HUDUD IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TRANSPORT TARMOG‘I HOLATINING TA’SIRI

Kuziev , Abdimurot

Инновацион технологиялар · 2023-yil

Annotatsiya

Transport tizimini rivojlantirishning optimal rejasi iqtisodiyotning va aholining tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirishi, shu bilan birga transport vositalari va tarmoqlaridan foydalanish hamda ularni rivojlantirishga oid barcha xarajatlarni minimallashtirishi lozim. Mazkur masalani mezoni ishlab chiqarish kuchlarini optimal rivojlantirish rejasini olishga ta’sir etuvchi hamma aspektlarni o‘zida mujassam etishi lozim. Transport tarmoqlarini sifatli rivojlantirish asosida aholiga uzluksiz va qulay transport xizmati ko‘rsatishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Transportdan foydalanish qulayligini ta’minlash avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlash, tuproq yo‘llarni ta’mirlab, qattiq va shag‘al qoplamali yo‘llarga bosqichma-bosqich o‘tkazish, ta’mirtalab ko‘priklar va boshqa sun’iy inshootlarini bosqichma-bosqich qayta qurish va ta’mirlash hamda sementobeton qoplamali yo‘llarni rivojlantirish kabi chora-tadbirlar asosida amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘li mahalliy tarmog‘ining haqiqiy holatidan kelib chiqib, transportdan foydalanishni baholash uchun ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish kerak. Ko‘rsatkichlar tizimi avtomobil yo‘llari tarmog‘i holatining sifatini hisobga olgan holda tadqiq etilayotgan mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettirishi kerak. Maqolada avtomobil yo‘llari tarmog‘ining joylashuvi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi mavjud mezon va ko‘rsatkichlar tahlili asosida hududdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda ijtimoiy ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirildi. O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyatsiya-regressiya modeli yo‘l tarmog‘i rivojlanishining hududning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi samaradorligiga ta’sirini asoslash uchun taqdim etilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKuziev , Abdimurot
JurnalИнновацион технологиялар
Nashr sanasi2023-09-10
Jild50
Son02
Betlar63-72
TilRus

Kalit so‘zlar

ta’minlanganlik, tarmoq, rivojlantirish, yo‘l sxemasi, optimallik, mezon, tannarx, afzallik, korrelyatsiya, regressiya

Ilmiy soha

Инновацион технологиялар jurnalidan boshqa maqolalar

Инновацион технологиялар — barcha maqolalar