Zilziladan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan evakuatsiya xavfini modellashtirish

Bekmirzayev, Diyorbek, Sodiqov, Abdulaziz, Bekmirzaev, Diyorbek, Sodikov, Abdulaziz /

Транспорт хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada zilziladan keyingi yong‘in sharoitida evakuatsiya yo‘lining bir elementi ishdan chiqqan holat uchun besh qavatli talabalar turar joyi binosini evakuatsiya qilish jarayoni stoxastik modellashtirish usuli bilan tadqiq etilgan. Hisob sxemasi to‘rt bo‘g‘inni — chiqish elementining seysmik zaifligini, harakatgacha bo‘lgan vaqtning ehtimoliy taqsimotini, evakuatsiya yo‘llarining tarmoq oqimi modelini va eshiklar oldidagi navbat dinamikasini — yagona Monte-Karlo ansamblida bog‘laydi. Ikki hisob holati: barcha chiqishlar ishchi holatda (1-holat) va ikkinchi qavatdagi ikkinchi zinapoya eshigi ishdan chiqqan holat (2-holat) har biri 2000 realizatsiyadan iborat ansamblda taqqoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bitta eshikning ishdan chiqishi to‘liq evakuatsiya vaqtining medianasini 254 s dan 283 s gacha (11 %), 95 % kvantilini 280 s dan 296 s gacha (6 %) oshiradi, saqlanib qolgan zinapoya oldidagi navbatning eng katta uzunligini esa 98 kishidan 133 kishigacha (36 %) ko‘paytiradi. Demak, integral vaqt ko‘rsatkichi nisbatan kam o‘zgaradi, xavf esa lokal to‘planish ko‘rsatkichi bo‘yicha keskin ortadi. Shu asosda evakuatsiya hisobining mezonlar tizimiga navbat uzunligi va lokal zichlik mezonlarini kiritish, chiqish eshiklarini seysmik himoyalash, qavatlar kesimida oqimni qayta taqsimlash tartibini belgilash va tungi sharoit uchun mashqlar o‘tkazish tavsiya etilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBekmirzayev, Diyorbek, Sodiqov, Abdulaziz, Bekmirzaev, Diyorbek, Sodikov, Abdulaziz /
JurnalТранспорт хабарномаси
NashriyotТошкент давлат транспорт университети
ISSN2181-2438, 3060-5164
Nashr sanasi2026-09-24
Jild3
Son3
Betlar182-187
TilO‘zbek
DOI10.56143/2181-2438-2026-3-182-187
Indeksga qo‘shilgan2026-09-25

Kalit so‘zlar

post-earthquake fire, evacuation, student dormitory, exit element failure, queue dynamics, stochastic modelling, Monte Carlo simulation, seismic safety, zilziladan keyingi yong‘in, evakuatsiya, talabalar turar joyi, chiqish elementining ishdan chiqishi, navbat dinamikasi, stoxastik modellashtirish, Monte-Karlo usuli, seysmik xavfsizlik

Iqtibos keltirish

APABekmirzayev, Diyorbek, Sodiqov, Abdulaziz, Bekmirzaev, Diyorbek, & Sodikov, Abdulaziz / (2026). Zilziladan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan evakuatsiya xavfini modellashtirish. Транспорт хабарномаси, 3(3), 182-187. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-182-187
GOST (OAK)Bekmirzayev, Diyorbek va b. Zilziladan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan evakuatsiya xavfini modellashtirish // Транспорт хабарномаси. – 2026. – T. 3, № 3. – B. 182-187. – DOI: 10.56143/2181-2438-2026-3-182-187.
MLABekmirzayev, Diyorbek, Sodiqov, Abdulaziz, Bekmirzaev, Diyorbek, and Sodikov, Abdulaziz /. “Zilziladan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan evakuatsiya xavfini modellashtirish.” Транспорт хабарномаси, 3(3), 182-187, 2026. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-182-187
ChicagoBekmirzayev, Diyorbek, Sodiqov, Abdulaziz, Bekmirzaev, Diyorbek, and Sodikov, Abdulaziz /. “Zilziladan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan evakuatsiya xavfini modellashtirish.” Транспорт хабарномаси, 3(3), 182-187 (2026). https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-182-187
HarvardBekmirzayev, Diyorbek, Sodiqov, Abdulaziz, Bekmirzaev, Diyorbek, and Sodikov, Abdulaziz / (2026) ‘Zilziladan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan evakuatsiya xavfini modellashtirish’, Транспорт хабарномаси, 3(3), 182-187. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-182-187
BibTeX
@article{bekmirzayevdiyorbek2026,
  title = {Zilziladan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan evakuatsiya xavfini modellashtirish},
  author = {Bekmirzayev, Diyorbek and Sodiqov, Abdulaziz and Bekmirzaev, Diyorbek and Sodikov, Abdulaziz /},
  journal = {Транспорт хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {3},
  pages = {182-187},
  doi = {10.56143/2181-2438-2026-3-182-187},
  url = {https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-182-187}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Транспорт хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Транспорт хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Bekmirzayev, Diyorbek — boshqa maqolalari