DUDUQLANISHNI NAFAS MASHQLARI ASOSIDA BARTARAF ETISH

Iroda Rustambek qizi, Ismoilova

Science time · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada duduqlanish maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq faoliyatining murakkab buzilishi sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda duduqlanishning fiziologik va psixologik xususiyatlari, nutq akti jarayonida yuzaga keladigan mushak tortishishlari hamda «kasallikka diqqatni jalb qilish» fenomenining nutq buzilishlari tuzilmasidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, nutq va nafas jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asosda ochib berilib, nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy nafasni shakllantirishning bosqichlari tavsiflangan. Diafragmal-qovurg‘ali nafas, fonatsion va nutqiy nafasni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hamda o‘yinli metodlarning korreksion-logopedik ishlar samaradorligini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqola natijalari duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarni rejalashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarIroda Rustambek qizi, Ismoilova
JurnalScience time
Nashr sanasi2025-11-30
Jild3
Son4
Betlar114-120
TilIngliz
DOI10.66345/stj.v3i4.4613

Kalit so‘zlar

duduqlanish, nutqiy nafas, diafragmal nafas, logofobiya, kasallikka diqqatni jalb qilish, maktabgacha yosh, logopedik korreksiya.

Ilmiy soha

Science time jurnalidan boshqa maqolalar

Science time — barcha maqolalar