Nostabil chanoq halqasi sinishlarida zamonaviy diagnostik algoritmning klinik ahamiyati

Yahyoyev A.S., Valiyev E.Y.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Chanoq halqasining nostabil sinishlari og‘ir politravmalar tarkibida uchraydigan va yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bilan kechuvchi shikastlanishlardan biri hisoblanadi. Mazkur turdagi jarohatlarda rivojlanadigan retroperitoneal va kichik chanoq ichki qon ketishlari bemor hayoti uchun eng xavfli asoratlardan biri bo‘lib, qisqa vaqt ichida gemorragik shok va ko‘p a'zoli yetishmovchilikka olib kelishi mumkin. So‘nggi yillarda zamonaviy instrumental diagnostika usullarining takomillashishi shikastlanish xarakterini erta aniqlash, qon ketish manbasini aniqlashtirish hamda optimal davolash taktikasini tanlash imkoniyatlarini kengaytirdi. Maqsad. Chanoq halqasining nostabil sinishlarida zamonaviy diagnostik algoritmning klinik samaradorligini baholash hamda kompleks instrumental va laborator tekshiruvlarning intrapelvik qon ketishlarni erta aniqlashdagi ahamiyatini o‘rganish. Material va usullar. Tadqiqot Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida 2017–2023-yillar davomida davolangan 198 nafar bemor ma'lumotlari asosida retrospektiv-prospektiv usulda bajarildi. Tadqiqotga kichik chanoq ichki qon ketishi bilan kechuvchi nostabil chanoq halqasi sinishlari kuzatilgan bemorlar kiritildi. Tekshiruvlar klinik baholash, FAST ultratovush tekshiruvi, rentgenografiya, multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT), KT-angiografiya, laborator monitoring hamda klinik baholash shkalalari (GCS, ISS, AIS, VPH-P) yordamida amalga oshirildi. Olingan natijalar statistik usullar yordamida tahlil qilindi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYahyoyev A.S., Valiyev E.Y.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
NashriyotEMU University
ISSN2026-2027, 2181-4007
Nashr sanasi2026-09-14
Son36
Betlar324-330
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-14

Kalit so‘zlar

nostabil chanoq sinishi, diagnostik algoritm, FAST, MSKT, KT-angiografiya, retroperitoneal gematoma, gemorragik shok, politravma, klinik diagnostika.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAYahyoyev A.S., & Valiyev E.Y. (2026). NOSTABIL CHANOQ HALQASI SINISHLARIDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIK ALGORITMNING KLINIK AHAMIYATI. Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (36), 324-330. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/6387
GOST (OAK)Yahyoyev A.S., Valiyev E.Y. NOSTABIL CHANOQ HALQASI SINISHLARIDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIK ALGORITMNING KLINIK AHAMIYATI // Гуманитар ва табиий фанлар журнали. – 2026. – № 36. – B. 324-330.
MLAYahyoyev A.S., and Valiyev E.Y. “NOSTABIL CHANOQ HALQASI SINISHLARIDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIK ALGORITMNING KLINIK AHAMIYATI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (36), 324-330, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/6387
ChicagoYahyoyev A.S., and Valiyev E.Y. “NOSTABIL CHANOQ HALQASI SINISHLARIDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIK ALGORITMNING KLINIK AHAMIYATI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (36), 324-330 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/6387
HarvardYahyoyev A.S., and Valiyev E.Y (2026) ‘NOSTABIL CHANOQ HALQASI SINISHLARIDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIK ALGORITMNING KLINIK AHAMIYATI’, Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (36), 324-330. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/6387
BibTeX
@article{yahyoyevas2026,
  title = {NOSTABIL CHANOQ HALQASI SINISHLARIDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIK ALGORITMNING KLINIK AHAMIYATI},
  author = {Yahyoyev A.S. and Valiyev E.Y.},
  journal = {Гуманитар ва табиий фанлар журнали},
  year = {2026},
  number = {36},
  pages = {324-330},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/6387}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Yahyoyev A.S. — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari