Qoraqalpoq shoirlarining yer va dehqonchilikka oid ijod namunalari

Orinbayeva, Gozzal Polatovna

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Insoniyat jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab xo‘jalik yuritish haqida turli ko‘rinishdagi fikrlar shakllanib kelgan. Bunday qarashlarni og‘zaki merosimiz — xalqimizning urf-odat va marosim qo‘shiqlarida, to‘lg‘ovlarida, ertaklarida, xalq qo‘shiqlarida, dostonlarida, maqol va matallarida ko‘plab uchratamiz. Ularda asrdan-asrga o‘tib kelayotgan donishmandona so‘zlar keng o‘rin olgan. Tayanch so‘zlar: mumtoz shoirlar, Ajiniyoz, Kunxo‘ja, folklor tadqiqotchilari, josa, sutlikmek, qunda. Yoshlarni odob-axloqqa, tug‘ilgan yerga muhabbatga, ota-onaga mehr-shafqat ruhida tarbiyalab boramiz. Kelajak avlodga o‘tmishdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarni, og‘zaki ijodimizni o‘rgatish orqali ajdodlarimizning ming yillik qadriyatlarini qadrlash, insoniylik kabi tuyg‘ularni shakllantiramiz. Xalq donoligida: “Daryoni suv bahor to‘ldiradi, odam qadrini mehnat oshiradi”, degan hikmat bor. Jamiyatning rivojlanishi, insoniyatning kelajagi uchun mehnat qilish har bir insonning sharafli burchi hisoblanadi. Og‘zaki tarixning saqlanadigan joyi — xalqning xotirasi, og‘zaki adabiyotidir.117 O‘z tarixini xotirasida saqlab kelgan qoraqalpoq xalqi turli tarixiy sabablar tufayli o‘zining yozlovi va qishlovini tashlab, ko‘chib yurgan. Vatandan, yerdan, suvdan, kundalik hayotdan ayrilgan bo‘lsa-da, ular o‘zlarining ma’naviy ozig‘i — og‘zaki ijod namunalarini yodida saqlab, o‘zi bilan birga olib yurgan. Professor Qalli Ayimbetov mohirona tasvirlaganidek: “Qadimgi davrlarda odamlarning tushunchasiga ko‘ra, so‘z yordamida turli qo‘rqinchli hayvonlar va jinlarni chaqirish orqali tabiat qiyinchiliklari hamda kasalliklarni yengish, davolash uchun turli harakatlar amalga oshirilgan va poetik so‘z birikmalari yaratilgan”.118 Bu qadimiy meros qoldiqlari xalqimizning ilk davrlardagi turmush tarzini anglashimiz uchun zarurdir. Qoraqalpoq xalqining she’riyati nihoyatda boy bo‘lib, unda xalq tarixining 117 Bahadırova S Qaraqalpaq qanday xalıq-Tashkent:”Navruz”,2017,20-bet 118 Mambetov K Qaraqalpaq etnografiyalıq tariyxı-Nukus,1995,164-bet juda ko‘plab jihatlari, tarixiy voqealar o‘z aksini topgan. Tarixchi olimlar ushbu tarixiy qarashlarni o‘rganmasdan turib, xalq tarixining ko‘plab masalalarini chuqur tadqiq etishi qiyin.119 Xalq qo‘shiqlarining muayyan qismini mehnat bilan bog‘liq qo‘shiqlar tashkil etadi. Bu qo‘shiqlarda mehnat qurollari, mehnat turlari, ekin ekish, yer haydash, yerni sug‘orish, o‘rim o‘rish, qo‘sh haydash, chorva boqish, arava haydash va boshqa ishlar haqida so‘z yuritiladi. Mehnatga oid qo‘shiqlarda mehnat turlari bilan bir qatorda insonning his-tuyg‘ulari ham ifodalanadi. Agar bu qo‘shiqlar faqat quruq mehnat haqida bo‘lib, hayotning boshqa tashvishlari ularga aralashtirilmaganida, bunday qo‘shiqlarning qiziqarliligi ham bo‘lmagan bo‘lardi. Bunday qo‘shiqlarga xalq orasida keng tarqalgan quyidagi misralarni keltirish mumkin: Qishlog‘imiz Qiyatjar, Shomanay, Erta turib qo‘sh haydadim tinmay. Xalqimiz Jayhun bo‘yida yashagan bo‘lsa-da, suvsizlik azobidan yuzi sarg‘ayib, dardini Allohdan boshqa hech kimga ayta olmay, ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirgan. Ajiniyoz bobomiz “Suvi bejiz bo‘lib ko‘chib ketsa”, Berdaq bobomiz esa “Suvlar olib ketgan taqirga” deya mardlarning orzusini kuylab o‘tgan. Xalq qo‘shiqlari orasida mehnatga oid qo‘shiqlar ko‘plab yaratilgan. Xalqimiz tarixiy hayoti davomida chorvachilik, baliqchilik, dehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug‘ullangan. Ana shu turli kasblardagi qiyinchiliklar, kasb egalari o‘z mehnatlari bilan har qanday mushkul vaziyatlarni yengib, mehnati orqali ezgu maqsadlariga erishishi mehnat qo‘shiqlarida aniq aks etgan. Orqasi Dawqara, qublasi Chimbay, Ikki orada qo‘sh haydadik tinmay, Shundog‘ ekkaning bir botmon bug‘doy, Omon qaytdingizmi, belingiz sinmay. Ushbu qo‘shiq misralarida xalqning og‘ir mehnati va dehqon qilgan mehnatiga kam haq olishi haqida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari, mehnatga oid xalq qo‘shiqlarida dehqonlarning daladagi ishlarni bajarib, ekin ekishi va mehnatiga yarasha hosil olishi haqida ham so‘z boradi. Biroq shuncha mehnat qilsa-da, mehnatining samarasi yetarli bo‘lmasligi, ularning mehnati qadrlanmasligi qo‘shiq mazmunidan yaqqol ko‘rinib turadi. To‘ng jarmadan arpa, tekislikka ekkirding, Qo‘limga bel berib, ter to‘ktirding, Amet degan bolangizga so‘ktirding, Dehqon ochdan o‘lar bo‘ldi, qozi eshon. Hovuzning bo‘ylari qator daraxt, Bechora dehqonlarga shirin jon kerak, Ertalab berganing yolg‘iz patirdek, Dehqon ochdan o‘lar bo‘ldi, qozi eshon. 119 Tilewmuratov M Qaraqalpaq poeziyası-tariyxıy derek.Nókis,1994,2-bet Bu qo‘shiq misralarida ham og‘ir mehnat haqida so‘z yuritilib, yer egasining shafqatsizligi aniq ko‘rinadi. Dehqon yerga ega bo‘lmagani sababli majburan o‘zganing yerida yollanib mehnat qiladi. Biroq mehnatiga yarasha haq ololmaydi, hatto topgan daromadi kundalik oziq-ovqatiga ham yetmaydi va zulm ko‘radi. Mehnat qo‘shiqlarining asosiy mavzusi halol mehnat, kasb-kor, hunar va dehqonchilikdan iborat bo‘ladi.120 XIX asrda yashagan mumtoz shoir Kunxo‘ja o‘z zamondoshi bo‘lgan qozoq shoiri Sherniyoz bilan aytishuvda o‘zining dehqonchilikka moslashgan o‘troq xalq vakili ekanligini ko‘rsatishni istab, yetti xil oziq-ovqat mahsulotidan tayyorlanadigan palovni (guruch, yog‘, go‘sht, sabzi, piyoz, mayiz, zira) “Bizning elning ovqatining eng ulug‘i” deb ta’riflaydi. Ya’ni u donni go‘shtdan ham ustun qo‘yadi. Shunda Sherniyoz: Xo‘jaka, palov bo‘lsa ulkan oshiң, Ne bilan siylaysan eling, qari-yoshin, Quyrug‘i bilag‘onlagan qo‘y turganda, Maqtab ketding qayerdagi cho‘pning boshin. — deganda, Kunxo‘ja: Sherke, har so‘zda ma’no bo‘ladi, Tirikchilikning tiragi don bo‘ladi, Qoraqalpoqda qo‘y ham ko‘p, yilqi ham ko‘p, Shunday bo‘lsa-da, osh ulug‘i non bo‘ladi. — deb javob qaytargan.121 Qoraqalpoq xalqi donli ekinlardan oziq-ovqat sifatida foydalanish bilan birga, tabiat in’om etgan yovvoyi mevalardan ham kundalik turmushida foydalanib kelgan. Yovvoyi mevalarning mavsumi olti oyga cho‘ziladi. Masalan, sutlikmekni yangi chiqqan paytidan boshlab iste’mol qilish mumkin. Gullagan vaqtida uning o‘zak qismi, tuganaklagan vaqtida esa poyasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Shuningdek, uning yosh barglari va tuganaklaridan ham foydalanish mumkin. Bu haqda Ajiniyoz shoir ham qimmatli fikrlar bildirgan. Jumladan: Yiliga mevalab uch marta pishgan, Oti sutlikmekday mevasim bor, Cho‘pida shifo, qushida ziyo, Dengiz yoqasida bo‘lar qanshiyai, Qirida qizarib pishgan gevirak, Qovundek mazali mevasim bor. Tabiat o‘zining mohir qo‘llari bilan insoniyatga bebaho boyliklarni in’om etgan. Shulardan biri — josa. Josa qizil rangdagi tuproq bo‘lib, u Qirantov va Sulton Uvays tog‘laridan olingan. Yog‘och ustalari yog‘ochga rang berish uchun naqsh o‘yishdan oldin 120 Jarimbetov Q,Nizamatdinov J Qaraqalpaq folklorı ,Tashkent 2018,50-bet 121 K.Mambetov Qaraqalpaqlardıń etnografiyalıq tariyxı,Nókis,1995,134-bet

Maqola ma’lumotlari
MualliflarOrinbayeva, Gozzal Polatovna
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
NashriyotҚўқон давлат педагогика институти
ISSN3030-3958
Nashr sanasi2026-09-09
Jild8
Son8
Betlar849-852
TilO‘zbek
DOI10.70728/b.series.fil.v08.i08.124
Indeksga qo‘shilgan2026-09-14

Kalit so‘zlar

mumtoz shoirlar, Ajiniyoz, Kunxo‘ja, folklor tadqiqotchilari, josa, sutlikmek, qunda.

Iqtibos keltirish

APAOrinbayeva, Gozzal Polatovna (2026). QORAQALPOQ SHOIRLARINING YER VA DEHQONCHILIKKA OID IJOD NAMUNALARI. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(8), 849-852. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i08.124
GOST (OAK)Orinbayeva, Gozzal Polatovna QORAQALPOQ SHOIRLARINING YER VA DEHQONCHILIKKA OID IJOD NAMUNALARI // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 8. – B. 849-852. – DOI: 10.70728/b.series.fil.v08.i08.124.
MLAOrinbayeva, Gozzal Polatovna. “QORAQALPOQ SHOIRLARINING YER VA DEHQONCHILIKKA OID IJOD NAMUNALARI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(8), 849-852, 2026. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i08.124
ChicagoOrinbayeva, Gozzal Polatovna. “QORAQALPOQ SHOIRLARINING YER VA DEHQONCHILIKKA OID IJOD NAMUNALARI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(8), 849-852 (2026). https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i08.124
HarvardOrinbayeva, Gozzal Polatovna (2026) ‘QORAQALPOQ SHOIRLARINING YER VA DEHQONCHILIKKA OID IJOD NAMUNALARI’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(8), 849-852. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i08.124
BibTeX
@article{orinbayevagozzalpolatovna2026,
  title = {QORAQALPOQ SHOIRLARINING YER VA DEHQONCHILIKKA OID IJOD NAMUNALARI},
  author = {Orinbayeva, Gozzal Polatovna},
  journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
  year = {2026},
  volume = {8},
  number = {8},
  pages = {849-852},
  doi = {10.70728/b.series.fil.v08.i08.124},
  url = {https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i08.124}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi