Geografiya taʼlimida muammoga asoslangan oʻqitish texnologiyasining samaradorligini pedagogik eksperiment va bibliometrik tahlil asosida baholash (9-sinf misolida)

Juraxujayev, Davronxo'ja

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotning maqsadi 9-sinf geografiya ta’limida muammoga asoslangan oʻqitish texnologiyasidan foydalanishning o‘quvchilar ta’lim natijalari, mustaqil fikrlashi va muammolarni hal etish ko‘nikmalariga ta’sirini aniqlash hamda pedagogik samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqot Jizzax, Samarqand va Toshkent hududlaridagi oltita umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida kvazi-eksperimental dizayn asosida tashkil etildi. Tajriba-sinov ishlari diagnostik, shakllantiruvchi va yakuniy bosqichlarda amalga oshirilib, jami 369 nafar respondent qamrab olindi. Tajriba guruhlarida МАОʻ asosida muammoli vaziyatlar, keys-stadi, loyiha va interaktiv topshiriqlardan, nazorat guruhlarida esa an’anaviy ta’lim usullaridan foydalanildi. Natijalar tajriba guruhida yuqori darajadagi o‘quvchilar ulushi 16 foizdan 26 foizga oshgani, past darajadagi o‘quvchilar ulushi 56 foizdan 35 foizgacha kamayganini ko‘rsatdi. Pirson xi-kvadrat testi asosidagi tahlil tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida yakuniy bosqichda statistik ahamiyatli farq mavjudligini (χ²=11,29; p=0,004) ko‘rsatdi. Shuningdek, Lens.org ma’lumotlari asosida VOSviewer yordamida bibliometrik co-occurrence tahlili o‘tkazildi. Natijalar МАОʻning geografiya ta’limida samarali texnologik yondashuv ekanligini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarJuraxujayev, Davronxo'ja
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-09-24
Jild7
Son5
Betlar52-59
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
Indeksga qo‘shilgan2026-10-21

Kalit so‘zlar

muammoga asoslangan oʻqitish, geografiya ta’limi, 9-sinf, pedagogik eksperiment, kvazi-eksperimental dizayn, mustaqil fikrlash, amaliy ko‘nikmalar, ta’lim natijalari, bibliometrik tahlil, VOSviewer, Lens.org., Problem-Based Learning, geography education, 9th grade, pedagogical experiment, quasi-experimental design, independent thinking, practical skills, learning outcomes, bibliometric analysis, VOSviewer, Lens.org.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAJuraxujayev, Davronxo'ja (2026). Geografiya taʼlimida muammoga asoslangan oʻqitish texnologiyasining samaradorligini pedagogik eksperiment va bibliometrik tahlil asosida baholash (9-sinf misolida). FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 52-59. https://journal.fdu.uz/main/article/7687
GOST (OAK)Juraxujayev, Davronxo'ja Geografiya taʼlimida muammoga asoslangan oʻqitish texnologiyasining samaradorligini pedagogik eksperiment va bibliometrik tahlil asosida baholash (9-sinf misolida) // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 5. – B. 52-59.
MLAJuraxujayev, Davronxo'ja. “Geografiya taʼlimida muammoga asoslangan oʻqitish texnologiyasining samaradorligini pedagogik eksperiment va bibliometrik tahlil asosida baholash (9-sinf misolida).” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 52-59, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7687
ChicagoJuraxujayev, Davronxo'ja. “Geografiya taʼlimida muammoga asoslangan oʻqitish texnologiyasining samaradorligini pedagogik eksperiment va bibliometrik tahlil asosida baholash (9-sinf misolida).” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 52-59 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7687
HarvardJuraxujayev, Davronxo'ja (2026) ‘Geografiya taʼlimida muammoga asoslangan oʻqitish texnologiyasining samaradorligini pedagogik eksperiment va bibliometrik tahlil asosida baholash (9-sinf misolida)’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 52-59. https://journal.fdu.uz/main/article/7687
BibTeX
@article{juraxujayevdavronxoja2026,
  title = {Geografiya taʼlimida muammoga asoslangan oʻqitish texnologiyasining samaradorligini pedagogik eksperiment va bibliometrik tahlil asosida baholash (9-sinf misolida)},
  author = {Juraxujayev, Davronxo'ja},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {5},
  pages = {52-59},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7687}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari