Oiv infeksiyali shaxslarda yondosh patologiyalar chastotasi

Tilavberdiyev SH.A., Umirov S.E, Yusupov SH.R

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Dolzarbligi. Antiretrovirus terapiyaning rivojlanishi OIV bilan yashayotgan shaxslar umrini uzaytirdi, biroq ularning qarishi fonida yondosh patologiyalar va davolashga xayrixohlik (komplayens) masalasi yangi klinik muammolarni yuzaga keltirmoqda. Maqsad. Respublika OITSga qarshi kurashish markazida dispanser nazoratida turgan OIV infeksiyali shaxslar o‘rtasida yondosh kasalliklarning uchrash chastotasini aniqlash va ularning retrovirusga qarshi terapiyaga (RQT) bo‘lgan xayrixohlik darajasini baholash. Material va usullar. Tadqiqotga 2025–2026 yillarda OIV infeksiyasining 3-4 klinik bosqichida bo‘lgan va kamida 6 oydan beri RQT qabul qilayotgan 127 nafar erkak jinsiga mansub bemorlar jalb etildi. Klinik, anketa-so‘rovnoma va statistik (SPSS 26.0) usullardan foydalanildi. Natijalar. Bemorlarning 91,3 foizi 40 yoshdan oshgan shaxslardir. Tarqalgan limfodenopatiya 100% holatda, Gerpes Zoster — 26,0%, sitomegalovirusli infeksiya — 24,4%, kandidozlar — 16,5%, invaziv aspergellez — 14,2%, tuberkulyoz va gepatit V — 8,7% dan holatda aniqlandi. Bemorlarning atigi 26,0 foizida RQTga nisbatan yuqori xayrixohlik (>95%) kuzatildi, 70,9 foizida esa o‘rtacha xayrixohlik (80-95%) qayd etildi. Xulosa. 3-4 klinik bosqichdagi OIV infeksiyali erkaklarda populyatsiyaning qarishi va og‘ir virusli hamda zamburug‘li yondosh patologiyalarning yuqori chastotasi kuzatilmoqda. RQTga xayrixohlikning asosan o‘rtacha darajada ekanligi (70,9%) komorbidlik sharoitida tibbiy nazoratni kuchaytirishni taqozo etadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTilavberdiyev SH.A., Umirov S.E, Yusupov SH.R
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
NashriyotТТА Урганч филиали
ISSN3093-8740, 2012-2021
Nashr sanasi2026-09-03
Jild2
Son4
Betlar355-362
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

OIV infeksiyasi, yondosh patologiyalar, opportunistik kasalliklar, xayrixohlik, komplayens

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APATilavberdiyev SH.A., Umirov S.E, & Yusupov SH.R (2026). OIV INFEKSIYALI SHAXSLARDA YONDOSH PATOLOGIYALAR CHASTOTASI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(4), 355-362. http://journal.urdti.uz/index/article/view/989
GOST (OAK)Tilavberdiyev SH.A., Umirov S.E, Yusupov SH.R OIV INFEKSIYALI SHAXSLARDA YONDOSH PATOLOGIYALAR CHASTOTASI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. – 2026. – T. 2, № 4. – B. 355-362.
MLATilavberdiyev SH.A., Umirov S.E, and Yusupov SH.R. “OIV INFEKSIYALI SHAXSLARDA YONDOSH PATOLOGIYALAR CHASTOTASI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(4), 355-362, 2026. http://journal.urdti.uz/index/article/view/989
ChicagoTilavberdiyev SH.A., Umirov S.E, and Yusupov SH.R. “OIV INFEKSIYALI SHAXSLARDA YONDOSH PATOLOGIYALAR CHASTOTASI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(4), 355-362 (2026). http://journal.urdti.uz/index/article/view/989
HarvardTilavberdiyev SH.A., Umirov S.E, and Yusupov SH.R (2026) ‘OIV INFEKSIYALI SHAXSLARDA YONDOSH PATOLOGIYALAR CHASTOTASI’, Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(4), 355-362. http://journal.urdti.uz/index/article/view/989
BibTeX
@article{tilavberdiyevsha2026,
  title = {OIV INFEKSIYALI SHAXSLARDA YONDOSH PATOLOGIYALAR CHASTOTASI},
  author = {Tilavberdiyev SH.A. and Umirov S.E and Yusupov SH.R},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year = {2026},
  volume = {2},
  number = {4},
  pages = {355-362},
  url = {http://journal.urdti.uz/index/article/view/989}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari