SAMARQAND VILOYATI OZIQABOP GIDROFIL O'SIMLIKLARINING MAHSULDORLIK KO'RSATKICHLARI HAMDA, ULARDA TO'PLANGAN OQSIL MIQDORINING NAZARIY-POTENSIAL KO'RSATKICHLARI

S.R. Muminov

Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi · 2025-yil

Annotatsiya

Maqolada Samarqand viloyati hududidagi turli suv havzalarida keng tarqalgan ozuqabop gidrofil o'simliklarning mahsuldorlik ko'rsatkichlari hamda ularning biomassa tarkibida to'plangan oqsil miqdorining nazariy-potensial darajasi tahlil qilingan. Tadqiqot obyektlari sifatida Persicaria amphibia (L.) Delarbre, Potamogeton lucens L., Phragmites australis (Cav.) Trin. ex Steud. kabi yuksak suv o'simliklari tanlab olindi. O'simliklarning ho'l va quruq biomassa ko'rsatkichlari, bir birlik maydondan olinadigan mahsuldorligi hamda o'rtacha oqsil miqdori hisoblab chiqildi. Tadqiqot natijalari gidrofil o'simliklarning chorvachilik va baliqchilik uchun muhim qo'shimcha ozuqa manbai sifatidagi ahamiyatini asoslab beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarS.R. Muminov
JurnalSamarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi
Nashr sanasi2025-08-01
Jild1
Son1
Betlar9-16
DOI10.59251/2181-3973.2025.v1.138.1.3799

Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi jurnalidan boshqa maqolalar

Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi — barcha maqolalar