Revmatoid artrit va nodifferensiallashgan artriti bor bemorlarda sitokin koʻrsatkichlarining oʻrni

Iskandarova F.I.

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии · 2025-yil

Annotatsiya

Bugungi kunda revmatologiyaning dolzarb muammolaridan biri bu revmatoid artrit (RA) rivojlanishining dastlabki bosqichlarida tashxislash muammosi bo'lib qolmoqda. Shuning uchun atoimmun kasalliklarni erta tashxislash, xususan, immunologik tadqiqotlar asosida bogʻim sindromli bemorlarda RA rivojlanishi, asoratlarni oldini olish va kamaytirish uchun tibbiy yordamning turli bosqichlarida bemorlarni kiritish, davolash usullarini ishlab chiqish tibbiyotda hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalar qatoriga kiradi. Maqsad: TNF-a va IL6 yallig'lanish oldi sitokinlar darajasini baholash va ushbu ko'rsatkichlarning RA va nodifferensiallashgan artritda (NDA) diagnostik qiymatini o'rganish. Materiallar va usullar: Tadqiqotga 103 bemor kiritilgan. Barcha bemorlar quyidagi guruhlarga ajratildi: asosiy guruhni RA (53 bemor) va NDA (50 bemor) bo'lgan bemorlar, nazorat guruhi deyarli sog'lom shaxslar (n=20) bo'lib, ular jinsi va yoshi bo'yicha RA va NDA guruhidagi bemorlar bilan taqqoslanadi. Natijalar: tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, RA bilan og'rigan bemorlarda TNF-a darajasi 40% ga, IL6 esa NDA bemorlariga nisbatan 25% ga oshgan (p<0,01). I guruhdagi bemorlarda TNF-a ≥33,9 va IL6 ≥12,8 ning sezilarli darajada yuqori chastotasi kuzatildi, bu RA va NDAda ushbu ko'rsatkichlarning yuqori diagnostik aniqligi va o'ziga xosligini isbotlaydi. Xulosa: shunday qilib, NDA bosqichida RA ni erta aniqlash uchun TNF-a va IL6 yallig'lanish oldi sitokinlar darajasini o'rganish ushbu ko'rsatkichlarning yuqori diagnostik aniqligi va o'ziga xosligini isbotlaydi, bu kasallikni bashorat qilishga, asoratlar darajasini pasaytirishga yordam beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarIskandarova F.I.
JurnalВестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии
NashriyotАссоциация Пульмонологов Центральной Азии
ISSN2181-4988
Nashr sanasi2025-07-17
Jild10
Son5
Betlar170-177
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

Revmatoid artrit, nodifferensiallashgan artri, yalligʻlanish oldi sitokinlari.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAIskandarova F.I. (2025). REVMATOID ARTRIT VA NODIFFERENSIALLASHGAN ARTRITI BOR BEMORLARDA SITOKIN KOʻRSATKICHLARINING OʻRNI. Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 10(5), 170-177. https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/2132
GOST (OAK)Iskandarova F.I. REVMATOID ARTRIT VA NODIFFERENSIALLASHGAN ARTRITI BOR BEMORLARDA SITOKIN KOʻRSATKICHLARINING OʻRNI // Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии. – 2025. – T. 10, № 5. – B. 170-177.
MLAIskandarova F.I. “REVMATOID ARTRIT VA NODIFFERENSIALLASHGAN ARTRITI BOR BEMORLARDA SITOKIN KOʻRSATKICHLARINING OʻRNI.” Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 10(5), 170-177, 2025. https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/2132
ChicagoIskandarova F.I. “REVMATOID ARTRIT VA NODIFFERENSIALLASHGAN ARTRITI BOR BEMORLARDA SITOKIN KOʻRSATKICHLARINING OʻRNI.” Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 10(5), 170-177 (2025). https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/2132
HarvardIskandarova F.I (2025) ‘REVMATOID ARTRIT VA NODIFFERENSIALLASHGAN ARTRITI BOR BEMORLARDA SITOKIN KOʻRSATKICHLARINING OʻRNI’, Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 10(5), 170-177. https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/2132
BibTeX
@article{iskandarovafi2025,
  title = {REVMATOID ARTRIT VA NODIFFERENSIALLASHGAN ARTRITI BOR BEMORLARDA SITOKIN KOʻRSATKICHLARINING OʻRNI},
  author = {Iskandarova F.I.},
  journal = {Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии},
  year = {2025},
  volume = {10},
  number = {5},
  pages = {170-177},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/2132}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии jurnalidan boshqa maqolalar

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Iskandarova F.I. — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari