HAYVONLARDA BACHADON KASALLIKLARINING MAHSULDORLIKKA TA'SIRI

Mengliyev Ali Saykanovich, Maxmudov Farhod Bahodir o‘g‘li, Mirzayeva Tursunoy Muxammatovna, Safarova Durdona Farhod qizi

Research Focus · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada chorvachilikda ko‘p uchraydigan bachadon kasalliklari - endometrit, metrit, gidrometra, piometra va bachadon atoniyasi - ning kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik belgilar, tashxislash va davolash usullari yoritilgan. Bachadondagi yallig‘lanish jarayonlari hayvonlarning pushtdorlik ko‘rsatkichlarini keskin pasaytirishi, urug‘larning nobud bo‘lishi, homila rivojlanishining buzilishi, yashirin abortlar va bepushtlikka olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘tkir va surunkali endometritning patomorfologik o‘zgarishlari, bachadon shilliq pardasida kechadigan degenerativ jarayonlar, kistoz o‘zgarishlar, shuningdek bachadon atoniyasi va uning patogenezi batafsil bayon etilgan. Kasalliklarda qo‘llaniladigan antibiotikoterapiya, bachadonni yuvish, massaj, gormonal va simptomatik davolash usullarining samaradorligi ilmiy asoslangan tarzda bayon etilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMengliyev Ali Saykanovich, Maxmudov Farhod Bahodir o‘g‘li, Mirzayeva Tursunoy Muxammatovna, Safarova Durdona Farhod qizi
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2026-02-05
Jild5
Son1
Betlar329-339
TilIngliz

Kalit so‘zlar

Bachadon kasalliklari, endometrit, metrit, surunkali endometrit, o‘tkir endometrit, gidrometra, piometra, bachadon atoniyasi, yallig‘lanish, bepushtlik, sun’iy urug‘lantirish, bachadon massaji, antibiotikoterapiya, patologik tug‘ish, involyutsiya.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar