Mintaqa iqtisodiyotini barqarorlashtirishda infratuzilma salohiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

Yusubov , In’omjon

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada mintaqa iqtisodiyotini barqarorlashtirishda infratuzilma salohiyatining o‘rni Xorazm viloyati misolida tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi viloyat iqtisodiyotining sug‘oriladigan dehqonchilik, qayta ishlash sanoati va turizmga tayanishi hamda ushbu tarmoqlarning suv, energiya va transport infratuzilmasiga bevosita bog‘liqligi bilan izohlanadi. Tadqiqot maqsadi – infratuzilma salohiyatining hududiy iqtisodiy barqarorlikka ta’sirini baholash va uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini asoslashdan iborat. Metodologik asos sifatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot bo‘yicha konvergensiya koeffitsienti, tarmoq diversifikatsiyasini o‘lchovchi Herfindahl–Hirschman indeksi hamda infratuzilma quyi tizimlarining cheklovchi omillar tahlili qo‘llanilgan. Tahlil Xorazm viloyati statistika boshqarmasi, Milliy statistika qo‘mitasi va viloyat hokimligining 2024–2025-yillardagi ma’lumotlariga asoslangan. Infratuzilma olti quyi tizimga – suv xo‘jaligi, transport-logistika, energetika, muhandislik-kommunal, turizm va innovatsion-sanoat infratuzilmasiga ajratilib, har biri bo‘yicha asosiy cheklovchi omil aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, 2025-yilda viloyat YaHM 62 987,5 mlrd so‘mga yetib, 7,9 % ga o‘sgan, kambag‘allik darajasi 6,7 % gacha qisqargan, biroq konvergensiya koeffitsienti 0,63 ni tashkil etib, viloyat aholi jon boshiga YaHM bo‘yicha respublika o‘rtacha darajasidan 37 % orqada qolmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlar bo‘yicha nisbatan diversifikatsiyalashgan (HHI ≈ 0,274), ammo asosiy tarmoqlarning Amudaryo suviga umumiy bog‘liqligi yashirin tizimli xavf manbai ekani aniqlangan. Suv tejovchi texnologiyalar hisobiga 1 mlrd m³ suv tejalgani suv xo‘jaligi infratuzilmasi barqarorlikning eng samarali vositasi ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, eng yuqori mavsumda turistlarni joylashtirish o‘rinlarining yetishmasligi va tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanilmayotgani aniqlangan. Maqolada suv resurslarini tejash, transport-logistika, energetika, turizm va innovatsion-sanoat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar hamda konvergensiya koeffitsientini 2030-yilgacha 0,70 darajaga yetkazish taklifi asoslab berilgan. Natijalardan hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda va infratuzilma investitsiyalarini ustuvorlashtirishda foydalanish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYusubov , In’omjon
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-11-07
Jild3
Son11
Betlar275-283
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-11-12

Kalit so‘zlar

infratuzilma salohiyati, mintaqa iqtisodiyoti, iqtisodiy barqarorlik, Xorazm viloyati, yalpi hududiy mahsulot, konvergensiya koeffitsienti, Herfindahl–Hirschman indeksi, suv tejovchi texnologiyalar, transport-logistika, turizm infratuzilmasi.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAYusubov , In’omjon (2026). MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQARORLASHTIRISHDA INFRATUZILMA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI. Innovations in Science and Technologies, 3(11), 275-283. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1829
GOST (OAK)Yusubov , In’omjon MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQARORLASHTIRISHDA INFRATUZILMA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 11. – B. 275-283.
MLAYusubov , In’omjon. “MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQARORLASHTIRISHDA INFRATUZILMA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(11), 275-283, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1829
ChicagoYusubov , In’omjon. “MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQARORLASHTIRISHDA INFRATUZILMA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(11), 275-283 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1829
HarvardYusubov , In’omjon (2026) ‘MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQARORLASHTIRISHDA INFRATUZILMA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI’, Innovations in Science and Technologies, 3(11), 275-283. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1829
BibTeX
@article{yusubovinomjon2026,
  title = {MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQARORLASHTIRISHDA INFRATUZILMA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI},
  author = {Yusubov , In’omjon},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {11},
  pages = {275-283},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1829}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Yusubov , In’omjon — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari