Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti, axborot sivilizatsiyasi, globallashuv va mehnat bozoridagi raqobat ta’lim tizimiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Ushbu sharoitda kattalar ta’limi va uzluksiz ta’lim konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada kattalarning qo‘shimcha ta’limi tizimida pedagoglar tayyorlash jarayonini integratsion jarayonlar asosida tashkil etish masalalari o‘rganilgan. Maqolada sistemali, faoliyat, shaxsiy, madaniyatshunoslik, integrativ, polisubyekt, kompetentlik va andragogik yondashuvlar asosida tadqiqot olib borilgan. Integratsion jarayonlarning mohiyati, ularning ta’lim mazmuni, metodlari va texnologiyalariga ta’siri tahlil qilingan. Pedagoglar tayyorlash konsepsiyasi va modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, u maqsad, mazmun, jarayon va natija bloklaridan iborat. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, integrativ yondashuv asosida tayyorlash jarayonini tashkil etish pedagoglarning professional kompetensiyalarini samarali shakllantiradi, ularning innovatsion fikrlash va mustaqil ta’lim olish qobiliyatini oshiradi. Ishlab chiqilgan konsepsiya va model kattalar ta’limi tizimini takomillashtirishda ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
| Mualliflar | Malikova Xurshida Ikramovna, Turatova Shahnoza Xolmumin qizi |
|---|---|
| Jurnal | Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар |
| Nashr sanasi | 2026-03-31 |
| Jild | 2026 |
| Son | 264 |
| DOI | 10.66023/mt/v2026_i264/280 |
DOI: 10.66023/mt/v2026_i264/280 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
This article analyzes the significance of developing students’ creative thinking and practical competencies by implementing Project-Based Learning (PBL) in teaching STEM subjects. The research findings demonstrate that…
Ushbu maqolada TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) xalqaro baholash dasturining ta’lim tizimi sifatini oshirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. TIMSS tadqiqotining mazmuni, baholash…
Ushbu maqola Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va global fuqarolik tushunchalarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv jarayoniga integratsiyalash metodikasiga bag‘ishlangan. Maqolada O‘zbekistonda amalga…
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda pedagogik texnologiyalarning innovatsion mohiyati, ularni ta’lim…
Mаktаbdа оʻquv ishlаri bоʻyichа direktоr оʻrinbоsаrlаri kаsbiy mаs’uliyаtini rivоjlаntirish tа’lim bоshqаruv tizimining muhim yо‘nаlishidir. Ulаr о‘z fаоliyаtidа mаs’uliyаtli, yetаkchi, innоvаtsiоn fikrlоvchi shаxslаr…
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida ijobiy ijtimoiy munosabatlar muhitining tarkibiy tuzilmasi va uning rahbar boshqaruv faoliyatiga ta’sir etish mexanizmlari konseptual jihatdan tizimlashtiriladi. Maqolaning…
Mazkur maqolada loyiha asosida o‘qitish texnologiyasining ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda uning o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, loyiha asosida o‘qitish…
Mazkur maqolada maktab ta’limi sifatini boshqarishning me’yoriy-huquqiy va metodik asoslari tizimli tahlil qilinadi. Ilmiy maqolaning maqsadi me’yorlar, institutsional mas’uliyat va metodik mexanizmlar uyg‘unligini…
Mazkur maqolada umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining metodik kompetentligini baholashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Metodik kompetentlikni aniqlashda kognitiv, faoliyatli va refleksiv-akmeologik mezonlar…
Mazkur maqolada rahbar kadrlar boshqaruv kompetentligining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy komponentlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, shaxsiy, kasbiy va tashkiliy omillarning o‘zaro…
Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar