Bolalarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirish

Safarova M.S.

Интегративная стоматология и челюстно-лицевая хирургия · 2023-yil

Annotatsiya

Bolalar orasida stomatologik kasalliklar oldini olish uchun butun jamiyatning sa'y-harakatini yo'naltirish maqsadga muvofiq. Tish kasalliklarining oldini olish og'iz bo'shlig'i kasalliklarining paydo bo'lishi va rivojlanishining oldini olish hisoblanadi. Har bir bola og'iz bo’shlig’ini ehtiyotkorlik bilan va to'g'ri parvarish qilishi eng muhim profilaktik va yordamchi terapevtik muolaja ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.Tish shifokorining vazifasi bemorlarni tish kariyesi va periodontal kasalliklarni oldini olishga qaratilgan og'iz gigienasini saqlab qolish uchun lozim bo’lgan amaliyotlarni uqtirishni o'z ichiga oladi. Maqsadimiz maktabgacha yoshdagi bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarning oldini olish. Buning uchun Buxoro viloyati maktabgacha yoshda bo’lgan 1066 nafar bolada stomatologik ko’ruv o’tkazilib, ota-onalarida so’rovnoma o’tkazildi. Shu asosida bolalar uch guruhga: tabiiy oziqlanishda bo’lgan, sun’iy va aralash oziqlanishda bo’lgan bolalar guruhlariga ajratildi. Birinchi bosqichda maktabgacha ta’lim muassasalariga tashrif buyuradigan bolalarning ota-onalari bilan stomatologik kasalliklar profilaktikasi yuzasidan sanitariya-ma'rifiy ishlar amalga oshirildi. Ikkinchi bosqichda bolalar guruhlarida "tishlarni sog'lom saqlash", "tishlarni tozalash usuli", "ratsional ovqatlanish va sog'lom tishlar" salomatlik darslari o'tkazildi. Tadqiqotning uchinchi bosqichida bolalarda og'iz bo'shlig'ining dastlabki gigienik holati aniqlandi. To'rtinchi bosqichda bolalarning og'iz bo'shlig'ining mustaqil individual gigienasi darajasi baholandi. Xulosa qilib aytganda og'iz bo’shlig’i gigienasi chora-tadbirlarini muntazam o'tkazish uchun motivatsiyalash, ratsional ovqatlanish haqida suhbat, asosan uglevodlarni o'z ichiga olgan mahsulotlar soni va miqdorini kamaytirish, bolalar va ularning ota-onalari, tarbiyachilar bilan o'tkazilgan ftoridlardan foydalanishning tishlar uchun ahamiyatini tushuntirish, sut prikusi davrida bolalar og'iz bo'shlig'ining gigienik holatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam berdi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSafarova M.S.
JurnalИнтегративная стоматология и челюстно-лицевая хирургия
Nashr sanasi2023-07-03
Jild2
Son2(4)
Betlar213-217
DOI10.57231/j.idmfs.2023.2.2.031

Интегративная стоматология и челюстно-лицевая хирургия jurnalidan boshqa maqolalar

Интегративная стоматология и челюстно-лицевая хирургия — barcha maqolalar