BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNING PEDAGOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ETIKET VA KASBIY ETIKETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Umarova Feruzabonu Bobir qizi

Research Focus · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish jarayonida etiket va kasbiy etiketning tutgan oʻrni hamda ularni rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan. Etiket qoidalariga rioya qilish nafaqat shaxsiy madaniyat koʻrsatkichi, balki taʼlim jarayonining samaradorligini oshiruvchi omil sifatida koʻrib chiqiladi. Maqolada kasbiy etiket tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va oʻqituvchi shaxsida shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik muhitda etiketni rivojlantirishda interaktiv metodlar, rol oʻyinlari, kommunikativ mashgʻulotlar kabi zamonaviy texnologiyalar asosida yondashuvlar taklif etiladi. Boʻlajak oʻqituvchilarda kasbiy oʻzini tutish, nutq madaniyati va muloqot etikasini shakllantirish orqali pedagogik madaniyatni yuksaltirishning samarali yoʻllari koʻrsatib oʻtiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUmarova Feruzabonu Bobir qizi
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2025-05-05
Jild4
Son4
Betlar174-178
TilIngliz

Kalit so‘zlar

Pedagogik madaniyat, etiket, kasbiy etiket, boʻlajak oʻqituvchilar, kommunikativ kompetensiya, interaktiv texnologiyalar, nutq madaniyati, muloqot madaniyati, kasbiy tayyorgarlik.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar