ISHEMIK INSULT JARAYONIDA YURAK NERV HUJAYRALARINING GISTOLOGIK O‘ZGARISHLARI

Daminov Muslimbek Asadullayevich, Qodirova Barno Esanovna, Shodmonov Aslbek Otabek o‘g‘li

Research Focus · 2026-yil

Annotatsiya

Ishemik insult markaziy nerv tizimining avtonom boshqaruv markazlariga zarar yetkazish orqali yurak faoliyatiga ikkilamchi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda “miya–yurak o‘qi” (brain–heart axis) tushunchasi keng muhokama qilinib, insultdan keyingi yurak asoratlarida intrakardial nerv tizimining (IKNT) tutgan o‘rni muhimligi aniqlanmoqda. Ushbu maqolada ishemik insult sharoitida yurakning intrakardial gangliyalari va nerv tolalarida yuz beradigan gistologik va hujayraviy o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Gipotezaga asoslangan natijalarda neyron degeneratsiyasi, simpatik-parasimpatik balansning buzilishi, apoptoz va neyroinflammatsiya jarayonlari asosiy morfologik belgilar sifatida ko‘rib chiqiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarDaminov Muslimbek Asadullayevich, Qodirova Barno Esanovna, Shodmonov Aslbek Otabek o‘g‘li
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2026-01-05
Jild4
Son12
Betlar161-164
TilIngliz

Kalit so‘zlar

ishemik insult, intrakardial nerv tizimi, yurak gangliyalari, gistologiya, neyroinflammatsiya.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar