Murakkab qatlamlarni burg‘ilash jarayonida sallnik hosil bo‘lish jarayonini tadqiq etish

Haydarov, Islom Qosimovich, Seropov, Og‘abek G‘ayrato'g'li, Хайдаров, Ислам Касимович, Серопов, Огабек Гайратугли, Haydarov, Islom Kasimovich, Seropov, Ogabek Gayratugli

Саноатда рақамли технологиялар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada murakkab geologik sharoitlarda quduqlarni burg‘ilash jarayonida sallnik hosil bo‘lishining gidrodinamik va mexanik mexanizmlari tadqiq etilgan. Quduq tubini samarali yuvish, burg‘ilash jarayonida hosil bo‘ladigan tog‘ jinsi shlamlarini halqa oralig‘i orqali yer yuzasiga olib chiqish hamda ularning burg‘ilash tizmasi yuzasida to‘planishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Burg‘ilash qorishmasining oqim tezligi, bosimi va yo‘nalishi, yuvish kanallarining joylashuvi va geometriyasi, dolota konstruksiyasi, burg‘ilash quvurining aylanishi hamda shlam zarrachalarining nisbiy harakati sallnik hosil bo‘lish jarayonini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, burg‘ilash qorishmasining yuqoriga ko‘tarilish tezligi yetarli bo‘lmagan sharoitlarda shlam zarrachalarining halqa oralig‘ida ushlanib qolishi va burg‘ilash quvurining tashqi yuzasiga tomon konsentratsiyalanishi uchun qulay gidrodinamik sharoit yuzaga keladi. Bunday sharoitlarning davom etishi natijasida shlamning lokal to‘planishi kuchayib, sallnik hosil bo‘lish ehtimoli ortadi. Sallnik hosil bo‘lish mexanizmini chuqur o‘rganish burg‘ilash jarayonida mazkur asoratning oldini olishga qaratilgan texnik va texnologik yechimlarni ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos yaratadi. Tadqiqotda dinamik tizimlarda quvvat sarfi qonuniyatidan foydalanish shlam zarrachalarining harakat trayektoriyasi hamda ularning burg‘ilash quvuri yuzasiga yaqinlashish mexanizmini tushuntirishga imkon beruvchi nazariy yondashuv sifatida qaraldi. Natijalar quduq tubini samarali tozalash va sallnik hosil bo‘lishining oldini olish uchun yuvish kanallarining joylashuvi, nasadka geometriyasi, oqimning chiqish burchagi, gidravlik bosim va burg‘ilash qorishmasi sarfi kabi parametrlarni o‘zaro bog‘liq holda maqbullashtirish zarurligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, gidromonitor oqimining quduq tubi yuzasiga yo‘naltirilishi shlamni tub zonasidan ajratish va uning halqa oralig‘i orqali yuqoriga olib chiqilish samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biri sifatida baholandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarHaydarov, Islom Qosimovich, Seropov, Og‘abek G‘ayrato'g'li, Хайдаров, Ислам Касимович, Серопов, Огабек Гайратугли, Haydarov, Islom Kasimovich, Seropov, Ogabek Gayratugli
JurnalСаноатда рақамли технологиялар
NashriyotҚарши муҳандислик-иқтисодиёт институти
ISSN3030-3214
Nashr sanasi2026-10-04
Jild4
Son3-1
Betlar95-103
TilO‘zbek
Ilmiy sohaGeologiya-mineralogiya
DOI10.70769/3030-3214.srt.4.3-1.2026.7
Indeksga qo‘shilgan2026-10-20

Kalit so‘zlar

well drilling, complex formations, well bottom, hydrodynamics, drilling fluid, rock cuttings, annular space, pack-off, cuttings transport, drill bit, flushing channels, hydraulic-jet flow, spiral trajectory, relative angular velocity, drill pipe, бурение скважин, сложные пласты, забой скважины, гидродинамика, буровой раствор, шлам горных пород, кольцевое пространство, сальник, транспортировка шлама, долото, промывочные каналы, гидромониторный поток, спиральная траектория, относительная угловая скорость, бурильная труба, quduq burg‘ilash, murakkab qatlamlar, quduq tubi, gidrodinamika, burg‘ilash qorishmasi, tog‘ jinsi shlami, halqa oralig‘i, sallnik, shlamning ko‘chishi, dolota, yuvish kanallari, gidromonitor oqimi, spiral trayektoriya, nisbiy burchak tezligi, burg‘ilash quvuri

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAHaydarov, Islom Qosimovich, Seropov, Og‘abek G‘ayrato'g'li, Хайдаров, Ислам Касимович, Серопов, Огабек Гайратугли, Haydarov, Islom Kasimovich, & Seropov, Ogabek Gayratugli (2026). MURAKKAB QATLAMLARNI BURG‘ILASH JARAYONIDA SALLNIK HOSIL BO‘LISH JARAYONINI TADQIQ ETISH. Саноатда рақамли технологиялар, 4(3-1), 95-103. https://doi.org/10.70769/3030-3214.srt.4.3-1.2026.7
GOST (OAK)Haydarov, Islom Qosimovich va b. MURAKKAB QATLAMLARNI BURG‘ILASH JARAYONIDA SALLNIK HOSIL BO‘LISH JARAYONINI TADQIQ ETISH // Саноатда рақамли технологиялар. – 2026. – T. 4, № 3-1. – B. 95-103. – DOI: 10.70769/3030-3214.srt.4.3-1.2026.7.
MLAHaydarov, Islom Qosimovich, Seropov, Og‘abek G‘ayrato'g'li, Хайдаров, Ислам Касимович, Серопов, Огабек Гайратугли, Haydarov, Islom Kasimovich, and Seropov, Ogabek Gayratugli. “MURAKKAB QATLAMLARNI BURG‘ILASH JARAYONIDA SALLNIK HOSIL BO‘LISH JARAYONINI TADQIQ ETISH.” Саноатда рақамли технологиялар, 4(3-1), 95-103, 2026. https://doi.org/10.70769/3030-3214.srt.4.3-1.2026.7
ChicagoHaydarov, Islom Qosimovich, Seropov, Og‘abek G‘ayrato'g'li, Хайдаров, Ислам Касимович, Серопов, Огабек Гайратугли, Haydarov, Islom Kasimovich, and Seropov, Ogabek Gayratugli. “MURAKKAB QATLAMLARNI BURG‘ILASH JARAYONIDA SALLNIK HOSIL BO‘LISH JARAYONINI TADQIQ ETISH.” Саноатда рақамли технологиялар, 4(3-1), 95-103 (2026). https://doi.org/10.70769/3030-3214.srt.4.3-1.2026.7
HarvardHaydarov, Islom Qosimovich, Seropov, Og‘abek G‘ayrato'g'li, Хайдаров, Ислам Касимович, Серопов, Огабек Гайратугли, Haydarov, Islom Kasimovich, and Seropov, Ogabek Gayratugli (2026) ‘MURAKKAB QATLAMLARNI BURG‘ILASH JARAYONIDA SALLNIK HOSIL BO‘LISH JARAYONINI TADQIQ ETISH’, Саноатда рақамли технологиялар, 4(3-1), 95-103. https://doi.org/10.70769/3030-3214.srt.4.3-1.2026.7
BibTeX
@article{haydarovislomqosimovich2026,
  title = {MURAKKAB QATLAMLARNI BURG‘ILASH JARAYONIDA SALLNIK HOSIL BO‘LISH JARAYONINI TADQIQ ETISH},
  author = {Haydarov, Islom Qosimovich and Seropov, Og‘abek G‘ayrato'g'li and Хайдаров, Ислам Касимович and Серопов, Огабек Гайратугли and Haydarov, Islom Kasimovich and Seropov, Ogabek Gayratugli},
  journal = {Саноатда рақамли технологиялар},
  year = {2026},
  volume = {4},
  number = {3-1},
  pages = {95-103},
  doi = {10.70769/3030-3214.srt.4.3-1.2026.7},
  url = {https://doi.org/10.70769/3030-3214.srt.4.3-1.2026.7}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Саноатда рақамли технологиялар jurnalidan boshqa maqolalar

Саноатда рақамли технологиялар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Geologiya-mineralogiya sohasidagi boshqa maqolalar

Geologiya-mineralogiya sohasidagi OAK jurnallari