HARBIY GURUHLARDA JAMOAVIY BIRLIK VA UNING JANGOVAR SAMARADORLIKKA TA'SIRI

Sardor Qambarov

Ўзбекистон Ислом цивилизацияси маркази журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada harbiy guruhlarda jamoaviy birlik (kogeziya) hodisasining ijtimoiy-psixologik mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda jangovar samaradorlik bilan bog'liqligi nazariy jihatdan tahlil qilindi. Harbiy jamoa a'zolarining bir-biriga o'zaro ishonchi, hissiy yaqinligi va vazifani birgalikda bajarishga qaratilgan intilishi jangovar vaziyatlarda askarning xatti-harakatini belgilovchi eng muhim omillardan biri sifatida ko'rib chiqiladi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, tizimli yondashuv va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, jamoaviy birlik ikki asosiy — birlamchi (o'zaro shaxslararo) va ikkilamchi (institutsional) — darajada namoyon bo'ladi hamda uning yuqori darajasi jangovar intizom, stressga chidamlilik va vazifani bajarish sifatini oshiradi. Tadqiqot natijalari harbiy ta'lim va tayyorgarlik tizimida jamoaviy birlikni mustahkamlash bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSardor Qambarov
JurnalЎзбекистон Ислом цивилизацияси маркази журнали
Nashr sanasi2026-07-12
Jild2
Son1
DOI10.66639/dw9vtw91

Ўзбекистон Ислом цивилизацияси маркази журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Ўзбекистон Ислом цивилизацияси маркази журнали — barcha maqolalar