Xotira va o‘zini oqlash: ingliz va o‘zbek romanida retrospektiv ishonchsiz hikoyachi

Narmetova , Zebo

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek romanlarida retrospektiv hikoyalashning badiiy-narratologik xususiyatlari, xususan, o‘tmish voqealarini xotirlash jarayonida o‘zini oqlashga moyil, xotira mazmunini ongli yoki beixtiyor ravishda qayta talqin qiluvchi ishonchsiz hikoyachi obrazi qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotda hikoyachining kechmish voqealariga munosabati, xotira va subyektiv idrok o‘rtasidagi murakkab aloqadorlik, shaxsiy manfaat va ruhiy kechinmalarning voqelikni bayon etishga ta’siri asosiy tahlil yo‘nalishlari sifatida belgilanadi. Retrospektiv hikoyalashda o‘tmishning aynan qanday bo‘lganini qayta tiklashdan ko‘ra, hikoyachining uni qanday eslashi, anglashga urinishi va o‘z nuqtayi nazaridan izohlashi muhim badiiy vositaga aylanishi ochib beriladi. Tahlil jarayonida ishonchsiz hikoyachilikning monologik va polifonik modellari ajratilib, ularning voqelikni ifodalash hamda badiiy haqiqatni shakllantirishdagi imkoniyatlari qiyoslanadi. Monologik modelda hikoyachining o‘z bayonidagi ichki ziddiyatlar, muhim tafsilotlarni chetlab o‘tishi, voqealarni tanlab eslashi va shaxsiy xatti-harakatlariga oqlov topishga intilishi orqali uning ishonchsizligi namoyon bo‘ladi. Polifonik modelda esa turli hikoyachilarning qarama-qarshi yoki bir-birini to‘ldiruvchi bayonlari voqelikning ko‘p qirrali manzarasini yuzaga keltiradi hamda alohida hikoyachining cheklangan nuqtayi nazarini aniqlashtirish imkonini beradi. Qiyosiy kuzatishlar asosida ingliz romanlarida monologik, o‘zbek romanida esa polifonik hikoyalash tamoyillarining ustuvorligi tahlil qilinadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNarmetova , Zebo
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-10-05
Jild19
Betlar212-216
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
DOI10.54613/8at3tf89
Indeksga qo‘shilgan2026-11-08

Kalit so‘zlar

retrospektiv hikoya, xotira, o‘zini aldash, multiperspektivlik, polifoniya, Ishiguro, Hoshimov.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APANarmetova , Zebo (2026). XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI. Қўқон университети хабарномаси, 19, 212-216. https://doi.org/10.54613/8at3tf89
GOST (OAK)Narmetova , Zebo XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 19. – B. 212-216. – DOI: 10.54613/8at3tf89.
MLANarmetova , Zebo. “XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 212-216, 2026. https://doi.org/10.54613/8at3tf89
ChicagoNarmetova , Zebo. “XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 212-216 (2026). https://doi.org/10.54613/8at3tf89
HarvardNarmetova , Zebo (2026) ‘XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI’, Қўқон университети хабарномаси, 19, 212-216. https://doi.org/10.54613/8at3tf89
BibTeX
@article{narmetovazebo2026,
  title = {XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI},
  author = {Narmetova , Zebo},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {19},
  pages = {212-216},
  doi = {10.54613/8at3tf89},
  url = {https://doi.org/10.54613/8at3tf89}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Narmetova , Zebo — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari