Eksperimental ureterogidronefrozda siydik nayi devorining dinamik morfologik qayta qurilishi

Rasulov, Hamidulla, Ashurov, Sirojiddin

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Eksperimental ureterogidronefroz sharoitida siydik nayi (ureter) devorining barcha qavatlarida kechadigan struktur-morfologik o‘zgarishlarning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash. Tadqiqotda 48 ta jinsiy yetuk oq laboratoriya kalamushlari (Rattus norvegicus), jumladan 24 ta erkak va 24 ta urg‘ochi kalamushlardan foydalanildi (yoshi 3 oylik, vazni 180–220 g). Hayvonlar 2 guruhga bo‘lindi: I guruh – nazorat (n=24) va II guruh – eksperimental ureterogidronefroz (n=24). Eksperimental model M.V. Novikova usuli bo‘yicha ureterning yuqori uchdan bir qismini steril ipak ligatura bilan bog‘lash orqali yaratildi. Hayvonlar 3 oy davomida kuzatilib, tajriba yakunida dekapitatsiya qilindi. Siydik nayining qorin (pars abdominalis), chanoq (pars pelvina) hamda intramural (pars intramuralis) qismlaridan biopsy materiallar olindi. Gistologik (gematoksilin-eozin, Van Gizon), gistokimyoviy (PAS, Alcian blue) va immunogistokimyoviy (Ki-67, sitokeratinlar, kollagen) usullar yordamida Leica DM-1000 mikroskopida tahlil qilindi.Kuzatuv dinamikasida patologik jarayonning bosqichma-bosqich kechishi aniqlandi. Dastlabki 3-4 oylik muddatlarda shilliq qavat va mushak qavatida kompensator-adaptiv reaksiyalar (uroteliy proliferatsiyasi, kapillyarlar kengayishi, silliq mushak tolalari gipertrofiyasi) ustunlik qildi. 5-6 oylik kechki muddatlarda esa kompensatsiya resurslari tugab, dekompensator va fibrotik jarayonlar chuqurlashdi: uroteliyda vakuolyar distrofiya va deskvamatsiya, silliq mushak tolalari dezorganizatsiyasi va atrofiya, adventitsial qavatda esa perivaskulyar va perinevral diffuz fibroz rivojlandi. Zararlanish jadalligi bo‘yicha intramural qism eng yuqori, qorin qismi esa eng kam darajada o‘zgargani aniqlandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRasulov, Hamidulla, Ashurov, Sirojiddin
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
NashriyotТТА Урганч филиали
ISSN3093-8740, 2012-2021
Nashr sanasi2026-09-15
Jild2
Son5
Betlar95-101
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-17

Kalit so‘zlar

ureterogidronefroz, siydik nayi, uroteliy, mushak qavati, adventitsiya

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APARasulov, Hamidulla, & Ashurov, Sirojiddin (2026). EKSPERIMENTAL URETEROGIDRONEFROZDA SIYDIK NAYI DEVORINING DINAMIK MORFOLOGIK QAYTA QURILISHI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(5), 95-101. http://journal.urdti.uz/index/article/view/1028
GOST (OAK)Rasulov, Hamidulla, Ashurov, Sirojiddin EKSPERIMENTAL URETEROGIDRONEFROZDA SIYDIK NAYI DEVORINING DINAMIK MORFOLOGIK QAYTA QURILISHI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. – 2026. – T. 2, № 5. – B. 95-101.
MLARasulov, Hamidulla, and Ashurov, Sirojiddin. “EKSPERIMENTAL URETEROGIDRONEFROZDA SIYDIK NAYI DEVORINING DINAMIK MORFOLOGIK QAYTA QURILISHI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(5), 95-101, 2026. http://journal.urdti.uz/index/article/view/1028
ChicagoRasulov, Hamidulla, and Ashurov, Sirojiddin. “EKSPERIMENTAL URETEROGIDRONEFROZDA SIYDIK NAYI DEVORINING DINAMIK MORFOLOGIK QAYTA QURILISHI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(5), 95-101 (2026). http://journal.urdti.uz/index/article/view/1028
HarvardRasulov, Hamidulla, and Ashurov, Sirojiddin (2026) ‘EKSPERIMENTAL URETEROGIDRONEFROZDA SIYDIK NAYI DEVORINING DINAMIK MORFOLOGIK QAYTA QURILISHI’, Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(5), 95-101. http://journal.urdti.uz/index/article/view/1028
BibTeX
@article{rasulovhamidulla2026,
  title = {EKSPERIMENTAL URETEROGIDRONEFROZDA SIYDIK NAYI DEVORINING DINAMIK MORFOLOGIK QAYTA QURILISHI},
  author = {Rasulov, Hamidulla and Ashurov, Sirojiddin},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year = {2026},
  volume = {2},
  number = {5},
  pages = {95-101},
  url = {http://journal.urdti.uz/index/article/view/1028}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Rasulov, Hamidulla — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari