’, Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (1). https://doi.org/10.63241/agro-4637
BibTeX
@article{nematullayevalobarsirojiddinqizi2026,
  title = {BULG‘OR QALAMPIR NAMUNALARINING GULLASH VA MEVA TUGISH MUDDATLARI BO‘YICHA FENOLOGIK XILMA-XILLIGI},
  author = {Nematullayeva Lobar Sirojiddin qizi and Xidirov Muxammad Tursunkulovich and Kushanov Faxriddin Ne’matullayevich},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year = {2026},
  number = {1},
  doi = {10.63241/agro-4637},
  url = {https://doi.org/10.63241/agro-4637}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) jurnalidan boshqa maqolalar

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa maqolalar

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi OAK jurnallari