Navoiy talqinidagi “Olam manzaralari”: lingvokognitiv tahlil

Umarova, Nargizaxon

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada Alisher Navoiy asarlarida “olam” leksemasi va u ishtirokidagi birikmalar orqali ifodalangan olam manzaralari tahlil qilinadi. Tilshunoslikda “olamning lisoniy manzarasi” tushunchasiga berilgan talqinlar umumlashtirilib, Navoiy talqinida olam manzarasi to‘rt unsur, to‘rt tabiat (mijoz) va olti jihat tushunchalari asosida tasavvur qilinishi ko‘rsatiladi. “Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at” ma’lumotlari asosida shoir asarlaridagi 35 ta “olam” komponentli birikmalar va ularning ma’nolari tizimlashtirilib, mavzuiy guruhlarga ajratilgan, ularning grammatik qurilishi tavsiflanadi hamda “olam” so‘zi negizida yasalgan so‘zlar ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijalari Navoiy tafakkurida olam manzarasi moddiy va ma’naviy, foniy va boqiy olamlar qarama-qarshiligiga hamda katta olam (makrokosm) va inson (mikrokosm) mutanosibligiga asoslangan ko‘p qatlamli tizim sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Tadqiqotda tavsifiy, kontekstual-semantik va konseptual tahlil usullari qo‘llanilgan. Birikmalarning mavzuiy tasnifi va grammatik tuzilishi o‘zaro bog‘liqlikda yoritilgan. Olingan natijalar mumtoz matnlardagi “olam” konseptining nominativ maydonini o‘rganishga asos bo‘ladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUmarova, Nargizaxon
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-11-09
Jild20
Betlar5-8
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
DOI10.54613/yt1nk167
Indeksga qo‘shilgan2026-11-11

Kalit so‘zlar

olamning lisoniy manzarasi, olamning konseptual manzarasi, “olam” konsepti, kognitiv kontekst, mumtoz matn, o‘zbek tilshunosligi.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAUmarova, Nargizaxon (2026). NAVOIY TALQINIDAGI “OLAM MANZARALARI”: LINGVOKOGNITIV TAHLIL. Қўқон университети хабарномаси, 20, 5-8. https://doi.org/10.54613/yt1nk167
GOST (OAK)Umarova, Nargizaxon NAVOIY TALQINIDAGI “OLAM MANZARALARI”: LINGVOKOGNITIV TAHLIL // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 20. – B. 5-8. – DOI: 10.54613/yt1nk167.
MLAUmarova, Nargizaxon. “NAVOIY TALQINIDAGI “OLAM MANZARALARI”: LINGVOKOGNITIV TAHLIL.” Қўқон университети хабарномаси, 20, 5-8, 2026. https://doi.org/10.54613/yt1nk167
ChicagoUmarova, Nargizaxon. “NAVOIY TALQINIDAGI “OLAM MANZARALARI”: LINGVOKOGNITIV TAHLIL.” Қўқон университети хабарномаси, 20, 5-8 (2026). https://doi.org/10.54613/yt1nk167
HarvardUmarova, Nargizaxon (2026) ‘NAVOIY TALQINIDAGI “OLAM MANZARALARI”: LINGVOKOGNITIV TAHLIL’, Қўқон университети хабарномаси, 20, 5-8. https://doi.org/10.54613/yt1nk167
BibTeX
@article{umarovanargizaxon2026,
  title = {NAVOIY TALQINIDAGI “OLAM MANZARALARI”: LINGVOKOGNITIV TAHLIL},
  author = {Umarova, Nargizaxon},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {20},
  pages = {5-8},
  doi = {10.54613/yt1nk167},
  url = {https://doi.org/10.54613/yt1nk167}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Umarova, Nargizaxon — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari