O‘zbek-turk-qozoq tillari uchun multimodal parallel nutq korpusini shakllantirish metodologiyasi

Babayazov , Saidbek

Рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqola o‘zbek, turk va qozoq tillarida kam kechikishli oqimli speech-to-speech translation modellarini o‘qitish va baholash uchun multimodal parallel nutq korpusini shakllantirish metodologiyasini taklif etadi. Sinxron tarjima uchun oddiy matn-matn parallel korpusi yetarli emas, chunki model nafaqat semantik moslikni, balki audio oqimning vaqt tuzilishini, qisman transkripsiya holatini, tarjima segmentining qachon chiqarilishi mumkinligini va nutqning prosodik chegaralarini ham o‘rganishi kerak. Shu sababli korpusning bazaviy yozuvi audio, manba til transkripsiyasi, maqsad til tarjimasi, vaqt belgilari, segmentlar, spiker va akustik metadata hamda lingvistik annotatsiyalardan tashkil topishi taklif qilinadi. O‘zbek-turk va o‘zbek-qozoq juftliklari asosiy yo‘nalish sifatida olinib, keyinchalik turk-qozoq va boshqa turkiy tillarga kengaytirish imkoniyati ko‘zda tutiladi. Korpus ochiq va litsenziyasi ruxsat etilgan nutq manbalari hamda maxsus yozib olingan materiallarni birlashtirish asosida yaratiladi. Audio va matnni majburiy tekislash, morfema va so‘z darajasidagi segmentatsiya, parallel gaplarni sifat nazoratidan o‘tkazish, “false friends” va nomlangan obyektlarni belgilash, kod-almashuv va dialektal variantlarni alohida qayd etish korpusning muhim xususiyatlari sifatida qaraladi. Taklif etilayotgan struktura streaming ASR, simultaneous MT, cross-lingual transfer va streaming TTS tajribalari uchun yagona ma’lumot infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, korpusning takrorlanuvchanligi uchun versiyalash, manba provenance, litsenziya holati, sifat ko‘rsatkichlari va train–development–test bo‘linish qoidalarini standartlashtirish nazarda tutiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBabayazov , Saidbek
JurnalРақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
Nashr sanasi2026-10-03
Jild6
Son3
Betlar235-240
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

multimodal korpus, parallel nutq korpusi, o‘zbek tili, turk tili, qozoq tili, forced alignment, vaqt belgilari, simultaneous translation, speech-to-speech, low-resource, cross-lingual transfer.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APABabayazov , Saidbek (2026). O‘ZBEK-TURK-QOZOQ TILLARI UCHUN MULTIMODAL PARALLEL NUTQ KORPUSINI SHAKLLANTIRISH METODOLOGIYASI. Рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари, 6(3), 235-240. https://dgeconomy.tsue.uz/index.php/dgeco/article/view/657
GOST (OAK)Babayazov , Saidbek O‘ZBEK-TURK-QOZOQ TILLARI UCHUN MULTIMODAL PARALLEL NUTQ KORPUSINI SHAKLLANTIRISH METODOLOGIYASI // Рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари. – 2026. – T. 6, № 3. – B. 235-240.
MLABabayazov , Saidbek. “O‘ZBEK-TURK-QOZOQ TILLARI UCHUN MULTIMODAL PARALLEL NUTQ KORPUSINI SHAKLLANTIRISH METODOLOGIYASI.” Рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари, 6(3), 235-240, 2026. https://dgeconomy.tsue.uz/index.php/dgeco/article/view/657
ChicagoBabayazov , Saidbek. “O‘ZBEK-TURK-QOZOQ TILLARI UCHUN MULTIMODAL PARALLEL NUTQ KORPUSINI SHAKLLANTIRISH METODOLOGIYASI.” Рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари, 6(3), 235-240 (2026). https://dgeconomy.tsue.uz/index.php/dgeco/article/view/657
HarvardBabayazov , Saidbek (2026) ‘O‘ZBEK-TURK-QOZOQ TILLARI UCHUN MULTIMODAL PARALLEL NUTQ KORPUSINI SHAKLLANTIRISH METODOLOGIYASI’, Рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари, 6(3), 235-240. https://dgeconomy.tsue.uz/index.php/dgeco/article/view/657
BibTeX
@article{babayazovsaidbek2026,
  title = {O‘ZBEK-TURK-QOZOQ TILLARI UCHUN MULTIMODAL PARALLEL NUTQ KORPUSINI SHAKLLANTIRISH METODOLOGIYASI},
  author = {Babayazov , Saidbek},
  journal = {Рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари},
  year = {2026},
  volume = {6},
  number = {3},
  pages = {235-240},
  url = {https://dgeconomy.tsue.uz/index.php/dgeco/article/view/657}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари jurnalidan boshqa maqolalar

Рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Babayazov , Saidbek — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari