TO‘G‘AY MURODNING “OYDINDA YURGAN ODAMLAR” ASARIDAGI XALQ OG‘ZAKI IJODI HAQIDA.

Ravshanova Madina Zafarjon qizi

Research Focus · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o‘zbek xalqining sevimli farzadi Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asaridagi xalq og‘zaki ijodining namunalari haqida. To‘g‘ay Murodning bu asari xalqimizning urf-odatlarini, xalq og‘zaki ijodini, bayramlarini, bolalar o‘yinlarini, toponimlarni qisqa va lo‘nda tarzda ifodalab bergan. Ushbu asarga  XX asrning eng buyuk yozuvchilaridan biri Said Ahmad shunday ta’rif beradi: “Sharqning buyuk dostonlari “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”lar, “Tohir va Zuhro”lar necha yuz yillardan beri yashab keladi. Ularda bir-biriga yetisholmay, muhabbat yo‘lida jon bergan baxtsiz oshiq-mashuqlar tasvirlanadi. To‘g‘ay Murod ham doston yozdi. Otini “Oydinda yurgan odamlar” qo‘ydi. Qissa nomini o‘qishingiz bilanoq sizni allaqanday sirli-sehrli oydin kecha bag‘riga oladi. Ichingizga ajib bir nur o‘rmalab kiradi.  Dil-dilingizni yoritib yuboradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRavshanova Madina Zafarjon qizi
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2025-03-05
Jild4
Son2
Betlar66-70
TilIngliz

Kalit so‘zlar

Tog‘ay Murod, maqol, topishmoq, xalq qo‘shiqlari, So‘fi Olloyor, Oymomo, Qoplonbek, bolalar o‘yinlari.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar