Surxondaryo Viloyati sharoitida usti yopiq inshootda quritilgan istiqbolli anjir navlarining mexanik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari

Ganiyev Shaxzod Abdulla o‘g‘li

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi sharoitida (2022–2024 yy.) usti yopiq inshoot ostida quritilgan anjirning 6 ta istiqbolli navi (Uzbekskiy jeltiy — nazorat, Qrim 9, Qrim 29, Qrim 43, Karshinskiy chyorniy, Dalmatskiy) mevalarining mexanik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari kompleks qiyosiy tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari degidratatsiya jarayonida mevalarning chiziqli o‘lchamlari, massasi va ozuqaviy komponentlarining jamlanishi nav xususiyatlariga ko‘ra keskin farqlanishini ko‘rsatdi. Xususan, Dalmatskiy navi meva uzunligi (27,5±2,0 mm) va bir dona meva vazni (10,4±1,1 g) bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, nazoratga nisbatan mos ravishda 174,1 va 115,6 foizlik samaradorlik namoyon qildi. Ushbu navda quruq modda miqdori ham maksimal qiymatga (84,82±8,71%) yetdi. Qrim 43 navi rekord darajadagi umumiy qand (77,02±14,60%) to‘plash qobiliyati bilan, Qrim 29 navi esa past umumiy kislotalik (0,64±0,42%) hisobiga eng yuqori qand-kislota indeksi (115,25±103,60) bilan ajralib turdi. Olingan natijalar asosida Dalmatskiy va Uzbekskiy jeltiy navlarini yirik o‘lchamli oliy navli butun qoqi ishlab chiqarish uchun, qand miqdori yuqori bo‘lgan Qrim guruhi navlarini esa qandolatchilik va funksional oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo sifatida tavsiya etish maqsadga muvofiq deb topildi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarGaniyev Shaxzod Abdulla o‘g‘li
JurnalAgro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
Nashriyot«Ўзагрокимёҳимоя» АЖ
ISSN2181-8150
Nashr sanasi2026-10-28
Son9
TilO‘zbek
Ilmiy sohaQishloq xo‘jaligi
DOI10.63241/agro-3246
Indeksga qo‘shilgan2026-10-29

Kalit so‘zlar

anjir, usti yopiq inshoot, gelioquritish, degidratatsiya, mexanik ko‘rsatkichlar, meva vazni, quruq modda, umumiy qand, titrlanadigan kislotalik, qand-kislota indeksi., figs, enclosed solar dryer, protected dehydration, mechanical parameters, fruit weight, dry matter, total sugars, titratable acidity, sugar-acid ratio., инжир, закрытое сооружение, гелиосушка, дегидратация, механические показатели, масса плода, сухие вещества, общие сахара, титруемая кислотность, сахаро-кислотный индекс.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAGaniyev Shaxzod Abdulla o‘g‘li (2026). SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA USTI YOPIQ INSHOOTDA QURITILGAN ISTIQBOLLI ANJIR NAVLARINING MEXANIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (9). https://doi.org/10.63241/agro-3246
GOST (OAK)Ganiyev Shaxzod Abdulla o‘g‘li SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA USTI YOPIQ INSHOOTDA QURITILGAN ISTIQBOLLI ANJIR NAVLARINING MEXANIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). – 2026. – № 9. – DOI: 10.63241/agro-3246.
MLAGaniyev Shaxzod Abdulla o‘g‘li. “SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA USTI YOPIQ INSHOOTDA QURITILGAN ISTIQBOLLI ANJIR NAVLARINING MEXANIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (9), 2026. https://doi.org/10.63241/agro-3246
ChicagoGaniyev Shaxzod Abdulla o‘g‘li. “SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA USTI YOPIQ INSHOOTDA QURITILGAN ISTIQBOLLI ANJIR NAVLARINING MEXANIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (9) (2026). https://doi.org/10.63241/agro-3246
HarvardGaniyev Shaxzod Abdulla o‘g‘li (2026) ‘SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA USTI YOPIQ INSHOOTDA QURITILGAN ISTIQBOLLI ANJIR NAVLARINING MEXANIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI’, Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (9). https://doi.org/10.63241/agro-3246
BibTeX
@article{ganiyevshaxzodabdullaogli2026,
  title = {SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA USTI YOPIQ INSHOOTDA QURITILGAN ISTIQBOLLI ANJIR NAVLARINING MEXANIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI},
  author = {Ganiyev Shaxzod Abdulla o‘g‘li},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year = {2026},
  number = {9},
  doi = {10.63241/agro-3246},
  url = {https://doi.org/10.63241/agro-3246}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) jurnalidan boshqa maqolalar

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa maqolalar

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi OAK jurnallari